Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet17/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

3. Asosiy axloqiy kategoriyalar
Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari fan sifatida etika bilan chambarchas bog‘liqdir. Axloq murakkab va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lganligi sababli u ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi (1.2-rasm).
Jumladan, axloq – kishilar orasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos usuli, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan va rioya qilinishi lozim bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat va muloqotning qonun-qoidalari, mezonlari yig‘indisi77. Jamiyat siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy voqeliklarini inson xulq-atvori, xatti-harakati, aniqrog‘i, umume’tirof etilgan milliy-ma’naviy va zamonaviy normalarga mos kelishini ta’minlovchi va belgilovchi ma’naviy mezondir.
O‘z mohiyatiga ko‘ra axloq kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlar yig‘indisidir. Axloq har bir kishining xulqini aks ettiradi. Axloqning yuksak darajada bo‘lishi jamiyat rivojiga ijobiy ta’sir qiladi va, aksincha, axloqsizlik jamiyat rivojini izdan chiqaradi. Axloqsiz shaxsning istiqboli bo‘lmaganidek, axloqsiz jamiyatning ham istiqboli bo‘lmaydi. Ayni paytda axloq jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi va unga jamiyat a’zolarining amal qilishi ijtimoiy adolat munosabatlarini vujudga keltiradi. Ammo har qanday holatda shaxsning ichki axloqiy tarbiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ushbu munozara xususida Kant tomonidan aytilgan fikrlar mazkur muammoni oydinlashtirishga yordam beradi. Jumladan, u shunday deydi: “Faqat har bir insonning o‘zi uchun o‘zi axloqiy qonun o‘rnata olish qobiliyati negizida, boshqacha aytganda, har bir inson o‘z axloqiy qonunining ijodkori hisoblanadi. Har bir individ axloqiy jihatdan mustaqil. Bu aytilganlar odamlarda axloqiy qonunlar belgilash erki borligi va ular shunday qilish uchun yetarli aqlga ega ekanini ko‘rsatadi. Erkin va oqil shaxslar faqatgina o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan qonunlarni o‘rnata olmasliklarini tushunadilar”78. Darhaqiqat, Kant masalaning falsafiy-ijtimoiy negizlariga kirib boradiki, insonning ongsiz va ongli harakatlari mohiyati ochib beriladi. Masalan, vatanparvarlikning axloqiy mezonlari, darajasini belgilab bo‘ladimi?! Yoki vatanparvarlik qilmagani uchun javobgarlikka tortish mumkinmi?! Shuning uchun axloqiy jihatdan inson mustaqil. Faqat Yaratganning oldida hisobot beradi. Albatta, agar inson xoinlik qilsa, u javobgarlikka tortiladi. Lekin, masala mohiyatan ikki xil narsa.
Axloq tushunchasiga Yum shunday ta’rif beradi: “Axloq tushunchasi barcha insoniyatda qandaydir umumiy hissiyot tug‘dirib, u bitta obyektda umumiylikni ma’qullaydi va har bir kishini yoki ko‘pchilikni ma’lum xulosaga olib kelib, bir-biriga itoat etishga qodir”79. Ushbu ta’rif yuqorida keltirilgan Aristotelning qarash-lariga to‘g‘ri keladi. Siyosat axloqiy qadriyatlarga asoslansa, ko‘pchilikni umumiy harakatga, itoatga olib keladi. Shuning uchun axloqqa amal qilish shaxs va millat-ning ma’naviy dunyosi va salohiyat darajasi bilan bog‘liq hodisa sifatida qaraladi.
Axloq va uning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida Abdulla Avloniy shunday deydi: “Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini o‘qub, bilub amal qilgan kishilar o‘zining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, Yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur”80. Ko‘rinib turibdiki, A.Avloniy axloqqa nisbatan nafaqat ilmiy ta’rif beradi, balki uning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini ochadi. “Yaxshi xulqlarning yaxshiligi, yomon xulqlarning yomonligi” bevosita siyosiy faoliyatda ham o‘z ifodasini namoyon qilishini ta’kidlaydi. Chunki, xulq-atvor inson faoliyati orqali ijtimoiy hayotga u yoki bu tarzda ta’sir o‘tkazadi.
Barcha fanlar kabi axloq ham o‘z kategoriyalarga ega bo‘lib, bular ideal, ezgulik va yovuzlik, qarz va majburiyat, ezgulik, adolat, insoniylik, rostgo‘ylik va boshqalar ijtimoiy ish amaliyoti muhim ahamiyatga ega.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo‘lishi mumkin emas ‒ bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, keng ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti ‒ o‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi odatiy sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti-harakatidir. Bu xatti-harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zamonga kelib, u ma’lum ma’noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta’rif-tavsif bilan boyitiladi, ya’ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No‘shiravon, odil yoki ideal saxovat egasi, jo‘mard inson Hotami Toy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la oladi.
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy-hayotiy komillikni qo‘lga kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiy-axloqiy ideal bilan diniy ideal, bir qaraganda, o‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. Chunonchi, musulmonlar uchun ‒ Muhammad alayhissalom, nasroniylar uchun ‒ hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun ‒ hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon o‘zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o‘zgarishi mumkin va ko‘p hollarda o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o‘sha tuzum asoschisi Lenin eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tomonidan shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch-adolatda!» degan shiorni hayotining ma’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur ko‘pchilik tomonidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axloqiy ideallar o‘zgarishi mumkin.
Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik ‒ ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan biri sanaladi. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi ‒ Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. “Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amal” uchligi “Avesto”dan tortib barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallashi ham shundan.
Ezgulik ‒ insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi oliy qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushman»ni, ya’ni biror-bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik bo‘yab-bejalmasin, ezgulik bo‘lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog‘liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi.
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftligi tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo‘ladi.
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juft tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini o‘lchaydigan muqaddas tarozuga o‘xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmaganligi shu mezon bilan o‘lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Hitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq Sho‘rolar Ittifoqini esa jamiyat sifatida “Yovuzlik saltanati” deb baholanishi buning yorqin misolidir.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish