6.7.
Tog‘ tuproqlari eroziyasi va muxofazasi
Tog‗li hududlarda tuproq eroziyasi jarayonlari rivoji ma‘lumotlari
hozirgi zamon adabiyotlarida etarli darajada keltirilgan. Shuni ta‘kidlash
lozimki, tog‗li hududlarni yaxshi tabiiy sharoitlari, antropogen ta‘sirni
unchalik ko‗p emasligi, tog‗ o‗rmonzor va dasht o‗simliklari hudud
tuproqlarini eroziyadan muhofaza qiladi. Lekin tog‗ hududidagi o‗rmon
daraxtlari va dasht o‗simliklaridan noto‗g‗ri tartibsiz mollarni yaylovlarda
boqish, pichanzorlarni tarkibini tiklash va sifatini yaxshilash borasida chora
tadbirlar qo‗llanilmagani tufayli eroziya jarayonlari kuchaygan. Misol
uchun Ozarbayjon va Markaziy Osiyo tog‗li xududlar yaylovlarida
mollarni tartibsiz bir yerda boqishi natijasida bir yillik tuproq yuvilishi
gektariga 300-500 tonna, Markaziy Osiyoni haydaladigan tog‗li
xududlarida 200-300 m
3
/ gektariga tuproqni emirilishi aniqlangan.
Bu ma‘lumotlar shuni ta‘kidlaydiki, tog‗li hududlarni tabiat yaratgan
- o‗rmonzorlarini, o‗simliklarini ko‗z qorachig‗idek saqlash, tuprog‗ini
eroziya jarayonlaridan muhofaza qilishni, atrof muhitni – ekologik holatini
yaxshilashni taqozo etadi.
SHunday qilib ta‘kidlash lozimki, MDH xududlarida tabiiy va
antropogen omillar ta‘sirida juda katta maydonlar suv va shamol
eroziyasiga uchragan.
164
SHu bilan birga eroziyalangan tuproqlarni unumdorligini tiklash,
oshirish va eroziya jarayonlarini oldini olish va eroziyaga qarshi kurash
chora – tadbirlarini ilmiy asoslari yaratilib, ishlab chiqarishga tadbiq
etilganligi adabiyotlarda yaxshi yoritilgan.
6.8.
Tuproqlarda sanoat eroziyasi va yerlar rekultivasiyasi
Tuproqni eroziyadan saqlash muammosi dunyoning arid iqlimli
mintaqasida joylashgan ko‗pgina mamlakatlar uchun, shu jumladan,
O‗zbekiston hududi uchun ham dolzarb muammodir. Chunonchi,
respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari O‗zbekiston respublikasi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va yer kadastri Davlat qo‗mitasi
ma‘lumotiga ko‗ra (2009) 2700 ming gektarni, yoki haydaladigan yerlar
umumiy maydonining 81 foizini tashqil etadi. Shulardan 682 ming gektari
irrigasiya eroziyasiga, salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga
(A.Nig‗matov, 1989), 746 ming gektari lalmi yuza suv eroziyasiga
(X.Maxsudov, 1989) va 2057 ming gektari shamol eroziyasiga duchor
bo‗lgan.
Insonning sanoat faoliyatida buzilgan yerlar meliorativ muhofaza
tadbirlarini taqozo etadi. Tuproq va landshaftlarda eng faol buzilishni
foydali qazilmalarning samaradorligi yuqori bo‗lgan ochiq usulda qazish
ishlari keltirib chiqaradi. Ma‘lumki, tog‗ sanoatida 75 % dan ortiq
mahsulotlar ochiq usulda olinadi. Bunda hududning o‗simlik va tuproq
qoplamlarining gidrologik va gidrokimeviy rejimlari buziladi. Og‗ir
metallar va zaharli birikmalarga boy yotqiziqlar suv manbalarni
ifloslantiradi va shu bilan xududning boshqa joylarini qo‗shimcha buzadi.
Tog‗ kon ishlab chiqarishida yer yuzasiga dam-badam o‗simliklarni
o‗sishiga kam yaroqli bo‗lgan tuproqlar yoki hatto zaharli jinslar chiqarib
tashlanadi. Chiqarib tashlangan jinslarga albatta yuqori nordon muhit xos
bo‗ladi va ham kimyoviy, ham fizikaviy muhit xossalari bo‗yicha sanoati
rivojlanmagan xududlardan juda yuqori farqlanadi. SHuning uchun ochib
tashlangan tuproq jinslarni meliorasiyasi, mineral o‗g‗itlar solish va ildiz
tarqalgan qatlamlarini gomogenezasiyalashni nazarda tutadi. Foydali
qazilmalarni yer ostidan qazib chiqarish landshaftning buzilishiga olib
keladi, oqibatda vaqt o‗tishi bilan cho‗kish hodisalari avj oladi, hududning
gidrologik rejimi
165
va relefi o‗zgaradi. Shaxtalarning yo‗ldoshi tyerrikonlar hisoblanadi,
ularning yuvilishi va changlanishlari atrof-muhit tuproqlari va suvlari
hossalarini yomonlashtiradi. Mineral xom ashyolarni ishlab chiqaruvchi
korxonalarning va elektrostansiyasining qattiq chiqindilari maydonlarni
buzadi.
Tuproq qatlamlari sifatining buzilishi neft qazib olishda ham sodir
bo‗ladi.
Tuproqning
ifloslanishi
yerlarning
meliorativ
holatini
yomonlashishi xom neft va neft suvlaridan ham sodir bo‗ladi, shuningdek
ifloslantiruvchi narsalar burg‗ulash eritmalari hamda neft joylari bilan
bog‗liq
gaz
oqimlari
ham
bo‗lib,
tuproqni
uglevodorodlar,
syerovodorodlar, uglerod oksidlari, oltingugurt, azotlar bilan boyitib tuproq
havosini o‗zgartirishlari mumkin. Chuqur qatlamlar orasidagi suvlar
yerigan tuzlar bilan to‗yinib, tuproqlarni shu joylarida sho‗rlanishini
sodir etadi.
Tuproqni
ishlab
chiqarishga
bevosita
aloqador
bo‗lmagan
yo‗qolishlari yo‗l qurilishlarida, elektr tarmoqlarini o‗tkazishda, sanoat va
fuqaro qurilishlarida ham kuzatiladi.
Rekultivasiya buzilgan landshaftlarni maqbullashtirish va tiklash
tadbirlari tizimlari, tog‗-kon ishlarida buzilgan yerlarning rekultivasiyasi
uslubiy tarzda yaxshiroq ishlab chiqilgan. Uni uch bosqichda o‗tkazish
tavsiya etiladi:
Hozirgi industrial sanoat faoliyatida biosferaga mahsulotlarning
chiqindilarini chiqarib turish kuzatiladi. Tuproq yuzasiga qattiq chiqindilar
bilan
atrof-muhitni
ifloslantiruvchi,
tuproqni
meliorativ
holatini
yomonlashtiruvchi moddalar tushadi. Ular orasida eng xavflilari - simob,
qo‗rg‗oshin, kadmiy, mishyak, xrom, selen, ftor va boshqalar hisoblanadi.
Tuproqlarni og‗ir metallar bilan ifloslanish manbalari har xil bo‗ladi.
Ularning ko‗proq ifloslanishiga sabab - qazilma yoqilg‗ilar: ko‗mir, neft,
yonuvchi slaneslar yonganda sodir bo‗ladi. Ma‘lumki, hozirgi vaqtgacha
o‗rtacha 130 mlrd.tonna ko‗mir va 40 mlrd. tonna neft qazib olingan va
foydalanilgan, ularning chiqindi va kullari bilan tuproq yuzasiga millionlab
tonna metallar kelib qo‗shilgan va aksariyat ko‗p qismi tuproqning yuqori
qatlamlarida to‗plangan. Inson faoliyati tuproqqa qo‗rg‗oshin va kadmiy
tushishini ko‗paytiradi. Tuproqni qo‗rg‗oshin bilan
166
ifloslanishining asosiy manbai avtomobillardan chiqib turadigan yongan
gaz hisoblanadi. Og‗ir metallar tuproqqa o‗g‗itlar va pestisidlar bilan ham
tushadi. Ularning ko‗pgina birikmalari tuproqning yuqori gumusli
qatlamlarida to‗planadi. Og‗ir metallarning tuproq yuzasida ifloslantirish
manbalarining tarqalishi umuman ifloslantiruvchi manbalarning hossalari
va haraktyeriga, regionning meteoreologik xususiyatlariga, jumladan
shamolning tezligi va yo‗nalishiga, relefga va landshaft holatlariga bog‗liq.
Tuproqdan metallar biologik doiraviy aylanishga jalb qilinadi.
Oziqlanish zanjirlari orqali uzatilib, inson va hayvonlarda qator kasalliklar
keltirib chiqaradi. Yuqori konsentrasiyada o‗simliklarga o‗ta kuchli ta‘sir
ko‗rsatadi. Tuproqning biologik faolligini pasaytiradi, uning unumdorligi
esa mutanosib ravishda kamayadi.
Metallarni texnogen tarqalishining bir tekis emasligi tabiiy
landshaftlarda uning meliorativ holatlarining bir xil emasligi tufayli salbiy
ifodasini topadi. Shularga bog‗liq ravishda texnogenez mahsulotlari bilan
ifloslanishi mumkin bo‗lgan hududlarni bashorat qilish uchun va yomon
oqibatlarning oldini olish uchun tuproq qatlamlarini genetik xususiyatlarini
turli tabiiy landshaftlar va geokimyoviy sharoitlarni hisobga olish zarur.
Texnogenez mahsulotlari o‗zlarining tabiatiga, landshaft holatlariga,
tuproq xossalariga bog‗liq ravishda yig‗ilgan joylarda zaharliligini
yo‗qotishi mumkin. Tabiiy jarayonlarda qayta ishlanib, saqlanib qolishlari,
to‗planib tirik organizmlarga xatarli ta‘sir etishlari ham mumkin.
Avtonom
landshaftlarda
texnogen
ifloslanishdan
o‗z-o‗zidan
tozalanish jarayonlari rivojlanib boradi. Chunki bu yerlarda ifloslanish
mahsulotlari yer usti va tuproq suvlari bilan tarqalib ketadi. Akkumulyativ
landshaftlarda texnogenez mahsulotlari konsyervasiya bo‗ladilar va
to‗planadilar. Masalan, simob, qo‗rg‗oshin, kadmiy qumoq tarkibli
tuproqlarning
gumus
-
akkumulyativli
gorizontlarining
yuqorigi
santimetrlarida yaxshi sorbsiyalanadi.
167
Ularning tuproq profilida harakati va tuproq profilidan tashqariga
chiqishlari juda kam. Lekin, engil mexanik tarkibli nordon va kam gumusli
tuproqlarda bu elementlarning migrasiya jarayonlari kuchayadi. Og‗ir
metallarning tuproqdagi tirik organizmlarga birgalikda ta‘siri yanada
halokatliroqdir. Turli tip tuproqlarda ularning meliorativ holatiga bog‗liq
holda og‗ir metallarning zaharliligi turlicha bo‗ladi. Masalan, kadmiy
meliorativ holati noqulay, madaniylashmagan tuproqlarda 5 mg/kg miqdori
halokatli ta‘sir etadi. Madaniylashgan tuproqlarida esa 50 mg/kg dan
halokatli ta‘siri boshlanadi.
Texnogenez
mahsulotlaridan
texnogen
ifloslangan
tuproqlar
meliorasiyasi, eng avvalo regionlardagi tuproq qatlamlarining genetik
xususiyatlariga xos ravishda ishlab chiqarishni tashqil qilish prinsiplariga
va ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallash-tirishga asoslangan.
Tutash texnologik tizimlarni barpo etish, ishlab chiqarishni
chiqindilarsiz tashqil etish, texnogenez maxsulotlarni tuproqqa tushishini
to‗liq qisqartiradi. Tuproqning hozirgi ifloslanganligini yo‗qotishda
meliorativ tadbirlarning quyidagilarini ko‗rsatish mumkin. Tuproq og‗ir
metallar va boshqa toksik komponentlar bilan atmosferat orqali
ifloslanganda va bu ifloslanish katta miqdorda tuproqning eng ustki
santimetrida to‗planganda shu qatlamni yig‗ish-tirib olib, boshqa joyga
ko‗mib tashlash mumkin. Hozirgi paytda og‗ir metallarning ta‘sirini
yo‗qotadigan yoki ularning zaharlilik ta‘si-rini kamaytiradigan qator
kimyoviy moddalar mavjud. Tuproqqa gips, ohak, organik o‗g‗itlar solish
ham og‗ir metallarni va toksinlarni adsorbsiyalaydi. Organik o‗g‗itlarni
yuqori me‘yorlarda solish, yashil o‗g‗itlardan foydalanish va boshqalar
ham og‗ir metallar va toksinlar ta‘sirini kamaytiradi. Mineral o‗g‗itlar
tarkibi va me‘yorini boshqa-rish qator elementlarning zaharli ta‘sirini
kamaytirishi mumkin.
SHunday qilib, himoya qiluvchi tadbirlar majmuasi va og‗ir metallar
bilan ifloslanishni yo‗qotishga qaratilgan tadbirlar tuproqni ifloslanishdan
himoyalashni
168
ta‘minlaydi, ularning biologik faolligini oshiradi, unumdorlikni
mo‗tadillashtiradi, yerlarning meliorativ holatlarini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |