2. Oila tizim sifatida. Oilani qo‘llab-quvvatlash
Oilalar bilan ishlashda tizim nazariyasi nazariy asos hisoblanadi. Bu tuzilish, iyerarxiya, chegaralar, gomeostaz(is) va o‘zaro munosabatlar oqibatlari kabi muhim konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Muammo oilaviy o‘zaro munosabatlarda yashiringan, bu oila bir a’zosining muammosi sifatida tasavvur etilishi mumkin. Muloqot “eltuvchi belgi” orqali to‘sib qo‘yilishi, buzilishi, siqib chiqarilishi mumkin. Oilaviy afsonalar va sirlar bir avloddan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. Hayot bosqichlari inqirozlari oilani o‘zaro aloqalar qoidalarini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin. Bu holat ushbu yangi qoidalarni o‘zgartirish va qabul qilishda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Maqsad o‘zaro munosabatlar modelini o‘zgartirish, ota-onalarini u bilan “tenglashtiruvchi” muammodan ozod qilish va chegaralarni qayta tashkil qilish hamda rollarni o‘zgartirish yordamida muammoni hal qilish uchun oilaga o‘z kuchidan foydalanishga yordam berish maqsadida oilada vaqtinchalik “ishtirok etishdan” iborat.
Oila mijoz hisoblanadi. Mijoz o‘zgarishlar uchun maqsad hamda ma’lum masalalarga binoan ushbu jarayonni boshqarayotgan ijtimoiy xodim tomonidan belgilangan o‘z hayotiy faoliyati dinamikasi va usulini o‘zgartirish uchun harakat qilayotgan tizim hisoblanadi.
Tizim sifatida oilaga nima ta’sir ko‘rsatishi yoki mavjud muammo unga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi farazni ilgari suruvchi ikki xodim bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xodimlar hech kimning tarafdori bo‘lmaydilar, ayblamaydilar va oila nuqtayi nazarini muammo, deb qabul qilmaydilar.
Ishlash metodikalari turlicha bo‘lishi mumkin: qo‘shilish va qayta tashkil qilish, “kuzatish”, teskari aks, jadallikni oshirish, detallar bilan ishlash, xonadagi jarayonlarni tahlil qilish, oila vakolatini tasdiqlash, muammo bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar oqibatlarini o‘ylab chiqish, maydon muhit yaratish va chegaralarni yo‘qotish, masalalarni qo‘yish va strategik masalalarni rejalashtirish uchun hamkasblari bilan vaqt o‘tkazish hamda oilaning o‘z oilaviy tajribalarini va qiyinchiliklarini boshqa nuqtayi nazardan ko‘ra olishi uchun insonlar tajribasini o‘rganish kabilar.
Hozirgi vaqtda (2020-yil holatiga ko‘ra) respublikamizda 8 mln 200 ming oila mavjud. Joriy yilda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni 13865 ta bo‘lib, ularning 60 foizi – 7943 tasini yarashtirishga erishilgan. Oilaviy ajrimlarning har uchtadan bittasi nikohning dastlabki o‘n-yili va undan ortiq bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Har yili nikohni bekor qilish bo‘yicha sudlarga qilingan murojaatlarning yarmidan ko‘prog‘i qanoatlantirilmoqda. Oilaviy ajrimlarning sabablari o‘zaro munosabatlar (50-60 foiz holatdA., moddiy yetishmovchilik, uy-joy bilan bog‘liq muammolar, oilaviy munosabatlarga ota-ona va boshqa qarindoshlarning noo‘rin aralashuvi, er va xotin xarakterining o‘zaro mos kelmasligi, ulardan biri zararli odatlarga (ichkilik, giyohvandlik va h.k) ruju qo‘yishi ekanligi aniqlangan464.
Bu borada davlatimiz rahbari raisligida 2020-yil 18-mart kuni “Mahalla va oila muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda hal etish masalalari” bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ajrimlar masalasiga alohida to‘xtalib, “kichik maishiy sabablar jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganini afsus bilan qayd etib, bu borada vazirlik rahbarlari, joylardagi mutasaddilar notinch oilalardagi ahvolni oldindan o‘rganib, muammoni bartaraf qilish bo‘yicha manzilli ishlashi kerakligini” ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, “yurtimizda 22 mingga yaqin xotin-qiz og‘ir turmush sharoitida yashamoqda. Ular kam ta’minlangan, ishsiz, uy-joyga muhtoj va nogironligi bor ayollar bo‘lib, har birining muammosiga individual yondashuv talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda 1 million 335 mingdan ziyod ishsizlar, 125 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan oilalar mavjud. Shuningdek, 1 million 400 mingga yaqin yoshlar xorijga ishlash uchun ketgan. Bu insonlarning aksariyati kasbga ega emas”465ligi ta’kidlangan. Demak, so‘nggi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida muammo va kamchiliklar e’tirof etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizm joriy etishga urinishlar yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2020-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston FHDY organlari tomonidan 75,5 ming nikoh ro‘yxatga olinib, o‘tgan-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etilgan466.
Mamlakat bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 4,5 promilleni (2019-yilning birinchi yarmida 6,3 promille) tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (6,4 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,2) Sirdaryo (5,1) Surxondaryo (4,9) viloyatlarida kuzatilgan bo‘lsa, eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Namangan (3,6), Samarqand (3,7), Navoiy (3,8) va Jizzax (4,2) viloyatlarida qayd etildi.
Yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 12,8 mingta yoki 2019-yilning shu davriga (16 mingta) nisbatan 20 foiz kamroq nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,8 promilleni (bir yil oldin – 1 promille) tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,3 promille), Sirdaryo (1,2 promille), Andijon (1,0 promille) va Navoiy (0,9 promille) viloyatlarida, eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,5 promille), Qashqadaryo (0,5 promille), Xorazm (0,5 promille) va Surxondaryo (0,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, respublikada jami ajralishlarning 52,9% farzandsizlar, 27,5% bitta farzand bilan va 19,6% ikki va undan ortiq farzand bilan ajrashganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra467, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa bundan mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish (37,5%), bolasi bo‘lmagan nikohlarga qaraganda (34,9%) ko‘proq bo‘ldi. Ikki yoki undan ko‘p bolali oilalar faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpog‘istonda 30,6% hollarda bolalarsiz nikohlar buzilgan, bitta bola bilan – 41,1%, ikki va undan ortiq bolalari bilan esa – 28,3%.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bolalar va ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni qo‘llab-quvvatlashning mustahkam tizimini yuzaga keltirishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda ayollarning oiladagi va jamiyatdagi maqomi oshirildi, yosh oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish ko‘lami kengayib bormoqda. O‘zbekistonda inson oliy qadriyat ekanligi, ushbu tamoyil hozirgi vaqtda mamlakat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Odamlar ertaga, uzoq kelajakda emas, balki aynan bugun o‘z hayotlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni xohlaydilar” degan tamoyil bilan tasdiqlanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada kuchaytirish uchun 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4185-sonli qarorida bir qator vazifalar belgilanib, amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, qarorga muvofiq:
“...O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovchi ota-onalarini tanlash va kuzatib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlarining “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish tizimini tashkil qilsin, shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini, “Ishonch tel’yefonlari” uzluksiz ishlashini hamda ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini ta’minlash”468 kabi belgilangan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bu borada fan doktori (DSc) N.Latipova: “Oilalar va bolalarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, uy-joy muammosini hal etishda yosh oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat muassasalari tizimini mustahkamlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi”469, – deya ta’kidlaydi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 824-son qaroriga asosan: “oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va ko‘nikmalarini oshirish; oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tutingan ota-onalarning kasbiy bilimlari, qobiliyatlari va ko‘nikmalarini oshirish; oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish”470 kabi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
Tarixan oilaning mavjudligi va harakat qilishini baholash yakuniy natijada ularni ixtisoslashtirilgan xizmat va tashkilotlarning xizmatlari orqali tuzatish uchun muayyan nuqsonlar va patologiyani aniqlashdan iborat bo‘ladi. Muammolarga yo‘naltirilgan baholash og‘ishlar va ushbu oila hamda bolalar bilan barcha “noto‘g‘ri” narsalar ro‘yxatining paydo bo‘lishiga olib keladi. Afsuski, bunday yondashuv stigmatik va avtoritar xarakterga ega bo‘lib, oila va uning harakatlanishi muammolari, oilaning himoyasizligi haqidagi ishonch hamda ijtimoiy ishchining oila muammosini hal qilishga qodirligi to‘g‘risidagi axborotdan iborat bo‘lib qoladi. O‘z navbatida, bu reaksiya oilaga o‘tadi va oilaning navbatdagi muhokamalar, o‘zining afzal ko‘radiganlarini inkor etish va nimanidir o‘zgartirishda o‘z zaifligi bilan to‘qnashuviga sabab bo‘ladi. Ushbu dinamika natijasida ijtimoiy ishchi va oila o‘rtasida muloqot bo‘shlig‘i hamda oilaning “hamkorlik qilishdan bosh tortuvchi oila”, “oilada motivatsiyaning yo‘qligi”, “o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmagan oila” kabi bahonalar bilan niqoblanuvchi cheklangan ishtiroki vujudga keladi. Muammoli yoki kamyob-yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan oilani mukammal baholashni cheklashga javoban ijtimoiy ishchi, birinchi navbatda, oila nimani uddalay olmayotganiga emas, balki barcha stress, qiyinchilik va inqirozlar qurshovida nimani yaxshi uddalayotganligini ko‘rib chiquvchi oilaning kuchli tomonlariga asoslangan baholashga yuqori qiziqishni namoyon qildilar.
Kuchli tomonlarni tahlil qilish oila va bolalarni ularning muammoli-yo‘naltirilgan tahlilda ko‘pincha nazardan chetda qoldiriladigan yoki kerakli e’tibor ajratilmaydigan shaxsiy kuchli tomonlari, ustunlik va imkoniyatlarini rivojlantirish, safarbar qilish, tan olish, jamlashga asoslangan strategiyadir. Ijtimoiy ish amali-yotida har bir oila asosiyda qiyinchilik va inqirozlarni yengib o‘tish uchun ancha samarali strategiyani rivojlantirish mumkin bo‘lgan qimmatli shaxsiy va shaxslararo resurslar hamda imkoniyatlarga ega ekanligi ko‘zda tutiladi. Afsuski, oilalarning o‘zi hamisha qanday resurslari borligi va ularni qay tarzda qo‘llashni aniqlash holatiga ega emas, natijada esa ular muammo soyasida qolib ketadi, bunday resurslar ijtimoiy ishchiga ham darhol ayon bo‘lavermaydi. Ularni aniqlash uchun ijtimoiy ishchi oilaning kuchli tomonlari va imkoniyatlarining izchil tahlilini olib borishi kerak. Kuchli tomonlarni tahlil qilish davomida shaxsiy yutuq hissiyotini hosil qiluvchi, oila a’zolari, tengdoshlari va kattalar orasidagi munosabatga ijobiy hissa kirituvchi, qiyinchiliklar va stress bilan kurashish layoqatini oshiruvchi va shaxsiy, ijtimoiy hamda akademik va kasbiy rivojlanishga ko‘maklashuvchi qator hissiy va axloqiy malakalar, vakolat va tavsifnomalar baholanadi. Shuningdek, tahlil davomida ijtimoiy tarmoq va oilaning ichida hamda qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, madaniy va diniy uyushmalardan tashkil topishi mumkin bo‘lgan undan tashqaridagi mavjud norasmiy ko‘mak aniqlanadi. Har tomonlama tahlil asosida mukammal harakatlanishi uchun oila qo‘shimcha ko‘makka muhtoj bo‘ladigan oraliq ham aniqlanadi. Olingan resurslar, imkoniyatlar, oraliq va qiyinchiliklar suratidan kelib chiqib, o‘z imkoniyati va malakasidan foydalanib, ularni rivojlantirgancha oilaga ushbu rejani amalga oshirish yuzasidan uning vakolatini taqsimlash bilan ijtimoiy xizmat taqdim etish rejasi shakllanadi.
Ushbu usulning muvaffaqiyati oila bilan ishonch va ijobiy hamda kasbiy munosabatlar o‘rnatilishiga bog‘liq. Ushbu usuldan foydalangancha quyidagilarni yodda tutish lozim: 1) har bir oila va bola ularning shaxsiy hamda oilaviy sharoitidan qat’iy nazar kuch, imkoniyatlar va ulargagina xos bo‘lgan tajribaga ega, shuningdek, o‘zlarining zaif tomonlarini yaxshi biladilar; 2) oila va bolaning har qanday muammosini ularda ta’lim olish, rivojlanish va malakalarini takomillashtirish uchun sharoit hamda imkoniyatlarning yo‘qligi pozitsiyasi bilan qarab chiqish darkor. Oila bilan dastlabki aloqalar davomida oilaga shu ustanovkani berish kerak, bu esa oila bilan kasbiy munosabatlarning rivojlanishida ijobiy aks etadi. Ko‘pgina ijtimoiy ishchilar kuchli tomonlar va imkoniyatlarni aniqlashga uringancha oila bilan suhbatni ularni ijtimoiy ishchiga murojaat qilishlariga nima sabab bo‘lganini so‘zlab berishni iltimos qilishdan boshlaydilar. Oila o‘z tarixini so‘zlab berarkan ijtimoiy ishchi ijobiy lahzalar va iboralarni ilg‘ab olishga urinadi. Ijtimoiy ishchi oilaning hikoyasini tinglagancha oilaga o‘zining ijobiy kuzatishlarini (zaruriyat tug‘ilganida mulohazalarni ijobiy shaklda qayta tuzish mumkin) sanagancha murojaat qiladi. Oilaning o‘z ijobiy tavsifnomasini anglashi va ular ijtimoiy ishchi tomonidan tan olinishi oilaning o‘z-o‘zini baholashini oshiradi va maqsadga erishishida asos bo‘ladi.
Ushbu yondashuv ijtimoiy ishchi kabi oilaga ham qator afzalliklar beradi: 1) oila erishgan ijobiy lahzalarga diqqatni qaratib, ularning shaxsiy kuch va resurslarini yo‘naltirgancha oila va bolalarni qayerda ularga ko‘mak, ijtimoiy rejalashtirish va ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish sohasini aniqlashga eng yuqori darajada jalb etish imkoniyati paydo bo‘ladi; 2) oila va bolalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga asoslangancha ularning axloqidagi realistik kutilmalar hamda maqsadni aniqlash usuli sifatida xizmat qiladi; 3) oila a’zolarining o‘zlariga maqsadni aniqlash va ustunligini belgilashda, o‘z imkoniyatlari va hayotlari hamda farzandlarining hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlarni qabul qilishdagi mas’uliyatini anglashda yordamlashadi.
Shunday qilib, oilaning o‘zini yordamida uning shaxsiy kuchi, imkoniyati, ustunligi va qadriyatlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatishning individual rejasi ishlab chiqiladi. Oilaning ijtimoiy xizmat rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish yuzasidan muayyan vakolat berilishida o‘z ishtirokini anglashi qo‘yilgan maqsadga erishish natijasini ahamiyatli tarzda oshiradi. Ijtimoiy ishchining vazifasi xizmat va axborotni taqdim etish va foydalanishni uyg‘unlashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida ijtimoiy-psixologik ko‘mak berish, ishlab chiqilgan rejani amalga oshirishda oilaning kuchli tomonlari va imkoniyatlarini saG‘arbar qilish hamda rivojlantirish, qisqa muddatli maqsadlarga erishish monitoringi, zaruriyat tug‘ilganida esa oila bilan irgalikda ishlab chiqilgan reja modifikatsiyasidan iborat. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ishchi aniq bir oilaning harakatlanishi uchun zaruriy asosiy omillarni tushungancha nafaqat professional yordam, balki oilaning o‘z kuchi va imkoniyatlaridan foydalanish va rivojlantirishni saG‘arbar qilgancha muammoni hal qilish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vakolatlarni beradi.
Ushbu yondashuv to‘liq implementatsiya qilinganida, bu: 1) bolalarning rivojlanishi va farovonligi uchun sharoit yaratish; 2) ota-onalarga bolalarini parvarishlash va ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlarni qabul qilishda yordamlashish; 3) oilada o‘zaro hurmatni rivojlantirish; 4) bolalar va oilalarning imkoniyat hamda resurslarini saG‘arbar qilish; 5) xizmatni rejalashtirishning barcha bosqichlari, ularni amalga oshirish va yutuqlarni baholashga jalb etishga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, oila bilan ishlashda ushbu yondashuvni joriy etish ijtimoiy ishchiga: 1) xatar guruhidagi bolalar va oilalarga ularning kuchli tomonlarini ochish va rivojlantirish yo‘li bilan faol hamkorlik qilish; 2) oilaning mustaqilligi va ishonchini rivojlantirish; 3) bolalarning to‘laqonli rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratish imkonini beradi.
Bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan tushunchalardan biri deinstitit-sializatsiya bo‘lib, uning mazmuniga qisqacha e’tibor qaratishni lozim deb topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |