45
Жаҳон конституциялари (Жаҳон давлатлари конституциялари тўплами, I жилд). / Тузувчилар
Тожихонов У., Саидов А. – Тошкент: ИИВ Академияси, 2001. - Б.375-376.
46
Социальная работа с различными категориями населения: теория и практика. / Под общ. Ред. Н. М.
Шакировой. – Псков: Псковский государственный университет, 2017. – 130 с
24
va amal qilishini nazarda tutish lozim bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning
“Hayrat ul-abror” asarida:
Naf’ tegurmakka shior aylading,
O‘zungga ul naf’ni yor aylading.
Naf’ing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf’ o‘zungga ko‘prak durur
47
,
‒
deb, insonni boshqa bir insonga nafi ‒ foydasi tegishini targ‘ib etganligini kuzatish
mumkin. Ya’ni,
“Sen insonlarga foyda yetkazishni o‘zingga shior etding; shundan
keladigan naf’ni o‘zingga yor aylading. Sening xalqqa ko‘rsatgan foydang shak-
shubhasizdir; lekin bilib qo‘yki, bundan o‘zingga naf’ (qilgan yaxshi ishlaring
uchun xalqdan duo olasan) ko‘proqdir”
48
‒ deya odamlarni yaxshilik qilishga,
saxiy va oqibatli bo‘lishga, birovlarga qilingan madad va yordam hech qachon
izsiz yo‘q bo‘lib ketmasligiga alohida urg‘u bergan.
Insonning aqliy salohiyati, idrok darajasi, tafakkur madaniyati, maishiy
hayot tarzi, ijtimoiy faolligi oxir-oqibatda o‘zi yashab turgan jamiyat rivojini
ta’minlash uchun amalga oshiradigan sa’y-harakatlari, alohida oila, millat, butun
bir xalq tiynatini (mentalitetini) belgilaydi. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak,
voqealar, jarayonlar shaklan o‘zgarishi, yangi hodisalar va voqealarning vujudga
kelishi natijasida, insonning hayot mazmuniga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay
qolmaydi. Bu esa bevosita har bir davr odamlari psixologiyasini, hayotga va
atrofdagilarga bo‘lgan munosabati mazmuni, voqealarni idrok etish qobiliyati,
turmush tarzi bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Bunda ijtimoiy ish ijtimoiy
rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarishini inobatga olsak, ijtimoiy yo‘naltiruvchi,
ijtimoiy shakllantiruvchi, jamiyat tarqqiyotini ta’minlashda, boshqa kasb
sohasining vakillaridan farqli ravishda ijtimoiy ish xodimlari bog‘lovchilik
vazifasini bajarishi bo‘yicha ajralib turadi.
Shuning uchun bo‘lsa kerakki, ijtimoiy ish ixtisosligiga kasb sifatida talab
oshib bormoqda. Negaki, bu soha xodimlari faoliyat yuritadigan muassasa va
idoralarda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish ijobiyligi bilan ajrarlib turadi.
Amaliy yordam tarzi huquqiy maslahat, ijtimoiy-tibbiy yordam, oilaviy
yumushlarga ko‘maklashish tarzda ifodalanib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida
ijtimoiy ish xodimini jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, oila va
uning a’zolariga ijtimoiy-tibbiy va psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish,
aholining jismoniy, axloqiy va psixologik jihatdan sog‘ligini himoyalash, ish va
o‘qish joylarida sanitariya va gigiyena normalarini joriy etish (nazorat qilish),
qamoq jazosini o‘tab kelganlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda, yoshlar
orasida nikoh-oila masalalariga oid ma’rifiy ishlar olib borishda, shuningdek, turli
birlashmalarga inson kamolotini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatlarida ko‘maklashadi.
Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy ish bilan shug‘ullanuvchi xodimning
professiografiya va professiogrammasini tayyorlashni taqozo etadiki, bu esa
47
Алишер Навоий. “Ҳайратул-аброр”. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1989.- Б. 134.
48
Алишер Навоий. “Ҳайратул-аброр”. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат, 1989.- Б. 300.
25
ijtimoiy ishni funksiyaviyligini ta’minlab, kasb nufuzini shakllanishi uchun xizmat
qiladi. Bu borada Yusuf Xos Hojib “Xizmat qiluvchi kishi og‘ishmay xizmat
qilishi kerak. Xizmatlari singganidan so‘ng kishi tilakka yetadi”
49
– deganda,
insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish, qiynalganlarga ko‘mak berishda xolis xizmat
qilish va bu amalga oshirgan xizmatdan qoniqqach, mamnun bo‘lishini ko‘rsatib
o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |