Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


I BO‘LIM. IJTIMOIY ISHDAGI ETIK QADRIYATLARNING



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

I BO‘LIM. IJTIMOIY ISHDAGI ETIK QADRIYATLARNING 
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 
1-bob. IJTIMOIY ISHDA ETIKANING AHAMIYATI. FANNING MAQSAD 
VA VAZIFALARI
Reja: 
1.
Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari 
2. Ijtimoiy xizmatchilar faoliyatining ma’naviy roli
3. Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlarining asosiy maqsad 
va vazifalari 
Tayanch so‘z va iboralar
: ijtimoiy ish, etik qadriyatlar, ma’naviy rol, 
kasbiy qadriyatlar, maqsad, axloq. 
1. Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari 
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy ish tizimi borasida ulkan 
amaliy tajriba to‘plashga erishildi. Ijtimoiy ish tizimi rivoji ijtimoiy, iqtisodiy, 
madaniy va huquqiy omillar hamda jamiyat hayotida mavjud realliklar bilan 
bog‘liq bo‘lgan turli ko‘rinishdagi qiyinchiliklar, iqtisodiy muammolar hamda 
jismoniy sog‘liqning yo‘qolishi natijasida dolzarblashib boradi. Shu sababli bo‘lsa 
kerak, ijtimoiy ish sohasi bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor 
qaratilib, dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan ham keng miqyosda o‘rganilib 
kelinmoqda.
 
Jahon miqyosidagi tadqiqotlarda ijtimoiy ish jamiyatdagi moddiy-madaniy 
va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga bog‘lanib, uni funksional-strukturaviy, tasnifiy, 
davlatlararo va mintaqaviy-hududiy munosabatlarga ham e’tibor qaratish lozimligi 
nuqtayi nazaridan o‘rganilgan. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayoni insoniyatga xos 
harakat turi sifatida uning xalqaro tajribasi va amal qilishini ta’minlashda salbiy 
ta’sir ko‘rsatayotgan turli ijtimoiy omillar, jumladan, mas’uliyatsizlik, kasbiy 
layoqatsizlik, bilimsizlik, nomutaxassislik, faoliyat jarayonini rejalashtirish va 
boshqarish texnologiyasining eskiligi kabi omillar, ijtimoiy ish sohasining 
nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish, bu borada chuqur ilmiy tadqiqotlar olib 
borishni taqozo etadi. 
Mustaqillik yillarda ijtimoiy ish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, 
yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvafaqqiyati ‒ fuqarolik 
jamiyatini barpo etish jarayonida ijtimoiy institutlar vazifalarining kengayishi va 
ular faoliyatining institutsionallashuvi zamirida aholining turli qatlamlariga yoshi, 
jinsi, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatish tizimi 
joriy qilinishi, tibbiy, huquqiy, axborot, madaniy, iqtisodiy kabi sohalarda keng 
namoyon bo‘lmoqda. Mazkur omillar ijtimoiy ishning shakllanishi va 
rivojlanishiga boshqa omillar qatori to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston 
Respublikasi nafaqat geosiyosiy joylashuvi, balki ijtimoiy-madaniy jihatlari bilan 
mintaqa davlatlari orasida ajralib turadi. U ijtimoiy-iqtisodiy, demografik
madaniy, ma’naviy, ma’rifiy kabi ko‘plab jihatlarni o‘zida mujassamlashtirib, 
mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlashda akkumilyativ funksiyani bajaradi. Shu 



sababli, “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”
7
da, jumladan, “Ijtimoiy sohani 
rivoj-lantirishning ustuvor yo‘nalishlari”ga katta e’tibor qaratilgan. 
Ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlari muammosini G‘arbiy 
Yevropa va AQSh olim va tadqiqotchilardan R.Lynn John Chandler, Linda Bell, 
Elisabeth Berg, Jim Barry, H.Sonya, Hu Jierong Yenching, Annie J. Keeney, Amy 
M.Smart, Regina Richards, Shannon Harrison, Manuel Carrillo va Deborah 
Valentine, T.Mafile’o, Paul Force-Emery Mackie
8
va Osiyo mamlakatlarining olim 
va tadqiqotchilaridan T.Akimoto, A.Mishima, B.Vijayalakshmi, A.Albrithen
9
kabilar tomonidan ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yo‘nalishlari, rivojlanishi, 
jamiyat hayotidagi ahamiyatli jihatlari, olib borilgan ilmiy izlanishlar, o‘tkazilgan 
tadqiqot va tahlillar asosida tadqiq etganlar.
MDH olimlarining ilmiy ishlarida ijtimoiy ish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, 
ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatdan foydalanishga ehtiyoj kabi masalalar turli 
ilmiy yo‘nalishlar asosida o‘rganilgan. Bunda, P.Aytbayeva, V.Antropov, 
N.Markova, N.Musayeva, I.Xarisov, T.Karayev, A.Abduvapova, E.Orozaliyev, 
T.Kozlova, N.Tarusina, N.SHvedova, G.P.Medvedeva, N.M.Gopishna
10
va 
boshqalarning ilmiy ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish