410
ijtimoiy siyosatida muammo va kamchiliklar e’tirof etilib, ularni bartaraf etish
bo‘yicha samarali mexanizm joriy etishga urinishlar yaqqolroq ko‘zga
tashlanmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2020-yilning yanvar-iyun
oylarida O‘zbekiston FHDY organlari tomonidan 75,5 ming nikoh ro‘yxatga
olinib, o‘tgan-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq
ko‘rsatkich qayd etilgan
466
.
Mamlakat bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 4,5
promilleni (2019-yilning birinchi yarmida 6,3 promille) tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (6,4 promille),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,2) Sirdaryo (5,1) Surxondaryo (4,9) viloyatlarida
kuzatilgan bo‘lsa, eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Namangan (3,6), Samarqand
(3,7), Navoiy (3,8) va Jizzax (4,2) viloyatlarida qayd etildi.
Yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 12,8 mingta yoki 2019-
yilning shu davriga (16 mingta) nisbatan 20 foiz kamroq nikohdan ajralishlar qayd
etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti
0,8 promilleni (bir yil oldin – 1 promille) tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent
shahri (1,3 promille), Sirdaryo (1,2 promille), Andijon (1,0 promille) va Navoiy
(0,9 promille) viloyatlarida, eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti esa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,5 promille), Qashqadaryo (0,5 promille),
Xorazm (0,5 promille) va Surxondaryo (0,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, respublikada jami ajralishlarning 52,9%
farzandsizlar, 27,5% bitta farzand bilan va 19,6% ikki va undan ortiq farzand bilan
ajrashganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
467
, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa,
ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi esa bundan mustasno. Buxoro viloyatida bitta bolali oilalarda ajralish
(37,5%), bolasi bo‘lmagan nikohlarga qaraganda (34,9%) ko‘proq bo‘ldi. Ikki yoki
undan ko‘p bolali oilalar faqat 27,6% hollarda ajrashdilar. Qoraqalpog‘istonda
30,6% hollarda bolalarsiz nikohlar buzilgan, bitta bola bilan – 41,1%, ikki va
undan ortiq bolalari bilan esa – 28,3%.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bolalar va ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish,
oilalarni qo‘llab-quvvatlashning mustahkam tizimini yuzaga keltirishda samarali
ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda ayollarning oiladagi va jamiyatdagi
maqomi oshirildi, yosh oilalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish ko‘lami
kengayib bormoqda. O‘zbekistonda inson oliy qadriyat ekanligi, ushbu tamoyil
hozirgi vaqtda mamlakat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganligi Prezident
SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Odamlar ertaga, uzoq kelajakda
emas, balki aynan bugun o‘z hayotlaridagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni
xohlaydilar” degan tamoyil bilan tasdiqlanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: