Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


-chizma. Yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlari



Download 1,06 Mb.
bet25/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

1-chizma. Yaxshi kasb egasi bo‘lishning o‘ziga xos tomonlari
Ijtimoiy ish tizimlashuvining nazariy-metodologik asoslarini ijtimoiy jihatdan tadqiq etish, jamiyat a’zolariga amaliy yordam ko‘rsatishni zamonaviylashtirishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, aholining ijtimoiy yordam olish, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish madaniyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish lozim.
Madaniy-tarixiy yondashuv asosida ta’kidlash lozimki, har bir kasb jamiyatda ifodalangan muammoning yechimini amaliy jihatdan hal etish natijasida yuzaga kelgan. Ijtimoiy ish insonga jismoniy, ma’naviy va psixologik ko‘maklashishda bilim va tajriba orttirib, uni amaliyotda qo‘llash natijasida institutsionallashdi va bugungi kunda tarmoqlashuv jarayoni ham kechmoqda. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat o‘z mazmuniga ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgandir. Jumladan, tug‘ma nogironligi, orttirilgan nogironligi, kasbiy nogi-ronligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli ijtimoiy xizmat olishga ehtiyojmandlarga yordam berish nafaqat tuzilishi balki maqsadi va xizmat ko‘rsatish tarzi bilan ham ajralib turadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida turli xil nizoli vaziyatlar, inqirozlar, hissiy muammolar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, giyohvandlik, majruhlik, ishsizlik, nogironlik, nochorlik, tobelik, darbadarlik va hokazolarda amaliy yordam berish uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislari faoliyat yuritadi. Oxir-oqibatda ijtimoiy xizmat ijtimoiy xohish-irodaga aylanib fenomenlashadi.
Ijtimoiy ishning xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarda “Ijtimoiy ish kasbi ijti-moiy o‘zgarishlarga insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga, shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish uchun imkoniyatlarning taqsimlanishiga va ozod bo‘lishiga ko‘maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi naza-riyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlarning atrofidagilar bilan o‘zaro aloqador-likka kirishgan joylarda yuzaga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi bo‘ladi. Ijtimoiy ish xodimlari insonparvarlikka, halollikka xizmat qilish yo‘li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga, ijtimoiy adolatni ta’minlashga ko‘maklashishi kerak”108ligi belgilangan.
Kasbga qiziqish, undan manfaat topish ijtimoiy ishchining o‘ziga, qolaversa ota-onasi, jamiyatga kerakligini anglash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bular esa ijtimoiy ish mutaxassis bo‘lmoqchi bo‘lganlar oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘yadi:
♦ kasbni to‘g‘ri tanlay olish;
♦ bu kasbni yaxshi egallash va o‘z kasbining ustasi bo‘lib yetishish;
♦ kasbiga doir ko‘plab bilimlarni egallash;
♦ kasbiga ijodiy yondasha olish;
♦ mehnatsevar, o‘z ishini tashkil qila oluvchi, kasbiga xos axloqni egallash;
♦ o‘zining shogirdlarini yaratishga intilish;
♦ jamiyatga va ota-onasiga yaxshi nomlar bilan maqtov olib kelish;
♦ kelajakda nafaqaga chiqishga ehtiyojlar paydo bo‘lganda o‘zining ishini davom ettiruvchi shogirdlarni yaratish va o‘z maktabini qoldirish;
♦ kasbini o‘ziga xizmat qiluvchi va kelajagini ta’minlovchi hunar sifatida shakllantirish. Bu kabi vazifalar ijtimoiy ish kasbini egallab borayotgan va yangi bir ko‘rinishga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda eng muhim jarayonlar109.
Har bir kasb jamiyatda muhim ahamiyat kasb etib, bunda kasb tamoyillarini tadqiq etish muhim sanaladi. Buni 2-chizma ‒ kasb tushunchasining asosiy tamoyillari orqali quyidagicha tasvirlash mumkin.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish