Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

 
 


88 
4-bob. ETIKA ‒ AXLOQ TO‘G‘RISIDAGI FAN. AXLOQNING KELIB 
CHIQISHI VA ASOSLANISHI MASALASI 
Reja: 
1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari. 
2. Axloqning kelib chiqishiga oid turli yondashuvlar (diniy-idealistik, 
ijtimoiy-madaniy va naturalizmga oid yondashuvlar). 
3. Axloqning asoslanishi. Axloqiy tizimlar klassifikatsiyasi (absolyutistik 
va 
relyativistik, 
ratsionalistik 
va 
sensualistik, 
deterministik 
va 
indeterministik). 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Axloq, diniy-idealistik, ijtimoiy-madaniy, 
natura-lizm, absolyutistik va relyativistik, ratsionalistik va sensualistik, 
deterministik va indeterministik. 
1. Axloq xususiyatlari, strukturasi va funksiyalari 
“Axloq”
so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, “xulq” so‘zining ko‘plik shaklidir. 
“Axloq” iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot 
obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-haraka-
tining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni 
doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan 
kat-taroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. 
Odob
– inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat 
va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-
odat-larga asoslangan chiroyli xatti-harakatlar. 
Xulq
– oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo 
jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-
harakatlarning majmuyi. 
Axloq 
– jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan 
ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir
137

Axloq shu jamiyatda yashayotgan va shu jamiyatni tashkil qilgan 
odamlarning bilim va ma’naviyatini rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bilim 
insonni ongida ta’lim tizimi orqali shakllansa, ma’naviyat insonning qalbida 
tarbiya orqali shakl-lanadi. Jamiyatning bilim va ma’naviyati qanchalik yuqori 
bo‘lsa, jamiyat taraq-qiyoti shunchalik jadal va hayot shunchalik farovon bo‘ladi. 
Bu allaqachonlar insoniyat tomonidan isbotlangan va anglab olingan oddiy 
haqiqatdir.
Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar 
orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davo-
mida har xil toifadagi ko‘plab insonlar, katta-yu kichik bilan muloqotlar qiladi. Bu 
insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi. 
Bu ijtimoiy ish xodimi kasbiy me’yor va axloq normalariga amal qilib faoliyat olib 
bori-shida muhim omil sanaladi. 
137
 Абдулла Шер Ахлоқшунослик. – Тошкент, 2000. 5-бет 


89 
Ijtimoiy ish xodimi o‘zining kasbiy faoliyati davomida o‘rnatilgan kasbiy 
normalarga amal qilishni talab etadi. Bu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida 
yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat-xulq-atvor, odob, 
xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuasi axloqning mazmun-
mohiyatini tashkil etadi.
“Axloq” iborasi muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-
harakat-larini bildiradi. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik 
tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish 
asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan 
muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat tamoyillari va me’yorlarining majmuyidir. 
Axloq jamiyat va insonni o‘ziga xos tarzda go‘zallik qonuniyatlari vositasi bilan 
o‘rganuvchi eng qadimiy va hozirgi zamonda nihoyatda muhim ahamiyatga ega 
fandir.
Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va 
hokazo) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o‘rganuvchi fan ‒ etika barcha 
fanlar bilan aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, uning ma’naviyat tizimidagi fanlarga 
ta’siri katta. 
Axloq tushunchasi ko‘pincha etika atamasining sinonim sifatida qo‘llanilsa-
da, biroq falsafiy tafakkur tarixidan ma’lumki, bu terminni birinchi marotaba 
yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni 
uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, 
matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga 
esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi 
yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar. 
Etika 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish