Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

1. Kutilayotgan umr davomiyligi
– BMT rivojlantirish dasturida qayd 
etilgan ko‘rsatkich bo‘lib, eng yuqori qiymati 85 yil, eng quyi qiymati 25 yilga 
teng 
 
Bunda
 
LE: 

o‘rtacha umr davomiyligi 
2. Savodxonlik indeksi – 
15 yosh va undan katta yoshdagi aholining 
savodxonlik darajasi ko‘rsatkichi bo‘lib, eng yuqori darajasi 100%, eng quyi 
darajasi 0% ga teng. 
Bunda CGER: 

ta‘lim oluvchilarning yalpi ulushi. 
3. Ta’lim oluvchilarning yalpi ulushi
indeksi 

 
aholining ta‘lim muassasalari 
tomonidan qamrrab olinish darajasi bo‘lib, eng yuqori darajasi 100%, eng quyi 
darajasi 0% ga teng. 
Bunda, ALR 

voyaga yetgan aholining savodxonlik darajasi, % hisobida. 
4. Ta’lim indeksi 
 


96 
5. Aholi jon boshiga real YaIM darajasi indeksi 

 
aholining xarid qobiliyati 
pariteti bo‘yicha AQSh dollari miqdorida aniqlanib, eng yuqori miqdori xarid 
qobiliyati pariteti bo‘yicha 40000 AQSh dollari, eng quyi miqdori 100 AQSh 
dollari 
(
) ( )
( ) ( )
GDPpc:

Aholi jon boshiga real YaIM darajasi, xarid qobiliyati pariteti 
bo‘yicha AQSh dollari
2010 yilgi Insonni rivojlantirishi to‘g‘risidagi global ma‘ruzada Inson 
salohiyatini rivojlantirish indeksiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Avvalgilarida 
bo‘lgani kabi yigirmanchi global ma‘ruzada ISRI insonni rivojlantirishning uch 
asosiy mezoni – salomatlik, bilim va daromadlar bo‘yicha erishilgan natijalarni 
o‘lchaydigan kompozit indeks sifatida saqlanib qolgan. ISRIning avvalgi 
formulalariga muvofiq ―salomatlik‖ mezonini o‘lchash uchun tug‘ilgan paytda 
kutilayotgan umr davomiyligidan foydalanilgan. 
Ta‘lim yoki bilim darajasini aniqlash uchun katta yoshdagi aholi salomatligi 
ko‘rsatkichlari hamda maktab ta‘limi (boshlang‘ich maktabdan boshlab oliy o‘quv 
yurtlarigacha) bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari ishlatilgan.
Ijtimoiy rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishi miqdor va sifat 
xususiyatlarini ifolaydigan ko‘rsatkichlarning umumlashtirilgan tizimi ishlab 
chiqilgan va ilmiy jixatdan asoslangan. Ularga quyidagilar kiradi: 

inson saloxiyatini rivojlantirish indeksining tabaqalashish koeffisiyenti. 

tahlil etilayotgan mamlakatlar, mamlakat mintaqalari, ijtimoiy guruhlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar darajasini ko‘rsatadi; 

 salomatlik (uzoq umr ko’rish) indeksining tabaqalanishi koeffisiyenti
. U bir 
mamlakat, mintaqadagi aholining salomatligi boshqalarga nisbatan qanday 
ekanligini ko‘rsatadi; 

ta’lim indeksini tabaqalanishi koeffisiyenti.
Mazkur ko‘rsatkich bir 
mamlakat (mintaqa yoki tadqiqotning boshqa obyekti) aholisi ta‘limining darajasi 
boshqa mamlakat aholisinikiga qaraganda qanchalik yuqoriligini aks ettiradi; 

daromadlar indeksi tabaqalanishining koeffisiyenti.
U tahlil etilayotgan 
mamlakatlar yoki mintaqalar iqtisodiy tabaqalanishi darajasini aniqlab beradi; 

o’lim indeksining tabaqalanish koeffisiyenti.
U taqqoslanayotgan 
mamlakatlar yoki mintaqalar aholisi salomatligi o‘rtasidagi farq ko‘rsatkichi 
hisoblanadi; 

kasb ta’limi darajasi tabaqalanishining koeffisiyenti.
U orqali tadqiq 
qilinayotgan mamlakatlar yoki mintaqalarda aholining ta‘limning ikkinchi yoki 
uchinchi bosqichi bilan qamrab olinishi darajasi o‘rtasidagi farqlarni ifoda etadi. 
ISRI hisoblashda ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning zarur ijtimoiy 
statistik ma‘lumotlarni olishning qiyinligi, o‘tish davri mamlakatlarida esa ayrim 
bo‘limlar bo‘yicha umuman ma‘lumotlar mavjud emas. Ta‘kidlash joizki ayrim 
mamlakatlar o‘z nufuzini oshirish maqsadida vaziyatni yashirishga harakat 
qilishadi, shuning uchun ayrim milliy statistik tashkilotlar tomonidan taqdim 
etilgan ma‘lumotlar ham ishonchli bo‘lmaydi. 


97 
ISRI BMTning 190 ta a‘zo davlatni qamrab olgan bo‘lib, 188 ta davlat, 
Gonkong (Xitoy) va Falastin muxtoriyati kabi alohida ma‘muriy hududlardan 
iborat. ISRI bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etishni istamagan davlatlar ushbu 
ro‘yxatga kiritilmaydi. 
ISRI inson salohiyati konsepsiyasining strategik unsuriga aylandi. Inson 
salohiyatini rivojlantirish indeksi salomatlik, ta‘lim va daromadning jamlanma 
o‘lchami hisoblanib, ushbu mezonlar bo‘yicha erishilgan taraqqiyot 
ko‘rsatkichlarini baholaydi. Mazkur indeks faqat daromadga asoslangan rivojlanish 
tushunchasidan ancha kengroq tushunchadir. 
Bevosita ISRI davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligining asosiy 
mezoni sifatida ko‘riladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat shunchaki yalpi ichki 
mahsulotni ko‘paytirishga intilib qolmasdan ISRIda o‘z ifodasini topadigan 
fuqarolarning turmush sifatini oshirish choralarini ko‘rishi kerak. Turmush sifatini 
oshirish aholi aksariyat qismi manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan 
davlatning strategik maqsadidir. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi esa bu strategik 
maqsadga erishish vositasidan boshqa narsa emas.
Yakuniy ro‘yxat bo‘yicha mamlakatlar 4 ta guruhga ajratiladi: 
1. ISRI juda yuqori bo’lgan mamlakatlar 

 
mazkur indeks qiymati 0,8 dan 
yuqori bo‘lgan mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga 2016 yilda 
49 ta mamlakat kiritilgan. 
6.2.2-jadval
 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish