Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Qonun doirasida vakolatlar

Ijtimoiy xodim lavozimi va uning qonuniy 
vakolatlari bu ixtisoslikning mavqeini oshiradi, unga mijozlar tomonidan alohida 
hurmat-e’tiborga sabab bo‘ladi. 
Maqomi va reputatsiyasi.
 
Ijtimoiy soha xodimining mavqei uning jamiyatda 
tutgan o‘rnining ifodasi hisoblanadi. Ijtimoiy xodim reputatsiyasi uning atrof-
muhit bilan o‘zaro ishlash jarayonida shakllanadi. Ijtimoiy xodim atrof-muhit bilan 
qanchalik ko‘p muloqot qilsa, atrofdagilar uning chuqur bilimlari, yuqori 
kompetentligi, boy hayotiy tajriba, xayrixohlik, insonlarga e’tibori, haqqoniylik va 
ochiqligi, kommunikabelligi va mas’uliyatligiga ishonch hosil qilsa, uning 
reputatsiyasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ijtimoiy xodimning mavqeyi va huquqiy 
holati ko‘p jihatdan uning reputatsiyasi o‘ziga, o‘z shaxsiy fazilatlari va ishga, 
shuninigdek, davlat siyosatiga munosabatiga bog‘liq. 
Xarizmatik xususiyatlar va shaxsiy jozibadorlik
.
Ba’zi ijtimoiy ish 
xodimlari atrofdagilar uchun ijtimoiy xodimlarning jozibasi va xarizmatik 
xususiyatlari mavjudligi tufayli jozibadordir. Bunday mutaxassislar insonlarni 
o‘ziga chorlab, ularni ishda faol qatnashishga ilhomlantiradi. Ijtimoiy xodimning 
boshqa o‘ziga xos xususiyatlardan farqli ravishda shaxsiy jozibadorligi uning 
egallagan lavozimiga bog‘liq emas. Shu bilan birga u ijtimoiy xodimning 


17 
insonlarga ijobiy ta’sir qilish potensial imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin. 
Xarizmatik xususiyatlar insonning tabitan noyoblik va yuqori qobiliyat sohibi 
ekanligidan dalolat beradi va uni ijtimoiy faoliyat sohasida yuqori cho‘qqilarga 
erishish, jamiyatda yuqori mavqeni egallashga imkon beradi. 
Axborotga ega bo‘lish.
 
Insonlarning atrof-muhitni anglash hamda ularning 
xulqi ma’lum ma’noda axborotga ega bo‘lish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun 
ijtimoiy ish xodimiga boshqa talablar qatorida uning axborotga ega bo‘lish darajasi 
muhim o‘rin tutadi. Axborotga ega bo‘lish ijtimoiy xodimga mijozlar tomonidan 
unga ishonch bildirilishiga, tegishli yordam va qo‘llab-quvvatlashga ishonch 
qozonishiga yordam beradi. Demak, ijtimoiy xodim quyidagilarga ega bo‘lishi 
shart: 
yaxshi kasbiy tayyorgarlikka, psixologiya, pedagogika, fiziologiya, iqtiso-
diyot turli sohalari hamda ishlab chiqarish, qonunchilik, informatika va matematik 
statistikasini tashkil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; 
yetarli darajada yuqori umumiy madaniyatga, eruditsiyaga ega bo‘lish, bu 
esa adabiyot, musiqa, rassomchilik va h.k. sohalarida chuqur bilimlar bo‘lishini 
nazarda tutadi; 
jamiyatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar, 
aholining turli ijtimoiy guruhlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish; 
oldindan ko‘ra bilish, ya’ni o‘z harakatlarning oqibatlarini ko‘ra bilish, 
mijoz “qopqoniga tushmaslik”, o‘z pozitsiyani hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega 
bo‘lish; 
ma’lum ijtimoiy moslashuvchanlikka ega bo‘lish (ijtimoiy soha mutaxassisi 
maslahatlariga muhtoj kontingentning turli-tumanligi tufayli);
unga “murakkab” o‘smirlar, yetimlar, nogironlar, keksa, reabilitatsiyada 
bo‘l-gan va h.k. insonlar bilan mahorat bilan muloqot qilish zarur; 
atrofdagilar ishonchi va o‘ziga tortuvchi kasbiy xushmuomalalikka ega 
bo‘lish, inson hayotining shaxsiy jihatlariga tegishli bo‘lgan barcha masalalarda 
odob bilan muomala qilish hamda kasbiy sirni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 
emotsional bardoshlik, psixik yuklamalarga tayyor bo‘lish, o‘z baholarida va 
harakatlarida nevrotik buzilishlardan qochish hamda mumkin bo‘lgan omadsiz-
liklarga (mazmunan noto‘g‘ri reaksiyalar, rad etishlarga...) qaramasdan mijozga 
nisbatan xotirjam, ko‘ngilchan va e’tiborli bo‘lib qolish; kutilmagan vaziyatlarda 
kerakli qarorlarni qabul qilish, o‘z fikrlarni aniq to‘g‘ri va tushunarli qilib bayon 
etish. 
Ushbu talablar ro‘yxatini davom ettirish mumkin, ammo shuni ta’kidlash 
lozimki, ularning hammasi umumiy ijtimoiy ish xodimining kasbiy majburiyatlarni 
bajarishda 
kerak 
bo‘lgan 
psixologik 
xususiyatlar 
ta’rifi 
berilgan 
professiogrammada batafsil keltirilgan. Unda, shuningdek, ijtimoiy xodim o‘z 
xulqining yuqori standartlarini qo‘llab-quvvatlash kerak, deb ta’kidlanadi. U o‘z 
kasbiga sodiq, haqqoniy va rostgo‘y bo‘lishi, fitna, firibgarlik, tovlamachilikda 
yoki mijozni aldashda ishtirok etmasligi zarur. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi 
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 


18 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid 
davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmonida: 
“Eng avvalo, zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga mo‘ljallangan 
innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni, faol tadbirkorlikni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga; 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi va aholining 
hayot darajasi hamda farovonligini oshirishga ko‘maklashuvchi fan va innovatsion 
faoliyatni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga; 
ilg‘or fikrlaydigan, tashabbuskor va mas’uliyatli xodimlar hamda fuqarolarni 
har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlashga; 
“Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan 
lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida 
e’tibor qaratishi” lozimligi ko‘rsatilgan
40
.
Bu talablar bevosita ijtimoiy ish xodimlariga ham taalluqli bo‘lib, mijozlar 
bilan ishlashda yuqorida keltirilgan kasbiy talablarga amal qilish sifatli ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatishni ta’minlashi bilan birga jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni 
samarali hal etish uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish