1
Пандемия (юн. pandemos - ёппасига, халқаро) - эпидемик касалликнинг бир мамлакат, бир неча мамлакат,
қитъа ёки континентда ёппасига тарқалиши. Пандемик тарқалиш ҳаво-томчи йўли билан юқиб,
инкубацион даври қисқа юқумли касалликларга хос // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент:
Давлат илмий нашриёти, 2003. 6 жилд.
5
ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga, xizmatga muhtoj shaxslarga
yordam ko‘rsatish bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy,
reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuyi”ligi
2
belgilangan
bo‘lib, bunda ijtimoiy ishning huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limga oid, tibbiy,
reabilitatsiya chora-tadbirlari majmuyidan tarkib topgan va kasbiy faoliyat sifatida
bir qancha sohalarga daxldorligi ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi davrga kelib ijtimoiy
ish kasb sifatida jamiyat hayotida amaliy ahamiyat kasb etib, uni bir qator
tarmoqlari, aniqrog‘i, yordam ko‘rsatish sohalari vujudga kelganligini ta’kidlash
joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
6012-sonli qabul qilingan Farmonida “aholining imkoniyati cheklangan, kam
ta’minlangan guruhlari huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining
“hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni ta’minlash,
davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash hamda ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish; keksa odamlarning
ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va
migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qo‘llash amaliyotini
yanada takomillashtirish; oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish,
oilada zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish”
3
kabi bir
qator ustuvor vazifalar belgilanganki, bu esa aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada
takomillashtirish va ijtimoiy ishchining etik-professional qadriyatlariga amal qilish
uchun muhim institutsional asos sifatida xizmat qilmoqda. Bu borada
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarimiz
natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi
demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi”
4
.
Shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish,
yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham
tub islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti va
Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul
qilindi. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
5
qonunning qayta tahrir etilib, 2020-yil 23-
sentabrda qabul qilinishi ta’lim sohasida yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan
2
Ўзбекистон Республикасининг “Кексалар, ногиронлар ва аҳолининг бошқа ижтимоий эҳтиёжманд
тоифалари учун ижтимоий хизматлар тўғрисида”ги Қонуни // “Халқ сўзи” газетаси, 27 декабрь 2016 йил.
255 (6690)-сони.
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикасининг
Миллий стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-6012-сонли Фармони -
Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси, 23.06.2020 й., 06/20/6012/0953-сон.
4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 23 сентябрдаги Бирлашган
Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 75-сессиясидаги нутқи- http://uzlidep.uz/news-of-
uzbekistan/7272
5
Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги N ЎРҚ-637-сонли Қонуни.
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси 2020 йил 24 сентябрь - www.lex.uz.
6
aytganda: “ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi.
Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi,
ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv
markazlari tashkil qilishga ruhsat etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik
dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish
va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi
6
”.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ijtimoiy ishdan ko‘zlangan maqsad, ya’ni muhtoj
insonlar iqtidori va ko‘nikmalarini rag‘batlantirib, ularning ijtimoiylashuvi
muvozanatini ta’minlash uchun maishiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, tibbiy,
psixologik, jismoniy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatishni e’tiborga olgan
holda, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyat sifatida ijtimoiy siyosat amaliyotini
ta’minlovchi, rejalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi va tatbiq etuvchi
vositasi ekanligi nazarda tutilib, jamiyatdagi ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan ilmiy-bilish
va amaliy-tashkiliy kabi qismlari harakatini ta’minlash nuqtayi
nazaridan ishlab chiqildi va undan ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan
bakalavr yo‘nalishii talabalari, magistratura mutaxassisliklari, malaka oshirish
tinglovchilari, ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda sohaga qiziquvchi barcha
kishilar uchun mo‘ljallangan.
6
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 30 сентябрдаги Ўқитувчи ва
мураббийлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги “Ўқитувчи ва мураббийлар – янги Ўзбекистонни
барпо этишда катта куч, таянч ва суянчимиздир” мавзусидаги нутқи - www.xs.uz
7
Do'stlaringiz bilan baham: |