412
ijtimoiy ishchining oila muammosini hal qilishga qodirligi to‘g‘risidagi axborotdan
iborat bo‘lib qoladi. O‘z navbatida, bu reaksiya oilaga o‘tadi va oilaning
navbatdagi muhokamalar, o‘zining afzal ko‘radiganlarini inkor etish va nimanidir
o‘zgartirishda o‘z zaifligi bilan to‘qnashuviga sabab bo‘ladi. Ushbu dinamika
natijasida ijtimoiy ishchi va oila o‘rtasida muloqot bo‘shlig‘i hamda oilaning
“hamkorlik qilishdan bosh tortuvchi oila”, “oilada motivatsiyaning yo‘qligi”,
“o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmagan oila” kabi bahonalar bilan niqoblanuvchi
cheklangan ishtiroki vujudga keladi. Muammoli yoki kamyob-yo‘naltirilgan
yondashuvga asoslangan oilani mukammal baholashni cheklashga javoban ijtimoiy
ishchi, birinchi navbatda, oila nimani uddalay olmayotganiga emas,
balki barcha
stress, qiyinchilik va inqirozlar qurshovida nimani yaxshi uddalayotganligini
ko‘rib chiquvchi oilaning kuchli tomonlariga asoslangan baholashga yuqori
qiziqishni namoyon qildilar.
Kuchli tomonlarni tahlil qilish oila va bolalarni ularning muammoli-
yo‘naltirilgan tahlilda ko‘pincha nazardan chetda qoldiriladigan yoki kerakli
e’tibor ajratilmaydigan shaxsiy kuchli tomonlari, ustunlik va imkoniyatlarini
rivojlantirish, safarbar qilish, tan olish, jamlashga asoslangan strategiyadir.
Ijtimoiy ish amali-yotida har bir oila asosiyda qiyinchilik
va inqirozlarni yengib
o‘tish uchun ancha samarali strategiyani rivojlantirish mumkin bo‘lgan qimmatli
shaxsiy va shaxslararo resurslar hamda imkoniyatlarga ega ekanligi ko‘zda tutiladi.
Afsuski, oilalarning o‘zi hamisha qanday resurslari borligi va ularni qay tarzda
qo‘llashni aniqlash holatiga ega emas, natijada esa ular muammo soyasida qolib
ketadi, bunday resurslar ijtimoiy ishchiga ham darhol ayon bo‘lavermaydi. Ularni
aniqlash uchun ijtimoiy ishchi oilaning kuchli tomonlari va imkoniyatlarining
izchil tahlilini olib borishi kerak. Kuchli tomonlarni tahlil qilish davomida shaxsiy
yutuq hissiyotini hosil qiluvchi, oila a’zolari, tengdoshlari va kattalar orasidagi
munosabatga ijobiy hissa kirituvchi, qiyinchiliklar
va stress bilan kurashish
layoqatini oshiruvchi va shaxsiy, ijtimoiy hamda akademik va kasbiy rivojlanishga
ko‘maklashuvchi qator hissiy va axloqiy malakalar, vakolat va tavsifnomalar
baholanadi. Shuningdek, tahlil davomida ijtimoiy tarmoq va oilaning ichida hamda
qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar, madaniy va diniy uyushmalardan tashkil topishi
mumkin bo‘lgan undan tashqaridagi mavjud norasmiy ko‘mak aniqlanadi. Har
tomonlama tahlil asosida mukammal harakatlanishi uchun oila qo‘shimcha
ko‘makka muhtoj bo‘ladigan oraliq ham aniqlanadi. Olingan resurslar,
imkoniyatlar, oraliq va qiyinchiliklar suratidan kelib chiqib, o‘z imkoniyati va
malakasidan foydalanib, ularni rivojlantirgancha oilaga ushbu rejani amalga
oshirish yuzasidan uning vakolatini taqsimlash bilan ijtimoiy xizmat taqdim etish
rejasi shakllanadi.
Ushbu usulning muvaffaqiyati oila bilan ishonch
va ijobiy hamda kasbiy
munosabatlar o‘rnatilishiga bog‘liq. Ushbu usuldan foydalangancha quyidagilarni
yodda tutish lozim: 1) har bir oila va bola ularning shaxsiy hamda oilaviy
sharoitidan qat’iy nazar kuch, imkoniyatlar va ulargagina xos bo‘lgan tajribaga
ega, shuningdek, o‘zlarining zaif tomonlarini yaxshi biladilar; 2) oila va bolaning
har qanday muammosini ularda ta’lim olish, rivojlanish va malakalarini
413
takomillashtirish uchun sharoit hamda imkoniyatlarning yo‘qligi pozitsiyasi bilan
qarab chiqish darkor. Oila bilan dastlabki aloqalar davomida oilaga shu
ustanovkani berish kerak, bu esa oila bilan kasbiy munosabatlarning rivojlanishida
ijobiy aks etadi. Ko‘pgina ijtimoiy ishchilar kuchli tomonlar va imkoniyatlarni
aniqlashga uringancha oila bilan suhbatni ularni ijtimoiy ishchiga murojaat
qilishlariga nima sabab bo‘lganini so‘zlab berishni iltimos qilishdan boshlaydilar.
Oila o‘z tarixini so‘zlab berarkan ijtimoiy ishchi ijobiy lahzalar va iboralarni ilg‘ab
olishga urinadi. Ijtimoiy ishchi oilaning hikoyasini tinglagancha oilaga o‘zining
ijobiy kuzatishlarini (zaruriyat tug‘ilganida mulohazalarni
ijobiy shaklda qayta
tuzish mumkin) sanagancha murojaat qiladi. Oilaning o‘z ijobiy tavsifnomasini
anglashi va ular ijtimoiy ishchi tomonidan tan olinishi oilaning o‘z-o‘zini
baholashini oshiradi va maqsadga erishishida asos bo‘ladi.
Ushbu yondashuv ijtimoiy ishchi kabi oilaga ham qator afzalliklar beradi: 1)
oila erishgan ijobiy lahzalarga diqqatni qaratib, ularning shaxsiy kuch va
resurslarini yo‘naltirgancha oila va bolalarni qayerda ularga ko‘mak, ijtimoiy
rejalashtirish va ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish sohasini aniqlashga eng yuqori
darajada jalb etish imkoniyati paydo bo‘ladi; 2) oila va bolalarning kuchli
tomonlari va imkoniyatlariga asoslangancha ularning axloqidagi realistik
kutilmalar hamda maqsadni aniqlash usuli sifatida xizmat qiladi; 3) oila
a’zolarining o‘zlariga maqsadni aniqlash
va ustunligini belgilashda, o‘z
imkoniyatlari va hayotlari hamda farzandlarining hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi
qarorlarni qabul qilishdagi mas’uliyatini anglashda yordamlashadi.
Shunday qilib, oilaning o‘zini yordamida uning shaxsiy kuchi, imkoniyati,
ustunligi va qadriyatlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatishning individual
rejasi ishlab chiqiladi. Oilaning ijtimoiy xizmat rejasini ishlab chiqish va uni
amalga oshirish yuzasidan muayyan vakolat berilishida o‘z ishtirokini anglashi
qo‘yilgan maqsadga erishish natijasini ahamiyatli tarzda oshiradi. Ijtimoiy
ishchining vazifasi xizmat va axborotni taqdim etish va foydalanishni
uyg‘unlashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida ijtimoiy-psixologik ko‘mak
berish, ishlab chiqilgan rejani amalga oshirishda oilaning kuchli tomonlari va
imkoniyatlarini saG‘arbar qilish hamda rivojlantirish, qisqa muddatli maqsadlarga
erishish monitoringi, zaruriyat tug‘ilganida esa oila bilan irgalikda ishlab chiqilgan
reja modifikatsiyasidan iborat.
Boshqacha aytganda, ijtimoiy ishchi aniq bir
oilaning harakatlanishi uchun zaruriy asosiy omillarni tushungancha nafaqat
professional yordam, balki oilaning o‘z kuchi va imkoniyatlaridan foydalanish va
rivojlantirishni saG‘arbar qilgancha muammoni hal qilish va qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun vakolatlarni beradi.
Ushbu yondashuv to‘liq implementatsiya qilinganida, bu: 1) bolalarning
rivojlanishi va farovonligi uchun sharoit yaratish; 2) ota-onalarga bolalarini
parvarishlash va ularning hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlarni qabul qilishda
yordamlashish; 3) oilada o‘zaro hurmatni rivojlantirish; 4)
bolalar va oilalarning
imkoniyat hamda resurslarini saG‘arbar qilish; 5) xizmatni rejalashtirishning
barcha bosqichlari, ularni amalga oshirish va yutuqlarni baholashga jalb etishga
ko‘maklashadi. O‘z navbatida, oila bilan ishlashda ushbu yondashuvni joriy etish
414
ijtimoiy ishchiga: 1) xatar guruhidagi bolalar va oilalarga ularning kuchli
tomonlarini ochish va rivojlantirish yo‘li bilan faol hamkorlik qilish; 2) oilaning
mustaqilligi va ishonchini rivojlantirish; 3) bolalarning to‘laqonli rivojlanishlari
uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratish imkonini beradi.
Bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan tushunchalardan
biri deinstitit-
sializatsiya bo‘lib, uning mazmuniga qisqacha e’tibor qaratishni lozim deb topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: