Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

- birinchidan
, ijtimoiy ish ixtisoslashib, kasb sifatida o‘z imijini egallab 
bo‘lgan. Masalan, Fransiya va Germaniyada ijtimoiy ish – bolalar va ayollar bilan 
ishlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, yoshlar bilan ishlash, nogironlar bilan 
ishlash, keksalar bilan ishlash, boquvchisini yo‘qotganlar bilan ishlash, tug‘ma 
nogironlar bilan ishlash, ishsizlar bilan ishlash, vaqtinchalik ishini yo‘qotganlar 
bilan ishlash, noto‘liq oilalar bilan ishlash, nizoli oilalar bilan ishlash singari 
yo‘nalishlarga ajratilgan. Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi 
Konstitutsiyasi 6-moddasining 3-bandida “Bolalar o‘z oilasidan ularning 
tarbiyasiga vakolatli bo‘lgan shaxslarning irodasiga qarshi faqat qonun asosida, 
agar tarbiyalashga vakolatli bo‘lgan shaxslar o‘z vazifalarini bajarmayotgan yoki 
bolalar boshqa sabablarga ko‘ra nazoratsiz qolish xavfi ostida bo‘lgan taqdirda, 
ajratilishi mumkin”ligi
43
ko‘rsatilgan. 

ikkinchidan,
ijtimoiy ish sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar 
yoshi, jinsi, kasbiy tayyorgarligi va ixtisosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, 
Fransiya statistika vazirligi tomonidan ko‘rsatib o‘tilishicha, mamlakatda 
37 
xil 
mutaxassislikka ega bo‘lgan 
800 000
dan ortiq ijtimoiy ish xodimi faoliyat 
yuritishadi. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 
97%
dan
 
ortig‘ini xotin-qizlar 
tashkil etishi qayd etilgan
44

Buning o‘ziga xos mental-boshqaruvchiligi shundaki, ijtimoiy ishning 
ko‘lami xotin-qizlar ishtirokini talab etishi bilan, undagi feminlik xizmat ko‘rsatish 
jarayonining mazmunli kechishini ta’minlaydi. Buni gender xususiyat sifatida 
ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shu bilan birga, ijtimoiy ish sohasining yo‘nalishlarga 
taqsimlanishi ijtimoiy-madaniy omil bilan ham bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy-siyosiy 
omil ta’sirini ham inobatga olish lozim. 
Bu omil doirasida g‘arbona hayot tarzi va turmush kechirish mantig‘i o‘z 
aksini topganligini kuzatish mumkin. Negaki, G‘arbdagi individuallik madad 
ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, savob ishni har kim bajarishi kabi ijtimoiy 
ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy kategoriyalarning mavjud 
emasligi bilan ham bog‘lash mumkin. Shu sababli, G‘arb jamiyatlarida davlat 
ijtimoiy madad ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olgan. Bu holat sanoatning rivojlanishi 
natijasida xizmat olishga jamiyatda ehtiyoj oshib borganligi yoxud G‘arbda 
yaqinlar ko‘rsatadigan qon-qarindoshlik rishtalari doirasida bajariladigan 
vazifalarning avtonomlashganligi bilan ham bog‘liqdir. Ya’ni, jamiyat 
madaniylashgani sari huquqiy asoslarga ega bo‘lib, bajariladigan amallar 
43
 Жаҳон конституциялари (Жаҳон давлатлари конституциялари тўплами, I жилд). / Тузувчилар 
Тожихонов У., Саидов А. – Тошкент: ИИВ Академияси, 2001. 375 - бет. 
44
 Ўзбекистонда оилалар ва болаларни ҳимоя қилиш соҳасида ижтимоий иш. Илмий-амалий конференция 
материаллари. – Тошкент: ЎзМУ, 2013.


23 
qonunchilik bilan belgilangan. Masalan, bola va ota-ona huquqlari to‘g‘risida 
Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasi 2-bandida: 
“Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni tarbiyalash ota-onalarning tabiiy huquqi va 
ularning ustuvor vazifasidir. Ularni amalga oshirishni davlat uyushmasi kuzatib 
boradi”
45
– deb ko‘rsatilgan. Kuzatib borish, davlat uyushmalarining zimmasiga 
yuklatilgan bo‘lib, bizningcha, standartlashtirilgan tarzda g‘amxo‘rlik qilish va 
tarbiyalashni baholash mezonlari mavjudligini ko‘rsatadi. 
Har bir kasbning vujudga kelishida o‘z shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, 
aynan mana shu shart-sharoit kasbiy vazifalarni belgilab bergan. Masalan, 
o‘qituvchi yosh avlodni kamolotga erishishini ta’minlash, shifokor insonni turli xil 
kasalliklardan xalos etish uchun davolash vazifasini amalga oshirishi shular 
jumlasidandir. 
Shuningdek, ijtimoiy ishning vujudga kelishi ham, bu – turli tabaqalarga 
mansub bo‘lgan aholining yoshi, jinsi, sog‘ligi, nogironlik darajasi va boshqa 
xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan 
faoliyatidir
46
. Faoliyat mohiyatiga ko‘ra, inson xatti-harakatining yig‘indisi hisob-
lanib, o‘yin, o‘qish, mehnat kabi turlarga ajratiladi. Shuningdek, faoliyat o‘ziga 
xosligi bo‘yicha, ijtimoiy xarakterdaligi, maqsadga yo‘nalganligi, rejaliligi va 
tizimliligi kabi turlarga bo‘linadi. Shu sababli ijtimoiy ish faoliyat sifatida, inson 
hayot-faoliyatini ta’minlashga ko‘maklashib, alohida individ va oilalar, ijtimoiy 
guruh va tashkilotlar hamda jamoalar faoliyatini tiklash, maishiy, madaniy, 
ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yoki mustahkamlash uchun amal 
qiladi. 
Boshqacha qilib aytsak, insonning fundamental ehtiyojlarini qondirish orqali 
konkret ishlarda ularning iqtidori va ko‘nikmalarini kamol toptirishda yordam 
berishga mo‘ljallangan ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan dasturlarni 
yaratish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishni rejalashtirish, rivojlantirish va 
amalga tadbiq etish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalashda qonunda 
belgilangan vositalardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan mehnat turidir deb 
ko‘rsatish mumkin. 
Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni aniq tarixiy makonda, siyosiy vaqtni inobatga 
olgan holda insoniyatning hayotiy tajribasi bilan bog‘langan holda o‘rganish lozim. 
Mazkur tarzdagi o‘rganishni K.Lorensning ta’limoti bo‘yicha kulturologik 
yondashuv deb ko‘rsatish mumkin. Negaki, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bioijtimoiy 
hodisa hisoblanib, turli darajaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanishi mumikn. Shu 
bilan birgalikda “ijtimoiy yordam ko‘rsatish” tushunchasini M.Firsov va 
R.Samarovlarni madaniy-tarixiy yondashuv deb ko‘rsatgan ta’limoti bo‘yicha ham 
ko‘rib chiqish mumkin. Mazkur yondashuv, o‘zida milliy-madaniy hayot tarzini 
inobatga olishni taqozo etib, tadqiqotni retrospektiv jihatini ta’minlaydi. Bunda 
qadriyatlarning shakllanishi, takomillashuvi hamda an’analarning vujudga kelishi 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish