Taraqqiyot strategiyasi



Download 16,2 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi16,2 Kb.
#624537
Bog'liq
TURKIYADA 1


TURKIYADA O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA ERISHILGAN NATIJALAR HAQIDA TAQDIMOT O‘TKAZILDI
24 Sen. 2021 y. "TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI

So‘nggi yilarda O‘zbekistonning milliy manfaatlarga mos keladigan, yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosatdagi hamkorlik aloqalari O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, ikki davlat rahbarlari va Hukumatlararo uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilib, savdo, sanoat, investitsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.


Bu borada “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Turkiyaning yetakchi “Aql markaz”lari o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlik aloqalari ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 23-sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan hisoblangan Tijorat universiteti taklifiga binoan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov universitet talabalari va mustaqil ekspertlar uchun “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi besh yilda Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida barcha darajalardagi aloqalar jadallashib, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi siyosiy muhiti shakllangandi. Bu, eng avvalo, savdo, sanoat, investitsiya, energetika, transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, xalq diplomatiyasiga tayangan holda birgalikda hal etish imkonini bermoqda.
Natijada, Markaziy Osiyo davlatlarida o‘zaro savdo aylanmasi hajmi barqaror o‘sib, sarmoyaviy aloqalar mustahkamlandi. Xususan, 2016-2020-yillar oralig‘ida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro savdo aylanmasi hajmi qariyb ikki baravar o‘sib, umumiy qiymati 2,4 milliard dollardan 5 milliard dollargacha oshganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, 2016-yildan boshlab ro‘yxatga olingan qo‘shma korxonalar soni 5 barobarga ortib, 312 tadan 1600 taga yetgan. Ayniqsa, savdo-sotiq, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa ko‘plab tarmoqlarida muhim hamkorlik loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini yaratish siyosati bugungi kunda boshqa mintaqa davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ham izchil davom ettirilmoqda.
Birgina Afg‘oniston masalasida ham O‘zbekiston doimiy ravishda o‘z munosabatini bildirib kelmoqda. O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida Afg‘onistonda tinch sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va mustahkam siyosiy tartibni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida BMTning Afg‘oniston bo‘yicha Doimiy qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan bo‘lsa, kuni kecha bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida Afg‘oniston masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozimligi hamda Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish takliflarini ilgari surdi.
Tashqi siyosatdagi bunday ochiq va do‘stona munosabatlarning rivojlanishi, O‘zbekistonga nisbatan nafaqat Markaziy Osiyo, shu bilan birga, Janubiy Osiyo, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Koreya, AQSh va Yevropa davlatlarining ham qiziqishi ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda ushbu davlatlar bilan iliq va do‘stona munosabatlar o‘rnatilib, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi aloqalar yanada kengayib bormoqda.
Taqdimot yakunida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy ravishda to‘laqonli ma’lumotlar taqdim etib kelayotgani uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.
Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati

Download 16,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish