Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Antik davrning axloqiy ideallari. O‘rta asrlardagi axloqiy qarashlar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

2. Antik davrning axloqiy ideallari. O‘rta asrlardagi axloqiy qarashlar 
Qadimgi yunon axloqshunosligi haqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk 
faylasufning nomini tilga olish odat bo‘lib qolgan: Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. 
Lekin, aslida, ulardan boshqa allomalar ham Qadimgi Yunonistonda 
axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilganlar. Chunonchi, Demokrit, 
Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub 
faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Suqrotning kichik 
zamondoshi 
Demokrit
(yunoncha Demokritos, taxminan miloddan avvalgi 450-
370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik. U donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni 
esa axloqiy xatti-harakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni 
axloqsiz odam sifatida ta’riflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun 
hayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynan shular insonni foydali va 
zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi. 
Demokrit qadimgi yunon faylasuflari ichida birinchilardan bo‘lib insonning 
ichki dunyosiga murojaat qiladi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan 
ajratadi. Ayni paytda nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi, balki niyati 
orqali ham bilib olsa bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Demokrit hayo va 
ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat 
ruhan zaif va gumroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir 
va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning 
maqsadi haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka 
mubtalo qiladi. 
Endi 
Suqrot
(yunoncha Sokratos, miloddan avvalgi 470-399 yillar) 
qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq bilan huquqni bo‘linmas 
yaxlitlikda olib qaraydi: nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir. Ikkala 
mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar 
tarbiyasi bilan bog‘laydi, jasorat va betama xizmat namunalarini o‘z davlatlari 
o‘tmishidan topadi. 
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas: 
ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati o‘zgarmas va abadiy 
asl fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti-harakat mezoni hisoblangan 
ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbayi esa 
insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni) vujuddan farqli 
ravishda, o‘lmas deb hisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning 
fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli. Chunki ma’budlarga o‘zlari 
odamlarga ochishni istamagan narsalarning tadqiq etilishi yoqmaydi. 
Suqrotdan farqli o‘laroq, 
Aflotun
(yunoncha Platon, miloddan avvalgi 427-
347 yillar) axloqshunosligi uchun, aksincha, g‘oyalar va ruh haqidagi ta’limotlar 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib 
turgan, biz harakat qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni 
ko‘rish uchun esa inson aqli ojiz. Inson g‘or devoriga kishanband qilib qo‘yilgan 
tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy 


132 
borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl 
borliqni ko‘ra oladigan mangu o‘lmas ruh mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, 
lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli 
qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik 
jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash 
sifatida talqin etadi. Otlar baland kelganda ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosi 
yuksakligidan vujudga yiqiladi va inson tug‘iladi. Insonning tug‘ilishi, natijada, 
ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira 
natijasidir: ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlarining ba’zilarini eslaydi va vujuddagi 
hayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, 
Aflotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan 
berilgan. 
Aflotun axloqshunosligining
muhim xususiyati shundaki, unda axloqning 
asosi, axloqiy namuna sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim 
Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unga iqtido qilmog‘i, undan namuna 
olmog‘i kerak; Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va 
taqlid qiluvchi kishigina donishmand bo‘lishi mumkin. Xullas, Aflotunning 
axloqshunosligi qat’iy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u ko‘p jihatdan vedachilik 
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi. 
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomalari ‒ Arastu va Epikurning 
axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi 
Arastu 
(yunoncha 
Aristotel’os, miloddan avvalgi 384-322-yillar) birinchi bo‘lib axloqshunoslikni 
ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim 
etdi va unga (keyinchalik Ovro‘pada qabul qilingan) “Etika” degan nom berdi. 
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning 
axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida 
o‘z aksini topgan. Arastu qadimgi yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo‘lib 
ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, 
Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emasligini, balki kasb 
etiladigan (hosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga 
bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajribakorlik, topqirlik singari ma’naviy 
soha bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va ikkinchisi, ruhning intiluvchan 
(ixtiyoriy) qismi ‒ sof axloq bilan bog‘liq fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat 
adolatdir. Fazilat ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, u doimo o‘rtalikka intiladi. 
Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidagi o‘rtalik va hokazo. 
Ayni paytda bu o‘rtalik muallaqlikni anglatmaydi, u ijobiy xususiyat bo‘lishi 
uchun birinchi tomonga yaqinroq turishi lozim: mardlik qo‘rqoqlikdan uzoqroq, 
telbovor jasoratga yaqinroq turadi. Shuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat 
beradi va uni harakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard 
maqsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-
hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi. 
Arastu, Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va ruh yaxlitligi nuqtayi nazarini 
ilgari suradi; inson kamolotga, yuksak ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, 
voqelikka faol munosabati orqali, hirs-u ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi 


133 
tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero, u 
ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeyiga 
ega. 
Shunday qilib, Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan 
yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past 
darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda 
ehtiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil 
bo‘ladilar, shuning uchun ham donishmandlik ularga xos emas; xotinning erga 
bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm-fan ozod kishilar 
uchun. Qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot. 
Qullarni past tabaqali kishilar, hatto jonli narsalar qatoriga kiritish 
Arastuning insonni mohiyatan ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan 
kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan: qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi 
odam ‒ yo Xudo, yoki hayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi 
huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam hisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka 
erishgandagina insonga aylanadi. 
Arastu, yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) 
yuksak qo‘yadi va bu bilan mushohadakor hayotni ‒ nazariyani, ijodga 
bag‘ishlangan hayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga ko‘ra, buyuk 
mutafakkir antik dunyo fuqarosining an’anaviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, 
mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq uning insonga muhabbati, 
insonparvarligi bizning hozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar degan 
tushunchamizdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar 
teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik 
va xayrixohlikni tan oladi, xolos. 
Epikur
(yunoncha Epikuoros, miloddan avvalgi 341-270-yillar) esa o‘z 
qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi. 
Insonning biror-bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari 
ma’nosizdir, badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan hech qanday foyda 
bo‘lmagani kabi ruhni (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan ham foyda yo‘q 
degan fikrni bildiradi. 
Epikur insonda tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. U ham Demokrit kabi 
ezgulik haqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning 
uchun eng muhimi ‒ ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan biriga yozgan xatida zarrin 
to‘shagu to‘kin dasturxoning bo‘lib, behalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda 
xotirjam yotganing afzal deydi. Fazilatlar orasida Epikur adolat bilan 
donishmandlikka alohida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va 
nisbiylik hollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi; umuman, adolat hamma uchun bir 
xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali hodisa; lekin muayyan 
mamlakatlarning o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan va shunga o‘xshash boshqa 
sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bo‘lolmay qoladi. Fazilatlarning 
mohiyati insonni lazzatga olib borishdan, xotirjamlikka hamda ruhning faoliyatli 
holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan 
yuzaga keladi. 


134 
O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi: 
“Yovuzlikning eng dahshatlisi bo‘lmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q, 
chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud 
bo‘lmaymiz. Shunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q, 
chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarining esa o‘zlari mavjud emas”
175

Epikur iztirobdan qochishni emas, uni yengish kerakligini ta’kidlaydi. 
Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi 
qo‘yilishi kerak. Uning axloqiy ideali ‒ yerdagi hayotga nafrat bilan 
qaramaydigan, aksincha, tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan 
hayotiy maqsadga muvofiq yashaydigan donishmand, faylasuf. Epikur 
odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka 
asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shug‘ullanish ham xuddi do‘stlik 
singari ruhan xotirjamlikka yetishishga olib keladi. 
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlarni yuksak nazariy darajaga 
ko‘targan qadimgi yunon axloqshunosligi jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yuno-
nistonlik mutafakkirlar ilk bor inson shaxsini, inson xatti-harakatiga asoslangan 
niyatni tadqiq etishga va axloqiy qilmish muammolarini tushuntirishga urindilar. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish