41
The Global Competitiveness Report 2015 – 2016: World Economic Forum. Geneva, 2017.
85
5.3.2-jadval
2016-2017 yillarda Mamlakatlarning global raqobatbardoshlik ko’rsatkichi
Reyting
Mamlakatlar
GCI
1
Shveysariya
5.8
2
Singapur
5.7
3
AQSh
5.7
4
Niderlandiya
5.6
5
Germaniya
5.6
6
Shvesiya
5.5
7
Buyuk Britaniya
5.5
8
Yaponiya
5.5
9
Gonkong
5.5
10
Finlyandiya
5.4
11
Norvegiya
5.4
12
Daniya
5.3
13
Yangi Zelandiya
5.3
14
Tayvan
5.3
15
Kanada
5.3
16
BAA
5.3
17
Belgiya
5.3
18
Qatar
5.2
19
Avstriya
5.2
20
Lyuksemburg
5.2
21
Fransiya
5.2
22
Avstraliya
5.2
23
Irlandiya
5.2
24
Isroil
5.2
25
Malayziya
5.2
26
Janubiy Koreya
5.0
27
Islandiya
5.0
28
Xitoy
5.0
29
Saudiya Arabistoni
4.8
30
Estoniya
4.8
31
Chexiya
4.7
32
Ispaniya
4.7
33
Chili
4.6
34
Tailand
4.6
35
Litva
4.6
36
Polsha
4.6
37
Ozarbayjon
4.6
38
Quvayt
4.5
39
Hindiston
4.5
40
Malta
4.5
41
Indoneziya
4.5
42
Panama
4.5
43
Rossiya
4.5
44
Italiya
4.5
45
Mavrikiy
4.5
46
Portugaliya
4.5
47
JAR
4.5
48
Baxreyn
4.5
49
Latviya
4.4
50
Bolgariya
4.4
51
Meksika
4.4
52
Ruanda
4.4
53
Kozog‘iston
4.4
54
Kosta-Rika
4.4
55
Turkiya
4.4
56
Sloveniya
4.4
57
Filippin
4.4
58
Bruney
4.3
59
Gruziya
4.3
60
Vyetnam
4.3
61
Kolumbiya
4.3
62
Ruminiya
4.3
63
Iordaniya
4.3
64
Botsvana
4.3
65
Slovakiya
4.3
66
Ummon
4.3
67
Peru
4.2
68
Makedoniya
4.2
69
Vengriya
4.2
70
Marokash
4.2
86
O’z-o’zini nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi tushunchasini izohlang.
2.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini baholash uslubiyati nimalarga
asoslangan?
3.
Butunjaxon iktisodiy forumi bo‘yicha mamlakatlar raqobatbardoshligini
baholash uslubiyati qanday ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi?
4.
R.A.Fatxuddinov metodikasi mamlakat raqobatbardoshligi.
5.
Jahon banki tomonidan taklif qilingan uslubiyat qanday ko‘rsatkichlarni o‘z
ichiga oladi?
6.
Global raqobatbardoshlik indeksi nima?
7.
Mamlakatlarning global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi qanday shkalada
aniqlanadi?
8.
Menejmentni
rivojlantirish
Xalqaro
instituti
uslubiyatiga
ko‘ra
raqobatbardoshlik qanday aniqlanadi?
87
6-BOB: MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI
OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI
6.1. Milliy iqtisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy
yo’nalishlari
6.2. Milliy iqtisodiyotning ijtimoiy raqobatbardoshligini baholash
uslubiyati
6.3. Inson taraqqiyoti indeksi va uning tarkibiy qismlarini hisoblash
uslubiyoti
6.1. Milliy iqtisodiyotda inson kapitali rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
P. Druker ―ish bilimlari‖ atamasini muomalaga kiritar ekan, keyinchalik
―bilimlar jamiyati‖da bazis iqtisodiy resurs kapital, tabiiy resurslar yoki ish kuchi
emas, balki bilimlar deb tasdiqlagan. U ―bilimlar xal qiluvchi iqtisodiy resurs va
dominanta bo‘lib, ehtimol tutilgan raqobat ustunligining yagona manbaiga
aylandi‖
42
deb ko‘rsatgan.
XIX asrning oxirida klassik nazariya qarashlarini rivojlantirib, neoklassik
yo‘nalishni shakllandi. Kembrij universiteti professori A.Marshall butun talabni
pirovard natijada tartibga solishni iste‘mol talabi bajaradi va bunday tartibga solish
bozor tomonidan hyech qandar aralashuvlarsiz amalga oshiriladi degan fikrni ilgari
suradi. A. Marshall ish kuchi sifati ta‘limga bog‘liq ekanligiga alohida urg‘u
bergan holda ―Ta‘lim nom- nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishi mumkin bo‘lganlar uchun
o‘z salohiyatlarini namoyon qilish imkonini beradi‖
deb qayd etgan
43
.
Iqtisodiyot nazariyasi moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning ikki
tarkibiy qismi – moddiy resurslar (xomashyo, asbob-uskunalar va hokazolar)
hamda mehnat resurslari (muayayn mehnatni bajarish uchun yetarli bilim, malaka
va ko‘nikmaga ega xodim) alohida ajratib ko‘rsatiladi. S.Fisher, R.Dornbush,
R.Shmalenzi kapital va yer resurslarini moddiy boyliklar, ishlab chiqarishning
ashyoviy omillari, deb hisoblashadi
44
. K.R.Makkonnell va S.L.Bryularning fikricha
iqtisodiy resurslar moddiy va inson resurslaridan iborat. Moddiy resurslar - yer va
kapital, inson resurslari - mehnat va tadbirkorlik qobiliyatidir
45
.
Mehnat faoliyatining asosiy sharti – ish kuchi mavjudligi bo‘lib, mehnat
iqtisodiyoti ish kuchini takror hosil qilish (tayyorlash, ta‘lim berish, malakasini
oshirish va hokazolar), taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol qilish ro‘y beradigan,
xodimlar, mehnat vositalari va predmetlari o‘zaro munosabatda bo‘lish sharoitlari
va jarayonlari ta‘minlanadigan ijtimoiy tashkillantirilgan dinamik tizim
hisoblanadi.
42
Piter Ferdinand Druker (Peter Ferdinand Drucker, 1909-2005)
amerikalik iqtisodchi, zamonaviy menejment
nazariyasi asoschilaridan biri, global bozor nazariyasi va ―axborot xodimi‖ konsepsiyasi muallifi.
43
Маршалл А. Принципы экономической науки. – М.: Прогресс, 1993.- С.294.
44
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика/ Пер. с англ. со 2-го изд. –М.: Дело ЛТД. 1995. –с.323.
45
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В 2 т./ Пер. с англ. 2-е изд. Т.1.
–М.: Республика, 1992. –С.37.
88
Insonning bilim, malaka va ko‘nikmasi ishchi kuchidan inson kapitaliga
aylanishigacha uzoq davom etgan jarayonni o‘zida aks ettirdi va quyidagi taraqiyot
bosqichlarini bosib o‘tdi:
Bugungi kunda ―ish kuchi‖ atamasini insonlarning tovar(xizmat)lar ishlab
chiqarish(ko‘rsatish)dan iborat mehnat jarayonida foydalaniladigan jismoniy va
ma‘naviy salohiyati, mehnat qilish va ne‘matlar yaratish layoqati sifatida talqin
etiladi.
A. Smit tomonidan kiritilgan ―iqtisodiy odam‖ (homo economicus) o‘z
shaxsiy manfaati va maqsadini ko‘zlab, turmushini yaxshilashga intiladi. Shu
boisdan, inson bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarilayotgan mahsulotining qiymati
yuqori bo‘lgan va ko‘p foyda keltiradigan faoliyat turini, sohasini tanlashga
harakat qiladi. Faqatgina ―ko‘zga ko‘rinmas qo‘l‖, ya‘ni erkin raqobat, bozor
qonunlarigina o‘z maqsadlarini ko‘zlab faoliyat yurituvchilarni tartibga solingan
tizimga birlashtiradi. Shu boisdan ―iqtisodiy odam‖ o‘z manfaatini ko‘zlagani
holda jamiyat manfaati uchun ham mehnat qiladi.
XX asr boshlarida ish kuchini qayta hosil qilish jarayoni ko‘rsatkichlarini
baholash maqsadida ―mehnat resurslari‖ atamasi muomalaga kiritildi.
Bugungi kunda ―mehnat resurslari‖ deyilganda aholining mehnatga layoqatli
qismi tushuniladi. ―Mehnat resurslari kategoriyasi ―aholi‖ va ―jamlanma ish kuchi‖
iqtisodiy
kategoriyalari
oralig‘ida
joylashgan
bo‘lib,
ularni
o‘zida
mujassamlashtirgan. Mehnat resurslari – aholining mehnatga layoqatli qismi bo‘lib,
ular jismoniy va intellektual qobiliyatlari orqali moddiy boylik ishlab chiqaradi va
xizmatlar ko‘rsatadi‖
46
.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining uslubiyotiga muvofiq mehnat resurslari
mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga
layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o‘smirlar) mehnat qilayotgan
shaxslarning yig‘indisidir.
Inson kapitali konsepsiyasi XVII asrda V.Petti tomonidan kiritilgan bo‘lib,
boylik va uning manbalari tarkibiga yer, renta, kapital va undan olinadigan foyda
(foiz) bilan bir qatorda odamlarning mehnati, malakasi va sog‘lig‘iga bog‘liq
ravishda, u yoki bu turdagi daromad keltirishini ko‘rsatgan. Uning fikricha ―inson
kapitalining miqdori xodimning butun umri davomidagi ish xaqining
kapitallashuvi bilan baholanadi‖.
A.Smit va klassik iqtisodiy nazariyaning boshqa vakillar ham inson kapitali
konsepsiyasi asosan ishchilar soni va ularning ko‘nikmasi sifati bilan belgilanishini
ko‘rsatgan.
A.Marshall inson kapitalining uzoq muddatli investisiyalar samarasi va bu
jarayonda insonning rolini tahlil etdi.
Zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida etish inson kapitali iqtisodiyot va
jamiyatni rivojlantiradigan asosiy ishlab chiqarish va ijtimoiy omilga aylandi.
Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa, inson kapitali tor
ma‘noda
– bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati
hamda uning turmush sifati. Keng ma‘noda esa iqtisodiy rivojlanishning intensiv
46
Экономика труда: Учебник. / под ред. П.Э. Шлендера и Ю.П.Кокина. –М.: Юристъ. 2002. - С.75.
89
ishlab chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining
bilimli qismi, intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir.
Ular inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va
oqilona amal etishini ta‘minlashi kerak.
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investisiya kiritib,
imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘
sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investisiyalarning
samaradorligi sarf qilingan mablag‘larning mehnat unumdorligi ortishi va ish xaqi
ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi.
G.Bekker
47
inson kapitali tushunchasini mikrodarajada qo‘llab, korxonadagi
inson kapitalini inson ko‘nikmalari, bilim va mahoratining jamlanmasi deb
belgilagan. Bunda u xodimlarni maxsus o‘qitish, ularda maxsus bilim va
ko‘nikmalar hosil qilishga alohida ahamiyat bergan. G.Bekker ―Xodimlarning
maxsus tayyorgarligi firmaning raqobat ustuvorligini shakllantiradi. Bu bozorlarda
mahsulotlarning ma‘lum va mashhur bo‘lishi, pirovard natijada firmaning nufuzi,
nou-xausi va savdo belgisida o‘z ifodasini topadi. Xodimlarni maxsus
tayyorlashdan, eng avvalo, firma va kompaniyalarning o‘zlari manfaatdor, shuning
uchun ular o‘zlari moliyalashtiradilar‖
deb hisoblaydi. U ta‘limga kiritilgan
investisiyalar yiliga 12,0 – 14,0 % atrofda foyda keltirishini hisoblagan.
G. Bekker tadqiqotlarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, u inson
kapitaliga investisiyalar rentabelligining miqdorini aniqladi va uni AQSh dagi
ko‘pgina firmalarning rentabelligi bilan taqqosladi. Xususiy ta‘lim muassasalari
sonining ko‘payishi, qisqa muddatli seminarlar va maxsus kurslar tashkil etadigan
konsalting firmalari faoliyatining kengayishi natijasida ta‘lim faoliyatining xususiy
sektordagi rentabellik darajasi tijorat faoliyatining boshqa turlari rentabelligi
darajasidan 10,0 – 15,0 % ortiq ekanligini ko‘rsatdi.
Inson kapitalining shakllanishi manbalaridan (davlat, oila, xususiy shaxslar va
boshqalar) qat‘i nazar undan foydalanish va bevosita daromad olish insonning o‘zi
tomonidan nazorat qilinadi.
Alohida shaxsning inson kapitali
uning salomatligi, sog‘lig‘i, qobiliyati, bilimi
va ko‘nikmalaridan iboratdir. ―Insonning qiymati‖ uning hayoti bosqichlarida ortib
boradi, bu qiymatdan mehnat unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi, ayni
paytda shaxsiy kapital daromadlarini ko‘paytiradi va insonni o‘z qobiliyatini
yanada oshirishga shaxsiy investisiyalar kiritishga rag‘batlantiradi.
Korxonaning inson kapitali
da xozirgi vaqtda savdo belgisi, personal va yangi
texnologiyalar sifatidagi nomoddiy aktivlar alohida rol o‘ynaydi. Bu kapitalga,
shuningdek shaxsiy inson kapitali aktivlarini (lisenziyalar, patentlar, mualliflik
guvohnomalari), firmaning nomoddiy aktivlarini (tovar belgilari) tashkiliy kapital,
tarkibiy, kapital, brend-kapital va ijtimoiy kapitalini kiritish mumkin.
Milliy inson kapitali
ijtimoiy, siyosiy kapitalni, milliy intellektual
ustuvorliklarni, milliy raqobat ustunliklarini va millatning tabiiy salohiyatini
47
Geri Stenli Bekker (Gary Stanley Becker)
amerikalik iqtisodchi, ―mikroiqtisodiy tahlil sohasini insonning qator
xususiyatlariga qo‘llash uchun‖ 1992 yilgi Nobel mukofoti laureati.
90
qamrab oladi. Milliy inson kapitali har bir rivojlanayotgan mamlakat milliy
boyligining yarmidan ko‘prog‘ini, jaxonning taraqqiy etgan davlatlarida esa 70,0-
80,0 % dan ortig‘ini tashkil etadi.
O‘rni kelganda inson kapitali nazariyasida ham amaliy, ham nazariy darajada
qator baxsli masalalar mavjduligini ham ko‘rsatish lozim. Nazariyaga ko‘ra har bir
shaxs inson kapitaliga kiritilgan investisiyalar kelgusida ish xaqi ortishi hisobiga
qoplanishini to‘g‘ri baholaydi deb hisoblanadi. Ammo bunda muayyan ko‘nikma
va kasblarga ega bo‘lganda, ish haqi miqdoriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
juda ko‘pgina iqtisodiy va hatto siyosiy omillar hisobga olinmaydi.
Ikkinchi muammo inson kapitali nazariyasining empirik ahamiyati bilan
bog‘liqdir. Ayrim tadqiqotchilar ta‘lim sohasi kabi inson kapitaliga xarajatlar
odamlar ish xaqi miqdori o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini isbotlagan.
Agar motivasiya kabi omillar hisobga olinmaydigan bo‘lsa inson kapitalga
investisiyalar kiritilishining kelgusida o‘zini qoplashiga ortiqcha baho berib
yuborilishi mumkin.
Odatda faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida kiritiladigan
investisiyalar shaklidagi jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitaliga
investisiyalar qisman samarasiz foydalanilishi mumkin. Shuning uchun bu
xarajatlarning hammasini investisiyalarga kiritib ham bo‘lmaydi. Masalan, tarix,
tasviriy san‘at va adabiyot bilan shug‘ullanadigan studentlarning ko‘pchiligi buni
o‘z mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qilmaydi. Bu kabi masalalar inson
kapitaliga kiritilgan mablag‘larning qiymati va ularning qoplanishini hisoblab
chiqishni murakkablashtiradi.
Shu bilan bir qatorda har qanday investisiyalar bozori kabi inson kapitali
bozori ham kamchiliklardan holi emas:
ish kuchining nisbatan erkin harakatlanishi ish beruvchilarni ish kuchini
rivojlantirishga mablag‘ sarflashga intilishlarini kamaytiradi;
ayniqsa yoshlar o‘rtasida ta‘limning qimmati to‘g‘risidagi axborot
yetishmasligi inson kapitaliga yetarli bo‘lmagan darajada yoki noto‘g‘ri investisiya
kiritilishiga olib keladi;
aholining kattagina qismida o‘ziga investisiya kiritish uchun mablag‘
yetishmaydi.
Inson kapitaliga investisiyalar bozorining bu va ayrim boshqa kamchiliklari
sababli bozor mexanizmlari o‘z-o‘zidan buni eng maqbul tarzda tartibga soladi,
degan fikrga olib kelmasligi kerak. Shuning uchun ham davlatning inson kapitaliga
investisiyalar kiritishda bevosita ishtirok etishi nixoyatda muhimdir.
Bunday yondashuvning alohida muximligini Jaxon bankining tadqiqotlari
isbotlab turibdi. Jahon banki ekspertlari 192 mamlakatda amalga oshirgan
tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining 64,0% dan ko‘prog‘i inson kapitali
bilan bog‘liqdir;
mamlakatning tabiiy resurslari iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat
20,0% gacha bo‘lgan qismini ta‘minlaydi;
91
o‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mamlakatning ishlab chiqarish
salohiyati iqtisodiy o‘sish umumiy miqdorining faqat 16,0 % ni ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |