Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar



Download 1,06 Mb.
bet57/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa ega. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan. Ulardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Vedachilik. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to‘rt tabaqa-varnaga bo‘ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti – ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatriylar fuqarolarni qo‘riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar; shudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. Xotin, o‘g‘il va qul ‒ uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo‘lsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulki. “Manu qonunlari”da niyat masalasiga katta e’tibor beriladi: “Kimning niyati qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lib hayotdan ketadi”169. Vedachilik axloqiga ko‘ra, brahmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shudralar esa tug‘ma tuban axloq egalari hisoblanadi. Axloqiy ideal esa zohid, sayyoh, istaklardan xoli, yuksak qanoat egasi bo‘lgan hech vaqosiz mokshalardir.
Lekin keyingi oqimlarda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloq-shunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo‘lish insonning zoti, ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog‘liq, degan fikr ilgari suriladi.
Jaynchilik. Mohiyatan axloq falsafasi bo‘lmish bu oqimga Buddaning zamondoshi, undan chamasi o‘ttiz yoshlar katta Jin (Jayn)-G‘olib deb sharaflangan Vardxamana (milodgacha 599-527) asos solgan. Jaynchilik ta’limoti insonning to‘liq ozodlikka yetishishi bilan bog‘liq. Unga inson o‘z ichki mohiyatini qayta shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik‒nirvana: qalb-ruhning ehtirosi, nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig‘langan, o‘zi mavjud bo‘la turib vujudni tark etgan, cheklanmagan oromdagi holati ‒ nirvanaga uch yo‘l bilan yetishish mumkin – Jaynga e’tiqod; uning ta’limotini bilish; o‘zni tutishda nuqsonsizlik.
Kim Jaynga e’tiqod qo‘ysa va uni tanisa, u – fazilat egasidir. Fazilat esa besh axloqiy tamoyildan iborat:
1. Hayotga zarar yetkazmaslik (aximsa).
2. Muruvvat va rostgo‘ylik.
3. Halol yashash. O‘g‘rilik qilish, birovning haqini yeyish ham hayotga ziyon yetkazuvchi illatlardir.
4. So‘zda, fikrda va amalda o‘zni tiyish.
5. Bu dunyodagi barcha manfaatlardan kechish. Mazkur tamoyil kishiga lazzat beradigan har qanday dunyoviy amallardan tiyinishi talab qiladi.
Zero, haqiqiy erkinlik tashqi narsalarning hammasidan mustaqil, mustasno yashashni, iztirobga ham loqayd bo‘lishini talab etadi: “O, inson! O‘zingning do‘sting – o‘zingsan; nima uchun tashqaridan o‘zingga do‘st qidirasan?”170. Ya’ni inson o‘zgalarni emas, balki o‘zining asl tabiatini bilmog‘i kerak. Bu – o‘zlikni belgilab olish uchun eng muhim yo‘l.
Qadimgi Hind axloqshunosligi Qadimgi Xitoyda ham o‘ziga xos mavqe egalladi. Ayniqsa, buddachilik keng yoyildi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta ahamiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish