Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Abdurahmon Jomiy
(1414-1492) axloqiy qarashlari ham diqqatga sazovor. 
Uning “Bahoriston” pandnomasi va “Haft avrang” (Yetti taxt) turkumidagi 
dostonlarida o‘sha davr axloqiy muammolari bilan birga axloqshunoslikning 
qadimiy-an’anaviy masalalari ham o‘rtaga tashlanadi.
Yaxshiliklar bir xonada jam, 
182
 Қаранг: Дам бу дамдир, дам бу дамдир, дам бу дам. Академик И.Султон билан А.Шер суҳбати. «Соғлом 
авлод учун» журнали, 1996 йил, 1–сон. 
183
 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тЎплами. Т. 14. Т., 1988, 36 - 37–б. 
184
 Ўша манба, 37–б. 


141 
Kamtarlikdir uning kaliti 
Yomonliklar boshqa xonada 
Uni ochar manmanlik iti.
185
 
Jomiy mamlakatni boshqarishda din yoki dinsizlikning ahamiyati u qadar 
katta emas, muhimi, xalqning farovon va erkin yashashini ta’minlashda deb biladi. 
Shu bois xalqqa zulm qilgan, musulmonman deydigan munofiq va zolim hukmdor-
dan adolatli kofir podsho afzaldir, zero aqlu insof bilan hukm yurgizgan hukm-
dorgina o‘z mamlakatida ham farovonlikni, ham axloqiylikni ta’minlay oladi. 
Jomiy axloqiy tarbiya masalasiga ham alohida to‘xtaladi: Xudo bergan 
ne’matni – inson mohiyatidagi axloqni o‘z vaqtida parvarish qilib borilmasa, kishi 
fazilat egasi bo‘lolmaydi, tarbiyasi sust odamning axloqi tez so‘nib qolgan olovga 
o‘xshaydi, boshida axloqiy darajasi past kishi esa tarbiya tufayli qalbi gurillab 
yonib yuksak axloq egasiga aylanishi mumkin.
Temuriylar davri axloqshunosligida Navoiyning nazari tushgan alloma, 
uning zamondoshi 
Husayn Voiz Koshifiy
ning (1440-1505) siymosi alohida 
diqqatga sazovor. Xondamirning ta’rifiga ko‘ra, u “ma’qul va maxsus ilmlarning 
barchasidan to‘la naflangan va bahramand bo‘lgan kishi”. Koshifiyning 
axloqshunoslikka doir eng mashhur asari “Axloqi Muhsiniy”dir. Husayn 
Boyqaroning o‘g‘li, Marv hokimi shahzoda Muhsin Mirzoga bag‘ishlangan bu 
kitobda Koshifiy axloqshunoslikning juda ko‘p tushunchalariga sharh beradi, 
ularni jonli va hayotiy misollar, shuningdek, qadimgi hikoyatlar asosida talqin 
etadi. U yaxshilik va yomonlik haqida fikr yuritar ekan, yaxshilikni asosan ezgulik 
ma’nosida tushunadi. Ezgulikning ibtidosini Koshifiy xushxulqlilikda ko‘radi. 
Insoniy fazilatlarni u tarbiya, bilim, tajriba orqali tarkib topadi deb hisoblaydi. 
Halollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, insonparvarlik singari axloqiy me’yorlar va 
tamoyillar ezgulikning poydevori sifatida olib qaraladi. 
Koshifiy adolat tushunchasiga, ayniqsa, batafsil to‘xtaladi va uni o‘ziga xos 
sharhlaydi. Mutafakkir adolatni insonning eng yaxshi fazilati, adolatsizlikni esa 
yomon odamlardagi eng yomon illat tarzida taqdim qiladi. Shuningdek, Koshifiy 
adolatning ijtimoiylik xususiyatini ham nazardan qochirmaydi: adolat natijasida 
mulk boqiy, mamlakat boy-badavlat, kentlaru shaharlar obod bo‘ladi. Zulm esa 
mamlakatni tanazzulga olib keladi. Koshifiyning fikriga ko‘ra, jamiyat tabaqalari 
bir-biri bilan mustahkam ijtimoiy bog‘liqlikka ega: agar jamiyatda adolat hukm 
surmasa, zaiflar yo‘qoladi, zaiflarsiz esa zo‘ravonlarning ham bo‘lishi mumkin 
emas. Ya’ni adolatsiz tuzumda jamiyat inqirozga uchraydi. Adolat ‒ insoniy 
jamiyatni baxt-saodatga olib boruvchi yo‘l. 
Buyuk axloqshunosning burch haqidagi qarashlari ham e’tiborga molik. U 
burchni Tangri oldidagi o‘z qarzini bajarish, ilohiy mas’uliyat deb tushunadi. 
Lekin bu mas’uliyat, ayni paytda, muhtojlarga xayr-ehsonni, Yaratgan va banda 
oldidagi pokizalikni ham o‘z ichiga oladi. Burchni anglab yetish esa faqat bilim 
(bilish) orqali ro‘y beradi. Shuningdek, Koshifiy an’anaviy sharqona fazilatlarga 
bafurja to‘xtaladi. Sabr, hayo, afv, saxiylik, rostgo‘ylik, farosat, tavoze singari 
fazilatlarning mohiyatini ochib beradi, ularni nasriy va she’riy misollar bilan 
185
 Жомий. Баҳористон. Ш.Шомуҳамедов таржимаси.Т., Ёзувчи, 1997, 7 – 8-б. 


142 
isbotlaydi. Ayni paytda, ularning ziddi bo‘lmish illatlar ham mutafakkirning diqqat 
markazidan chetda qolmaydi. 
“Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘zlasalar, aytgil: men 
so‘zniki va so‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir, daraxtni 
mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi”, ‒ deb yozadi mutafakkir
186

Koshifiy yozadi: “Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-
adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. 
Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta deb so‘rasalar, 
sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan 
pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan 
shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni 
obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‘rtinchidan, moli 
harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, 
kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...”
187

Koshifiy
sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, mad-
dohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Gar-
chand, “Futuvvatnomai Sultoniy” javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga 
atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umum-
mintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pah-
lavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, 
lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni 
birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish