Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Alisher Navoiy
(1441-1501) alohida ahamiyatga molik. Nafaqat uning asarlaridagi yuksak 
badiiyat, balki falsafiy-axloqiy qarashlar ham hanuzgacha o‘z ohorini yo‘qotgan 
emas. 
Ma’lumki, Navoiy she’rlari va dostonlarida ilgari surilgan axloqiy tamoyillar 
hamda ijobiy qahramonlar qiyofalarida tajassum topgan adolat, sadoqat, burch, 
muhabbat, rahm-shafqat, mardlik, kamtarlik singari fazilatlar haqida ko‘p yozilgan. 
Ayni paytda, Navoiy so‘fiylikning naqshbandiya sulukiga mansub yirik shaxs-
mutasavvif sifatida ham axloqshunoslik nazariyasi va amaliyasi taraqqiyotiga 
ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirdir. 
Naqshbandiyada Abdulxoliq G‘ijduvoniy kiritgan ‒ yod kard (yod etmoq), 
bozgasht (ortga qaytmoq), nigohdosht (nigoh olmoq), yoddosht (yodda saqlamoq) 
va Bahouddin Naqshband qo‘shgan ‒ vuqufi zamoniy (zamondan voqiflik), vuqufi 
abadiy (abaddan voqiflik), vujudi qalbiy (qalbdan voqiflik) tamoyillari mavjud. 
Ularning dastlabki to‘rttasi ko‘proq sof zikrga taalluqli bo‘lsa, keyingi uchtasi, 
Hamadoniy qoidalari kabi ko‘proq falsafiy xususiyatga ega. Umuman olib 
qaralganda, mazkur o‘n bir tamoyilning hammasida ham u yoki bu darajada 
axloqiy talablar ustuvordir. 
Xullas, naqshbandiya tariqatining ikki tomoni bor. Birinchisi axloqiy jihati: 
u zamindan, xalqdan, mehnatdan uzilib qolmaslikka, ma’rifatlilikka erishishga, 
181
 Қаранг: Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. I китоб. У.Уватов таржимаси. Т., Меҳнат, 1992, 247–б.


140 
jaholatga, zulmga qarshi kurashishga, biror-bir kasbning boshini tutishga, 
o‘zgalarga axloqiy namuna bo‘lib yashashga chaqiradi. Ikkinchisi ilohiy jihati: u 
axloqiy qismiga hamohang ‒ poklikka, Vatanni bilishga, vatanparvarlikka da’vat 
etadi. 
Shuningdek, bu tariqat ziyolilarga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Uning 
“Agar mamlakat xarob bo‘lsa, shohdan xafa bo‘lma, haqiqat ahli nazdida bu 
darveshlarning-ziyolilarning, ilm ahlining gunohidir”, “Hech kimdan xafa bo‘lma 
va hech kimni xafa qilma”, “O‘lik sherdan tirik mushuk afzal” singari hikmatlari 
ham hech qachon o‘z kuchini yo‘qotmaydi
182

Ma’lumki, diling Xudo bilan, qo‘ling ish bilan band bo‘lsin, degan shior 
naqshbandiya tariqatining asosiy tamoyilidir. Navoiy butun umr, avvalo, shaxsan 
o‘zi ana shu tamoyilga amal qildi, qolaversa, deyarli hamma asarida insonni 
zamindan oyog‘i uzilmagan qahramon tarzida talqin etdi. Navoiy o‘z asarlarida 
inson qadr-qimmatini birinchi o‘ringa qo‘yadi, nomus, oriyat va insoniy g‘urur 
tushunchalarining o‘ziga xos talqinini beradi.
Buyuk mutafakkirning “Mahbub ul-qulub” asari, ayniqsa, temuriylar davri 
axloqshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Uch qismdan iborat bu asarda 
nafaqat tasavvuf axloqshunosligi va axloqining, balki butun musulmon Sharqi 
axloq ilmining nazariy muammolari ko‘tariladi.
Navoiy Suqrot izidan borib, qonunni adolat bilan aynanlashtiradi: “Zindon 
ahli ‒ do‘zax ahli”, ‒ deydi mutafakkir.
183
Ayni paytda, halol mehnat bilan kun 
kechiruvchi dehqonga ulkan saxovat egasi, qurt-qumursqadan tortib, gado-yu 
musofirga yemak berguvchi, novvoyu allofni ish bilan ta’minlovchi, darveshlar 
kachkuli-yu, mamlakat xazinasini to‘ldiruvchi, barchaga rizq ulashuvchi olijanob 
jannatiy inson, axloqiy namuna sifatida qaraydi: “Dehqonki dona sochar, yerni 
yormoq bila rizq yo‘lin ochar”, ‒ deydi shoir va uning qo‘sh haydayotgan paytini 
Odam Atoning holatiga o‘xshatadi.
184
“Mahbub ul-qulub” da komil inson masalasi ham o‘ziga xos tarzda o‘rtaga 
tashlanadi. Navoiy naqshbandiya sulukining axloqiy talablaridan kelib chiqib, o‘z 
zamonasi bilan hamnafas bo‘la oladigan va doimo komillikka intilib yashaydigan 
insonni axloqiy namuna deb biladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy asarlaridagi axloqqa doir 
fikrlar xoh amaliy axloqqa, xoh axloq nazariyasiga taalluqli bo‘lsin, ular ulkan bir 
davr axloqiy qarashlarining kvintessensiyasi sifatida doimo tadqiq va tatbiqqa 
loyiqdir. 
Alisher Navoiyning ustozi, naqshbandiya tariqati piri murshidi buyuk tojik 
shoiri 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish