Insoniylik darjasi qanday?



Download 19,24 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi19,24 Kb.
#872721
Bog'liq
insoniylik darajasi


Insoniylik darjasi qanday?
(Voqea real hayotdan olingan bo’lib, bir insonni hayoti oddiy oiladan badavlat insonga aylanishi tasvirlangan va nomlar va ismlar o’zgartirilgan)
Bir davlatning markaziga yaqin bo’lgan shaharda oddiy bir oila, boquvchisi otasi oddiy bir ishda ishlaydigan, onasi esa uy bekasi bo’lgan bir xonadonda orzulari osmonchalik bir bolakay yashardi. U yillar o’tgani sari his tuyg’ularga berilar va do’stlik, sevgi, ko’chadagi o’ziga yaqin olgan insonlarga juda qattiq ishonardi va ulardan ko’p narsa kutardi. Katta bo’lgani sari u ishongani uchun doimiy yordam bergani uchun do’stlari uni ustidan kular tanishgan yaqinlari esa uzog’I 2 oyda u bilan hayrlashib ketar edi. U hayotda o’smirlik chog’ida juda ko’p pand yedi. Insonlar bilan gaplashishni to’xtatdi, uning lug’atida atiga to’rtta so’z qoldi; -Ha, -Yo’q, -Balki, -Bilmasam. O’qishga ham ishtiyoqi qolmadi, baholangki maktabda aniq fanlar bo’yicha yetadigan tengdoshi yo’q edi. Kundan kunga sovuqqon bo’lib borar va insonlarga, atrof muhitga e’tiborsiz bo’lardi. Gaplashgisi kelsa o’zi bilan o’zi gaplashar, zerikkanida ko’chalarda insonlarni, ularni o’zini tutishlarini ko’p kuzatardi. U hechnimaga qiziqishi qolmagach hunar o’rganishga tushdi. Texnikalarni tuzatish hunarini uzoqroq qarindoshi bo’lgan Rustam akadan o’rganar ekan, jonzotlarga va tabiatga mehri tushmagan bola texnikalarga mehr qo’ya boshladi. Texnikalar bilan gaplashar va texnikani buzib qo’ygan egalaridan jahli chiqardi. Insonlarga bo’lgan nafrati kundan kunga oshardi. Uch yil davomida texnikalarni juda yaxshi o’rgandi. O’z shaharchasida nomi chiqa boshladi, odamlar u bilan tanishgisi kelar, u bilan gaplashgisi kelar edi. Ammo u doim jim yuzida nur qolmagan hech kim bilan gaplashmas hatto yuzida biror bir harakatni ham bilib bo’lmas edi. U asta sekin boylik yig’ardi. Insonlardan topmagan mehr, munosabatlarni yangi texnikalardan qidirar edi. Shuncha boyligi yetmagandek texnikaga oid yana boshqa sohani o’rganmaoqchi bo’ldi va shahrini tashlab boshqa rivojlangan shaharga yo’l oldi. U yangi texnologiya o’z shahridagi ko’zga ko’ringan boylarga juda kerakligi tufayli katta boylar unga homiylik qilishdi. U o’sha shaharga yetib bordi va o’rganishni boshladi. Oradan ikki-uch oy o’tgach boylar e’tiborsiz bo’lib qolishdi. Unda endi na pul bor va na pul topishga biror bir ish joyi bor. Aksiga olib bu shahardan hech qanday yaqinlari yo’q yaqinlari bo’lsa ham yordam so’rashni yoqtirmas (balki g’urur yo’l qo’ymas) edi. Yana insonlarga ishongani uchun pand yedi. U jahli chiqar va nima qilishini bilmay juda boshi qotardi. Uni ko’ngli shu qadar qotib qolgan ediki yig’lashni unutibdi. Hafa bo’lsa yoki siqilsa bir chekka joyga utib yig’lolmagandan faqat kular edi. U o’ziga-o’zi: Hiii nima bo’ldi, yana insonlarga ishongan eding, mana shuning uchun hor bo’lyapsan, avvallari yaxshigina mol-u dunyoying bor edi, uni insonlarga ishonmasdan faqat o’zingni aqlinga quloq solib to’plagan eding - deb o’zini ustidan o’zi kular edi. U kamida bir soatlab shunga o’xshash misollar bilan o’zini ustidan kuldi. Endi esa unga faqat qat’iyat va sabr kerak edi. U tinmay yangi sohasi bo’yicha ishlar edi. Uni his-tuyg’ulari kundan kunga so’nib, faqat aql bilan ish qilishga o’tdi. U bu sohani ham mukkamal o’rgandi. O’z shaharidagi uchta boyning biri bo’ldi. Kattagina o’zgarishlar boshlandi. Avvallari undan hechnima so’ramaydiganlar undan maslahatlar so’ray boshlashdi, uni ustidan kulgan tanishlari undan ish so’rab kelishni boshlashdi, eski do’stlari va sevgan-yaxshi ko’rgan insonlari qayta boshladi. U bilar edi bu hammsi sohta, pulning kuchi. U shu qadar ularga nafrati oshib borar ediki, hech qaysi biriga shavqat yo’q. Ular yordam so’rab kelganlari sari uni yuzidagi ifodalari; ko’zlari bir’oz qisilgan, qoshlari chimirilgan, tez-tez nafas olar, lablari bir-biriga tekkan, jahli chiqqanidan tishini tishiga qattiq qo’yib turgani jag’ sohasidan bilinardi. U o’ziga o’zi shunday derdi: -Endi meni galim, qani insonni ustidan kulish, qiyin damlarida tashlab ketish, mensimaslik, e’tiborga olmaslik qanday bo’lar ekan. Bir oz kulib: -Endi bularni siz ham tatib ko’rasizlar dedi o’ziga o’zi. U barcha qaytib kelgan yaqinlarini qabul qildi, o’sha eski vaqtlardagi munosabtlarni tiklagandek ko’rsatdi, balki o’sha odamlar ham manfatlari uchun yana o’zlarini shunday ko’rsatishgandir. U endi faqat aqliga tayanib ish qilar edi. O’sha sohta yaqinlarini shunchaki ustidan kular, ularga e’tiborsizlik qilib hatto: -Isminingiz nima edi? deb mensimasdi. Kundan kunga bu kuchayib u shavqatsiz bo’lib borar edi. Shavqatsiz bo’layotgani o’ziga sezilar edi. Oradan yarim yil o’tgach u bu ishlarini xato ekanligini tushunib yetardi. Shunda o’ziga o’zi shunday deb o’ylab qoldi: -Agar men ham ular singari javob qaytarsam, ulardan qanday farqim qoladi. Yurakdagi barcha g’uborlari, ishonchsizlik, g’azab, nafrat kabi tuyg’ularni faqat onasiga aytgisi kelar lekin onasining unga bo’lgan fikrlari o’zgarishidan qo’rqar edi. Har borganida: Onajonim, assalomu alaykum yaxshimisiz deb yuzlaridan, qo’llaridan o’pib qo’yar edi. Bu harakatlari uni qalbini yanada yumshatar edi. U o’ziga o’zi: Bas yetar endi men sohata yaqinlarimga o’xshab qachongacha niqob taqib o’zimni boshqacha ko’rsatib yuraman deb jahl qildi. Sohta yaqinlaridan esa sekin asta voz kechardi, urushmasdi, so’kmasdi, baqirmasdi, shunchaki qo’lini siltab voz kechardi. Oradan vaqtlar o’tgani sari u yengil oshib borar va oilasida yaxshi kayfiyat bo’lishini qo’lidan kelgancha taminlar edi. Uni boyligi kundan kunga ko’payar va boyligi sababli ko’p insonlar uni ardoqlar, maslahat so’rashar edi. Shunda o’ylab qolasan kishi: Nima insonlar shunchalik pulga muhtojmi? boylik dardida sohtalashib ketishadimi? His-tuyg’uyu munosabatlar shunchalik arzonmi? Qani g’urur? Or-nomus yo’qolib, sotilib kettimi? Bularni hammasiga javob qidirshidan charchagan insonlar oiladan tashqarida faqat aql bilan, oilada esa iliq munosabatlar bilan yashashni davom etishmoqda. Naxot biz barchamiz bir oiladek sohta munosabatlarsiz yashay olmasak? Umuman olganda tanishalarmiz, yaqinlarimiz, do’stlarimizni sinamasligimiz kerak chunki hech qaysilari bu sinovdan o’ta olishmaydi. Yaxshi inson bo’lish esa atrof muhitga emas balki o’zimizga bog’liq. Inson yiqilib yiqilmaslikni o’rganolmaydi, inson yiqilib turib – o’rnidan turishni o’rganadi. Kim biladi agar bunday sohta insonlar bo’lmasa balki qahramonimiz bunday boy badavlat bo’lolmas edi. Oilasi bn haligacha oddiy bo’lib yashagan bo’lar edi.
Hikoyadan har kim har hil o’zi uchun ma’no topishi mumkin. Men sizga faqat hayotiy bo’lgan voqeani yetkazib berdim holos.
Download 19,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish