88
4-bob. ETIKA ‒ AXLOQ TO‘G‘RISIDAGI FAN. AXLOQNING KELIB
CHIQISHI VA ASOSLANISHI MASALASI
Reja:
1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari.
2. Axloqning kelib chiqishiga oid turli yondashuvlar (diniy-idealistik,
ijtimoiy-madaniy va naturalizmga oid yondashuvlar).
3. Axloqning asoslanishi. Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik
va
relyativistik,
ratsionalistik
va
sensualistik,
deterministik
va
indeterministik).
Tayanch so‘z va iboralar:
Axloq, diniy-idealistik, ijtimoiy-madaniy,
natura-lizm, absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik,
deterministik va indeterministik.
1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari
“Axloq”
so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “xulq” so‘zining ko‘plik shaklidir.
“Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot
obyektini
anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-haraka-
tining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni
doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan
kat-taroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob
– inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa,
jamiyat
va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-
odat-larga asoslangan chiroyli xatti-harakatlar.
Xulq
– oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo
jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-
harakatlarning majmuyi.
Axloq
– jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan
ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir
137
.
Axloq shu jamiyatda yashayotgan va shu jamiyatni tashkil qilgan
odamlarning bilim va ma’naviyatini rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Bilim
insonni ongida ta’lim tizimi orqali shakllansa, ma’naviyat insonning qalbida
tarbiya orqali shakl-lanadi. Jamiyatning bilim va ma’naviyati qanchalik yuqori
bo‘lsa, jamiyat taraq-qiyoti shunchalik jadal va hayot shunchalik farovon bo‘ladi.
Bu allaqachonlar insoniyat tomonidan isbotlangan
va anglab olingan oddiy
haqiqatdir.
Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar
orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-
mida har xil toifadagi ko‘plab insonlar, katta-yu kichik bilan muloqotlar qiladi. Bu
insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi.
Bu ijtimoiy ish xodimi kasbiy me’yor va axloq normalariga amal qilib faoliyat olib
bori-shida muhim omil sanaladi.
137
Абдулла Шер Ахлоқшунослик. – Тошкент, 2000. 5-бет
89
Ijtimoiy ish xodimi o‘zining kasbiy faoliyati davomida o‘rnatilgan kasbiy
normalarga amal qilishni talab etadi. Bu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida
yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob,
xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuasi axloqning mazmun-
mohiyatini tashkil etadi.
“Axloq” iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-
harakat-larini bildiradi. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi
obyektiv aloqadorlik
tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish
asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan
muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuyidir.
Axloq jamiyat va insonni o‘ziga xos tarzda go‘zallik qonuniyatlari vositasi bilan
o‘rganuvchi eng qadimiy va hozirgi zamonda nihoyatda
muhim ahamiyatga ega
fandir.
Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va
hokazo) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o‘rganuvchi fan ‒ etika barcha
fanlar bilan aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, uning ma’naviyat
tizimidagi fanlarga
ta’siri katta.
Axloq tushunchasi ko‘pincha etika atamasining sinonim sifatida qo‘llanilsa-
da, biroq falsafiy tafakkur tarixidan ma’lumki, bu terminni birinchi marotaba
yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni
uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa,
matematika va fizikani; ikkinchi guruhga –
etika va siyosatni; uchinchi guruhga
esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi
yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar.
Etika
Do'stlaringiz bilan baham: