12
xizmat ko‘rsatish assotsiatsiyalari tashkil etildi (National Association of Social
Workers)
25
. Bu harakat maishiy va ijtimoiy muammolarga taalluqli tadqiqotlarni
o‘tkazishda turtki bo‘lib, yaratilgan asarlarda erkinlik, tenglik, adolat asosida
yashashni ta’minlash o‘z ifodasini topdi. Shu tariqa ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning
tarixi va nazariyasi shakllana bordi
26
.
Amaliyotning maqsadli, tahlili hamda nazariy izlanishlar
27
ijtimoiy
himoyaga muhtojlarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi kishilar maxsus
tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosaga olib keldi. Ijtimoiy farovonlikni
ta’minlashda zaruriy faoliyat turi hisoblanadigan ijtimoiy xizmatning
institutlashuvi katta madaniy mazmunga ega bo‘lgan yutuq edi. Asta-sekin u
amaliy, ilmiy va o‘quv faoliyatini birlashtirgan tizimga aylandi. U bugun barcha
mamlakatlar ijtimoiy siyosatini amaliy ta’minlashda ishtirok etadigan vosita
hisoblanadi.
Ijtimoiy xizmat tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar,
nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy
xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasida “Ijtimoiy xizmatlar shaxsning
turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa
fuqarolar bilan teng bo‘lgan imkoniyatlarini yaratishga va o‘zining asosiy hayotiy
ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga,
xizmatga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy,
psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-
tadbirlar majmuyidir”
28
, ‒ deb ko‘rsatilgan. Agarda ijtimoiy xizmat huquqiy,
iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa
chora-tadbirlar majmuyidan tarkib topgan bo‘lsa, kasbiy faoliyat sifatida bir
qancha sohalardagi faoliyat turlarini o‘zida mujassam etadi. Masalan, huquqiy
chora-tadbirlar
29
o‘zida fuqarolik huquqi, konstitutsiyaviy huquq, mehnat huquqi,
oila huquqi va boshqalarni qamrab olib, o‘zi mustaqil faoliyat turi hisoblanadi.
Iqtisodiy chora-tadbirlar
30
esa moddiy ishlab chiqarish, nomoddiy ishlab chiqarish
hamda ishlab chiqarishda yaratilgan iqtisodiy ne’matlarni individual tarzda uzatish,
ulardan foydalanish kabilarni qamrab oladi. Psixologik chora-tadbirlar
31
insonni
ijtimoiy-lashuvidan to individual salohiyatini namoyon etish hamda ish davomida
orttirilgan jarohatni bartaraf etishni ta’minlaydi. Ta’limiy chora-tadbirlar
32
esa turli
sabablar tufayli mehnat layoqatiga ega bo‘lmaganlarni (layoqatini yo‘qotganlarni
ham) jami-yatning to‘loqonli a’zosi bo‘lishi uchun biron-bir kasbga o‘qitish yoki
Do'stlaringiz bilan baham: