(yun. ἠθική [φιλοσοφία] – “axloq falsafasi”, yun. ἤθος (ētos) –
“odat”)
‒ axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi
falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa
doir didaktik-amaliy asarlarni o‘z ichiga oladi. U insoniyat o‘z tajribasi orqali
erishgan donish-mandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar
tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar
chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni o‘rgatadi.
Etika-shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini o‘rganuvchi hamda
belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U “to‘g‘ri”-“noto‘g‘ri”, “yaxshi”-“yomon” tushun-
chalarini tahlil qiladi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari-kategoriyalari bor: fazilat va illat,
yaxshilik va yomonlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal,
baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar. Bu kategoriyalarning barchasi ijtimoiy ish
xodimi faoliyati davomida u bilan yonma-yon yuruvchi kasbiy sifatlar majmuyi
sifatida namoyon bo‘ladiki, bu fazilatlarsiz ijtimoiy ish xodimi kasbiy qiyofasini
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Etika
meta-etika
(etika konseptlari),
normativ etika
(etik qiymatlarni belgi-
lash) va
amaliy etika
(etik qiymatlarni ishlatish) bo‘limlaridan iborat.
Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib
yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohi-
90
yatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. Axloqni umumiy
tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng
kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq
egallaydi.
Axloq o‘zining tarixiy taraqqiyotida quyidagi vazifalarni bajargan:
– umuminsoniy madaniyat tizimida insonning tabiiy xislatlarini;
– jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi
ma’-naviy-ijtimoiy omillarini;
– kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy
moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, ularni asrash va kelgusi avlodga
yetkazib berishni;
– oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat,
sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom
ettirish vositasi vazifasini;
– adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash
g‘oyasi va boshqalar.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik
yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda shaxs
vaqti kelib, odobsizlikdan axloqsizlikka o‘tishi mumkin. Shu boisdan ham
ijtimoiy ish
xodimi etikasini tarbiyalash
bevosita ma’rifiy jarayon bilan bog‘liq hodisa bo‘lib,
bunda jamiyatda mavjud me’yor va normalar asosida shakllanib, rivojlanib boruvchi
holatdir.
Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham bevosita bog‘liq
bo‘lib, faqat ularga bog‘lab o‘rganilishi mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan ijtimoiy
ish haqidagi individual ong masalasini ijtimoiy ong darajasiga ko‘tarish masalasi
bir qadar ziddiyatli va murakkab bo‘lib turibdi. Negaki, bugungi bizning sotsiumda
ijtimoiy ish xodimining aniq bajaradigan vazifalari haqida ijtimoiy ongda tasavvur
yetarli darajada shakllanmaganligi masalani bir qadar qiyinlashtirish bilan birga,
mijozlarga sifatli ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatishga to‘siq bo‘lmoqda.
Xususan, bizdagi ijtimoiy ish haqida aholi o‘rtasida yetarlicha tasavvur va
tushunchalarga ega emas. Bu esa joylarda ijtimoiy xizmatga muhtojlarni aniqlash
va ularga xizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklar va anglashilmovchilarni keltirib
chiqarmoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab munozaralarga sabab
bo‘lgan, pandemiya sharoitida birinchi navbatda ehtiyojmand va qarovsiz individ
va oilalarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish
jarayonidagi turli anglashilmovchilik va tushunmovchiliklar, yoxud “temir
daftar”ga aslida kimlar kiritilishi lozimligini aniqlashdagi qiyinchiliklar shular
jumlasidandir.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy
munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari
belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil
shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-
axloqiy negizlarini, ya’ni:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
91
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlikni tashkil qiladi.
Shubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha
mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z
navbatida, xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “
Do'stlaringiz bilan baham: |