Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Ijtimoiy xizmatchilar faoliyatining ma’naviy roli



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

2. Ijtimoiy xizmatchilar faoliyatining ma’naviy roli 
Ijtimoiy ish xodimi aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning turli tizimlari, 
harakatlarini tashkil qilish, dasturlash va muvofiqlashtirishda faol rol o‘ynaydi. 
Shuningdek, u shaxs yoki insonlar guruhiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sirni amalga 
oshirish ijtimoiy ish xodimiga xos bo‘lgan interaktiv faoliyatning asosidir. “Ta’sir” 
atamasining keng ko‘lamdagi ma’nosiga shaxs yoki tizimni rivojlantirish uchun 
sharoitlarni rivojlantirish jarayoni deb ta’rif beriladi va u ijtimoiy faoliyatning 
amaliyotida 
tegishli 
usullar 
yordamida 
belgilangan 
maqsadga 
erishish 
samaradorligini ta’minlashni bildiradi. Ta’sir ikki tomonlama o‘zaro aloqa jarayoni 
bo‘lib, bir tomondan, ijtimoiy xodimning mijoz ongiga ta’sir qilish qobiliyati, 
ikkinchi tomondan, mijoz unga yo‘naltirilgan ta’sirni to‘g‘ri va ijobiy qabul qilishi 
ehtimoli, shuningdek, unga chetdan ta’sir qilish faktining borligida muvaffaqiyatli 
bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayon doimo ikki tomonlama, shuningdek, insonga 
nafaqat ijtimoiy xodim so‘zlari, uning qarashlari, balki uning shaxsiy fazilatlari 
hamda mijozning unga ta’sir subyekti sifatida munosabati ta’sir qiladi. Bundan 
tashqari, ushbu jarayon ikki tomonlamadir, chunki mijozga ta’sir ko‘rsatish 
jarayonida ijtimoiy xodim uning ta’sirida ham bo‘ladi: aytilgan so‘zlarga hamda 
ijtimoiy xodim shaxsiga munosabati. 
Ijtimoiy xodimning ushbu ta’sir ko‘rsatish huquqi o‘ziga ishonchining 
manbalari quyidagicha: bilimlar va tajriba, qonunlashtirilgan, status va reputatsiya, 
xarizmatik xususiyatlar va shaxsiy jozibadorlik, axborotga ega bo‘lish va 
boshqalar. 
Ijtimoiy xodim tomonidan o‘qish va hayotiy amaliyot jarayonida orttirilgan 
bilimlar va tajriba, 
garchi ushbu qobiliyatlar shaxsiy tajriba, shaxsiy qiziqishlar, 
shsaxsiy iste’dodga qarab turlicha bo‘lsa-da, uning boshqa insonlarga ta’sir 
ko‘rsatish qobiliyatining eng fundamental asosi hisoblanadi. 
Bilimlar va tajriba, birinchi navbatda, o‘zaro shaxsiy munosabatlarda 
qo‘llanishi mumkin. Ushbu sohada intervyu olish, qo‘llab-quvvatlash, yetkchilikka 
moyillik, teskari aloqani o‘rnatish, vositachilik kabi xulqda o‘zgarish va bir-biriga 
munosabatlarning o‘zgarishiga erishishga yo‘naltirilgan ko‘nikmalar muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy xodimning bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashning boshqa sohasi 
mijozlarga differensial yondashuv hisoblanadi. Bu yerda inson hayot yo‘lining turli 
39
 Холбеков А., Идиров У. Социология (Изоҳли луғат – маълумотнома). - Тошкент, 1999. 64–бет. 


16 
bosqichlari, inqirozli hodisalar, jismoniy va psixik darmonsizliklarida uning 
ehtiyojlari va qiziqishlarini haqida boxabar bo‘lish zarur. 
Ijtimoiy xodim bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash yana bir sohasi bor, bu ‒ 
ijtimoiy xizmatlar faoliyatini boshqarish, ular uchun kadrlarni tayyorlash va kerakli 
texnologiyalarni qo‘llash. 
Ijtimoiy xodimning mijozlarga yordam ko‘rsatish ixtisosligi muhim o‘rin 
egallaydi: bir xillari qonunbuzarliklar profilaktikasi sohasiga ixtisoslashadi, 
boshqalari kam ta’minlanganlar va yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatishga, 
ba’zilari esa – ota-onasi yo‘q bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan. Bunday 
ixtisoslashish tegishli nazariyalar va konsepsiyalar haqida tasavvurlar bo‘lishini 
hamda empirik tadqiqotlarga tayanishni talab etadi. Soha mutaxassislar vaziyatni 
tahlil qilish, yordam ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish, muammolarni yechish 
uchun qaysi usullar kerakligi kabi masalalar bo‘yicha davlat siyosati va tegishli 
qonunlarni bilishlari shart. 
Ijtimoiy ish xodimining o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashning alohida 
sohasi – oila, guruhlar, hamjamiyatlar kabi ijtimoiy tizimlarning kelgusi 
rivojlanishi va ishlashini modellashtirish va bashorat qilish muammolari haqida 
tushunchalarga ega bo‘lishdir. Bu yerda qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir 
etuvchi tuzilmalar va jarayonlar, hokimiyat vakolatlaridan foydalanish, 
kommunikativ funksiyalar, rolli pozitsiyalar haqida bilimlar talab etiladi. 
Va nihoyat, ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy manbalari va yashash joyi bo‘yicha 
shifoxonalar, maktablar bolalar uchun muassasalar, davlat organlari kabi ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatish tizimlari haqida ma’lumotlarga ega. Ushbu tizimlar qanday 
ishlashi, ular faoliyatining o‘ziga xosligi, mijozlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi, 
ushbu tizimlarga murojaat qilishi, ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar 
haqida axborotga ega. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish