402
14-bob. OILA BILAN ISHLASHNING AXLOQIY TAMOYILLARI
Reja:
1. Oilalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va oila bilan ishlashda o‘ziga xos
yondashuv
2. Oila tizim sifatida. Oilani qo‘llab-quvvatlash
3. Oilalar bilan ishlashning axloqiy prinsiplari
Tayanch so‘z va iboralar:
oila, nikoh,
oila turlari, deinstitutsializatsiya,
axloqiy prinsip, ekotizimli yondashuv.
1
.
Oilalar bilan ishlash: maqsad, vazifa va oila bilan ishlashda o‘ziga xos
yondashuv
Oilaning ta’rifi siyosat, ijtimoiy dasturlar va ijtimoiy ish amaliyoti uchun katta
ahamiyatga ega. Ko‘pchilik odamlar oila deganda hech bo‘lmaganda ikkita oilani
tushunadilar – inson ayni damda yashayotgan “hozir va endi”gi oila hamda u
tavallud topgan oila. “Hozir va endi”gi oila ta’rifi Oq Uyda (1980) oila
muammolari bo‘yicha Konferensiyani boshqa muammolarga qaraganda ko‘proq
band etdi. Agar xuddi bugungidek bolalar bilan birgalikdagi er-xotin juftligini oila
deb hisoblasak, unda bunday oilalarga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan siyosat,
dasturlar va amaliy faoliyat oilaning bu tarzini qo‘llab-quvvatlaydi
va tanlov
imkoniyatini cheklaydi. Agar boshqa tomondan oilaning keng ta’rifiga amal qilsak,
unda siyosat, dasturlar va amaliy faoliyat odamlarning o‘zlari oila deb ataydigan
turmushning muayyan, sirli shaklini himoyalay va qo‘llab-quvvatlay olmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida: “Oila jamiyat-
ning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga
ega”
459
, deyiladi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida
oila tushunchasiga
quyidagicha ta’rif
keltirilgan: “
Oila ‒
nikoh yoki tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning
a’zolari ro‘zg‘orining birligi, o‘zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati
bilan bir-
biriga bog‘langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari inson zotini davom
ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo‘sh
vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil
hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar
bilan belgilanadi va ular ta’sirida o‘zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat
o‘zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o‘rnatadi”
460
.
Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo‘lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining
birinchi bosqichida, kishilar to‘da-to‘da bo‘lib
yashayotgan davrda jinslar
orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega bo‘lmay, to‘dadagi barcha
erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi.
Dastlab ota-ona bilan farzandlar, so‘ngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy
459
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2019. – Б. 21.
460
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 6-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2003. – Б.
469.
403
munosabatlar taqiqlanib guruhli oila paydo bo‘lgan. Lekin, bu oilalarda hali er-
xotin nikohi barqaror alohida xo‘jalikka ega bo‘lmagan. Bu davrda tabiiy omil o‘z
vazifasini
tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno
qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi
(Patriarxal oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
461
.
Oila ‒
jamiyatning boshlang‘ich hujayrasi,
er-xotinlik munosabatiga
asoslanadi va bir-birlari bilan qon-qarindoshlik munosabati bilan bog‘liq
kishilarning ixtiyoriy birlashgan guruhidan iborat bo‘ladi. Agar nikoh ikki kishini
bog‘lagan bo‘lsa, unda oila o‘z ichiga bir necha, ba’zan o‘nlab kishilarni
birlashtiradi. Oila munosabatlari qarindoshlik aloqalarining keng ko‘lamida
namoyon bo‘ladi: er va xotin,
ota-ona va bolalar, aka-uka, opa-singil, aka-singil,
opa-uka, qaynota-qaynona,
kuyov va kelin, shuningdek, qaynsingil, qaynog‘a,
qaynini, qaynegachi va boshqalar. Nikohdan farqli o‘laroq, oila qat’iy ravishda
tuzilish va tugatilish sanasiga ega emas. Yangi a’zo qo‘shilishi
yoki oila
a’zolaridan birortasining ketishidan qat’iy nazar, oila o‘z hayot faoliyatini davom
ettiradi, faqat tuzilishi, tarkibi bir oz o‘zgargan bo‘ladi. Qondosh-qarindoshlik
munosabatlari quyidagilarga asoslanadi.
- fiziologik (er-xotinlik munosabati va bola tug‘ish);
- yuridik (nikohni, ajralishni, aliment to‘lashni va b.ni qayd etish);
- iqtisodiy (mulkiy, meros munosabatlari);
- siyosiy (oila hokimiyati, yetakchilik);
- pedagogik (bolalarning va oila kichik a’zolarining tarbiyasi) va axloqiy
munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: