Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet59/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Konfutsiychilik. Daochilikning asosiy raqibi hisoblanmish konfutsiychilik qora xalqdan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy hayotga nomunosib deb biladi. Zero, konfutsiychilikning axloqiy ideali ‒ zyun-zi, himmatli jo‘mard. Uning yuksak fazilatlari ‒ fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida muloyim, yuksak martabalilarga hurmat bilan murojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa himmatli, adolatli munosabatda bo‘ladi.
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha ‒ jen (insoniylik). “Lun yuy” (“Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi: “Kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “O‘zingga ep ko‘rmagan narsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan”172. Demak, jen ‒ ham jamiyat, ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” ‒ ota-onani, kattalarni hurmat qilish, “li” ‒ urf-odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustahkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) ‒ Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-qoida esa quyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il bo‘lishi kerak”.173
Fazilat egasi bo‘lishning konfutsiychilikda ikki xil yo‘li aniq ko‘zga tash-lanadi: xalq uchun urf-odatlarga so‘zsiz, o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunish; himmatli jo‘mard uchun esa o‘zini axloqiy jihatdan takomillashtira borish va axloqiy burchni ongli ravishda bajarish.
Konfutsiychilikning himmatli jo‘mard tarbiyasi tizimidagi hikmatlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas: “Ustoz debdi: “Yu, sen olti illatning olti bosqichini bilasanmi?” Zin-lu: “Yo‘q” deb javob beribdi. Ustoz debdi: “Unday bo‘lsa, o‘tir, aytib beraman. Insonparvarlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu befarosatlikka olib keladi, donishmandlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bunda inson o‘z umrini mayda ishlarga sarflaydi, haqiqatgo‘ylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu ‒ o‘ziga zarar yetkazishga olib keladi, to‘g‘rilikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu ‒ qo‘pollikka olib keladi, mardlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu ‒isyonkorlikka olib keladi, qat’iylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu ‒boshboshdoqlikka olib keladi”174.
Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men-zi, Syun-zilar davom ettirdilar. Bu ta’limot Xan davridan (miloddan avvalgi II asrdan milodning II asri) boshlab, to XX asrning boshlarigacha Xitoy davlati mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qilib keldi. Bundan tashqari, konfutsiychilikka qarshi turgan Mo-zi, Xan Fey-zi, Van Chun singari axloqshunoslarning qarashlari ham Xitoy axloqiy tafakkuri tarixida o‘z o‘rniga ega.
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bo‘lib qolmadi. Ularni o‘zlashtirish natijasida Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lgan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shahar-davlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik Qadimgi Sharqda ilgari surilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba bilvosita butun Ovro‘pa uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, mashhur afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan ta’lim oldi. U zardushtiylik dini haqida fikr yuritar ekan, Ahura-Mazdani qalbi haqiqatdan, vujudi nurdan iborat, deb ta’riflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari qadimgi yunon allomalari ham Qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan keng foydalanganlar.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish