Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

“Ijtimoiy 
ish 
mutaxassisining 
lavozim 
majburiyatlari” 
ham belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar: 
ijtimoiy yordam va xizmatga muhtoj sharoitda yashayotgan yoki qiyin 
hayot sharoitida bo‘lgan oilalar, yolg‘iz keksalar, mehnatga layoqatsiz va 
boshqa fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 
ijtimoiy noxush vaziyatlar sababini aniqlab, shaxs va oilalarni tegishli 
tashkilotlarga yo‘naltirish hamda zarur ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsa-
tilishida hamkorlik qilish; 
keys-menejment yoki vaziyatlar bo‘yicha ish yuritish: mijozning holati-
ni kompleks baholaydi, ko‘rsatiladigan xizmatlar rejasini tuzish va ularning 
taqdim etilishida hamkorlik qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati monito-
ringini amalga oshiradi; 
132
 Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2019 йил 11 
ноябрдаги “Ижтимоий ходимларнинг алоҳида лавозими бўйича тариф-малака тавсифномасини 
тасдиқлаш тўғрисида”ги ID-9543-сонли буйруғи - https://regulation.gov.uz/oz/document/9543 


82 
nogironligi bo‘lgan va psixojismoniy rivojlanishida muammolari 
bo‘lgan farzandlari bor oilalar, qochoqlar va ko‘chishga majbur bo‘lgan 
oilalar, 
baynal-minal 
askarlar 
va 
tinch 
davrda 
harbiy 
harakatlar 
ishtirokchilarining oilalari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 
bolalar tarbiyalanayotgan oilalar (qondosh hamda tutingan oilalar); yolg‘iz 
keksalar, mehnatga layoqat-sizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 
ijtimoiy patronajini amalga oshirish; 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish 
muassasalariga yo‘llanma berish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda 
ko‘maklashish; 
zarur hollarda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironligi 
bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa shaxslarni davlat ijtimoiy 
muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi hamda ushbu muassasalarga 
borishda hamrohlik qilish; 
nogironligi bo‘lgan yoki harakatlanishida muammolari bo‘lgan shaxs-
larga 
reabilitatsion 
texnik 
vositalarni 
olish 
uchun 
hujjatlarni 
rasmiylashtirishda ko‘maklashish; 
bolali oilalarga, yolg‘iz keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 
yordam beruvchi turli davlat, nodavlat, jamoat, diniy tashkilot va muassasalar 
faoliyatini muvofiqlashtirish; 
oilani qiyin hayot tarzidan chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni yagona 
ma’lumotlar bazasiga kiritish; 
ijtimoiy himoyaga muhtojlarni uzoq muddatli yoki vaqtinchalik 
ijtimoiy xizmatga qabul qilish, vasiylik va homiylikni belgilash, shifoxonaga 
joylashti-rish uchun hujjatlarini tayyorlashga va rasmiylashtirishga yordam 
berish; 
g‘ayriijtimoiy va huquqiy normalarga zid xatti-harakatlarning oldini 
olish ishiga jalb etilgan tashkilotlar (ichki ishlar organlari, ijtimoiy ta’minot 
bo‘limlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, jamoat tashkilotlari va b.) bilan 
hamkorlik qilish; 
mijoz uchun hordiq chiqarish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini 
tashkillashtirishda ishtirok etish; 
ijtimoiy 
patronajga 
muhtojlarni 
aniqlash, 
ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning sifati dinamikasi va turlarini tahlil qilish; 
hududda ijtimoiy va oila siyosatini shakllantirish va takomillashtirish, 
hududiy ijtimoiy dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarida 
ishtirok etish; 
uslubiy kengash, ijtimoiy ishchilarning uslubiy birlashmalari ishlari, 
ijtimoiy masalalar bo‘yicha seminarlar tashkillashtirish va o‘tkazishda 
ishtirok etish; 
fuqarolar va mutaxassislarga ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahat 
berish; 


83 
ish faoliyatiga oid zarur hujjatlarni yuritish
133

Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga talab ortib 
bormoqda. G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy 
yutuqlarini qayd qilib, ularning funksionalligini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb 
etadi. Ijtimoiy ish mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish amaliy 
mazmun kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning funksional modelini asos sifatida qabul 
qilib, uning oltita funksiyasini ta’kidlash lozim. Bular: diagnostika o‘tkazish; 
rejalashtirish va yo‘naltirish; prognostika o‘tkazish; ijtimoiy terapevtik 
(ogohlantiruvchi-profilak-tik); huquqiy himoya qilish; ijtimoiy-pedagogik, 
psixologik, tibbiy, maishiy, kom-munikativ, targ‘ibot (reklama); madaniy, tashkiliy 
jihatlardan iborat. 
Ijtimoiy xizmat faoliyat sifatida ijtimoiy siyosat amaliyotini ta’minlovchi, 
rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tatbiq etuvchi vositasi hisob-
lanib
134
, jamiyatdagi ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ilmiy-bilish
 
va 
amaliy-tashkiliy kabi qismlari harakatini ta’minlaydi. 
Ijtimoiy siyosatning ilmiy-bilish qismi jamiyatdagi ehtiyojlar tahlili va 
ularning anglanishini belgilab, ijtimoiy jarayonlar va ularning yo‘nalishini umum-
lashtirish uchun xizmat qiladi. Amaliy-tashkiliy
 
qismi esa ishlab chiqilgan kon-
septual holatlarni amalda joriy etishni ta’minlab, ijtimoiy siyosatning strategik 
vazifalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ta’kidlash lozimki, ijtimoiy xizmat 
funksional jihatdan inson, jamiyat manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy institutlar 
faoliyatini rejalashtirish va boshqarish, ijtimoiy jarayonlardagi holatlarni o‘z 
vaqtida aniqlab, mavjud resurslardan tezkor va maqsadli foydalanish uchun xizmat 
qiladi. Bu masalada S.E.Hobfoll va R.S.Lilly resursga munosabat bildirib
135
, unga 
moddiy (daromad, uy-joy, transport, kiyim) va moddiy bo‘lmagan (istak, maqsad) 
obyekt-larni, tashqi (ijtimoiy madad, oila, do‘stlar, ish, ijtimoiy mavqe) va ichki 
(o‘zini hur-mat qilish, kasbiy mahorat, optimizm, o‘zini nazorat qilish, hayotiy 
qadriyatlar, e’tiqod va b.) interpersonal belgilarni, psixik va jismoniy, irodaviy, 
emotsional tas-niflarni kiritganlar. Mualliflar resursning shaxsiy, ya’ni mikro 
darajadagi yuzasiga munosabat bildirgan bo‘lib, uning makrodarajadagi doirasiga 
e’tibor qaratmaganlar. Makrodoirasi oila, kasbiy, milliy, diniy, sohaviy darajalar, 
jamiyatning bevosita iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalari, ularni boshqarish 
nuqtayi nazaridan esa bevosita siyosiy sohaga daxldordir. Bu esa ijtimoiy 
xizmatning faqat siyosat doirasida shakllantirmasdan, jamiyatda ifodalanadigan 
ijtimoiy muammolarni inobatga olish hisobidan takomillashtirib borishni taqozo 
etadi. Ijtimoiy xizmatning natijaviy ko‘rsatkichi muhtoj bo‘lgan alohida inson yoki 
guruh a’zolarining shaxsiy darajadagi sifat o‘zgarishlarida namoyon bo‘lishi lozim.
Bunda quyidagilar ko‘rsatkich bo‘la olishi ehtimoldan xoli emas, ya’ni 
muhtoj inson yoki guruh a’zolari: 
133
 Ўзбекистон Республикаси Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлигининг 2019 йил 11 
ноябрдаги “Ижтимоий ходимларнинг алоҳида лавозими бўйича тариф-малака тавсифномасини 
тасдиқлаш тўғрисида”ги ID-9543-сонли буйруғи - https://regulation.gov.uz/oz/document/9543 
134
 Мусаева Н. К. Социальная работа как объект философского анализа. Дис. ... канд. филос. наук. – 
Бишкек: Институт философии и политико-правовых исследований, 2012. – 182 с. 
135
 Hobfoll S. Е. &Lilly R. S. Resource conservation as a strategy for community psychology // Journal of 
Community Psychology. 1993. № 21. -P. 128-148. 


84 
- hayotiy qadriyatlarni anglashi ko‘rinishi;
- o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqishning yuqori darajada ifodalashi; 
- shaxs hayoti, yashash, sog‘liqni qadriyat sifatida anglashi;
- amaliy yordam olish madaniyatiga egaligi;
- bilim olish, uni takomillashtirishga intilishi;
- hamkorlik qilishga tayyorligi
- turli xil nizoli vaziyatlarda madaniy yo‘l tutishni bilishi; 
- funksional savodxonligini oshirishning ifodalanganligi va b. 
Yuqoridagi mulohazalardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, ijtimoiy xizmat 
faoliyat sifatida jamiyat a’zolarida turli daraja va bosqichlarda tug‘ma (nasliy), ort-
tirilgan ijtimoiy nuqsonlardan xalos bo‘lish, qarovsiz qolgan, yolg‘iz va boquv-
chisini yo‘qotganlarni hayotga qaytarish, yashashini ta’minlash uchun xizmat qilib, 
har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda vujudga kelgan va rivojlanib kelmoqda. 
Hozir-gi davrga kelib ijtimoiy xizmat kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy 
ahamiyat kasb etib, uning bir qator tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish 
sohalari vujudga kelganligini ta’kidlab o‘tish joiz
136

Ijtimoiy xizmat (ish) kasb sifatida uning mazmun-mohiyati zamirida 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish