135
ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni
yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq,
tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini
o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan
bog‘liq.
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul
Epiktet
dir
(Epiktetos ‒ yunoncha sotib olingan degan ma’noni anglatadi, 50–138-yillar
atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha:
taqdir muqarrar; aql-idrok
axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga qat’iyan
bog‘liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki
shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan narsalar
bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki
erkinlikni anglash va uni qo‘lga
kiritishda; unga eltadigan yo‘l bitta ‒ ma’budlar
irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan
ish ko‘rish.
Epiktet ozod inson, haqiqiy erkin odamzod deganda o‘z vijdoni da’vatiga
monand yashaydigan, bu yo‘lda har qanday hujum-u azoblardan, hatto o‘limdan
ham qo‘rqmaydigan kishini tushunadi. “Erkin inson faqat o‘zi to‘sqinliksiz
hukmronlik qila oladigan narsalar ustidangina hukmron bo‘ladi. Hech qanday
to‘sqinliksiz esa yolg‘iz o‘z ustidan hukmronlik qilishi mumkin. Shu sababli
o‘zining emas, boshqalarning ustidan hukmron bo‘lishni xohlagan kishi, bilginki,
erkin emas: u o‘zining odamlar ustidan hukm yurgizish istagiga quldir”, ‒ deydi
Epiktet.
176
Yangi aflotunchilik falsafasining asoschisi
Plotin
(yunoncha Plotinos, 2004 /
205-270) ta’limotida axloqshunoslik masalalari muhim o‘rin egallaydi.
Uning
keyinchalik “Enne adalar” (to‘qqizliklar) deb nomlangan 54 risolani o‘z ichiga
olgan falsafiy merosida hamma narsa Yagonadandir, degan g‘oya ilgari suriladi.
Yagona quyoshga o‘xshaydi, boshqa barcha narsalar uning
tajallisidir
. Yagona
ongdan ham, hayotdan ham borliqdan ham narigi tarafda, uni tushunchalar
yordamida aniqlab-bilib bo‘lmaydi. Yagona bilan ezgulik – bir xil. Yagonaning
aksi ‒
moddiyat, u – yovuzlik. Inson olamdagi o‘z holatiga ko‘ra ikki
yoqlamalikka ega: ezgulikka ham, yovuzlikka ham taalluqli zot. U Yagona kabi
mutlaq ezgu va moddiyat kabi mutlaq yovuz bo‘lolmaydi. Insonning ezgulik
darajasi ezgu a’mollarining salmog‘i bilan o‘lchanadi, uning yovuzlik darajasi esa
yovuz a’mollarining ko‘p yo o‘ligiga bog‘liq. Odam bolasi ezgulikka erishish
uchun asta-sekinlik bilan, forig‘lanish yordamida yuksak ma’naviy pog‘onaga
ko‘tarilishi lozim: bu maqomda uning butun xayoli Yagonaga o‘xshash bo‘lishga
qaratiladi. Qalbni forig‘lantirib borish vujudning ham forig‘lanishiga olib keladi.
Plotinning axloq falsafasida yovuzlik,
ezgulikning ziddigina emas, uning
o‘zi alohida javhar (substansiya). Chunki uni bilish uchun alohida bilim kerak
emas: “ezgulikni bilish, ayni paytda yovuzlikni bilishdir”
177
. Yovuzlik aslida
176
Эпиктет. В чем наше благо. Марк Аврелий. Наедине с собой. М., АСТ, 2002. С. 75.
177
Плотин. Эллеады. О природе и источнике зла. // Историко-философский ежегодник. М., Наука, 1989. С.
161.
136
ezgulikning yetishmasligidir. Chunki qalb Yagonaga qarab ko‘tarilib borish
o‘rniga madaniyat tomonga tushib borsa, zaiflashadi, yovuzlashadi. Demak, aynan
moddiy dunyo qalbda yovuzlik paydo bo‘lishining asosiy sababchisidir.
Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari ham inson xatti-harakatlari
muammosini o‘rtaga tashlaydilar va insonning olamdagi o‘rni hamda hayotining
maqsadini belgilashga intiladilar.
Bunday intilish, ayni paytda, butun qadimgi
dunyo mumtoz axloqshunoslariga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: