169
Ekin dalalarida ba‘zi bir mikro elementlar etishmasa, ular miqdorini
tuproqda ko‗paytirish uchun yerga organik o‗g‗itlarni keng qo‗llash tavsiya
etiladi. Ulardan tashqari azot, fosfor, kaliy va boshqa o‗g‗itlar ham ko‗p
ishlatiladi.
Azotli o‗g‗itlar o‗simlikni oziqlantiruvchi elementlardan biri
bo‗lganligi tufayli ular dehqonchilikni kimylashtirishning asosiy o‗zagi ,
ba‘sasi hisoblanadi. Ko‗p ilmiy tadqiqotlaning ko‗rmsatishicha, yerga
solingan azotning50% ini o‗simliklar
qabkul qiladi, qolgan 50% i esa
atmosferatga ko‗tariladi, yuvilib suv havzalariga tushib ularning
akvatoriyasini buzadi.
Tuprqda nitratlarning to‗planishi turli mikroorganizm larni organik
moddalar(gumus) va yerga beriladigan organik o‗g‗itlar(go‗ng, chirindi,
somon)ning mineralizasiyalanishidan kelib chiqadigan nitrifikasiya
jarayonida nitratlar yuzaga keladi. Tuproqda nitratlarning ko‗plab
to‗planishi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining ifloslanishiga olib keladi.
Mineral o‗g‗itlar tarkibidagi azot tuproqqa
va organizimlar tanasiga
nitratlar va ularning birikmalariga aylanadi.Bunday birikmalar azotga
nisbatan 20 marta zaharli moddalar qatoriga o‗tadi, yerda etishtirilgan
mahsulotlarda nitratlar to‗planadi. Qovoqguldoshla oilasiga mansub
o‗simliklarning quruq og‗irligida 9%gacha nitratlar to‗planishi aniqlangan.
Poliz, meva –sabzavot va em-xashaklar, turli ozuqa mahsulotlarida
to‗plangan
nitratlar, ularning qoldiqlari tirik organizimlarda oshqozon-
ichak kasalliklari va zaharlanishlarni keltirib chiqaradi.
Qishloq xo‗jaligi ekinlaridan yuqori sifatli hosil olish va tuproqni
kimyoviy zaharlanishdan saqlash uchun, azotli o‗g‗itlarni ishlatish
muddalarini, me‘yorini aniqlash, zarur hollarda uning o‗rnini
bosadigan
boshqa o‗g‗ilarni ishlatish lozim.
Tuproqdagi organik miqdorini ko‗paytirish, tuproqning biologik
holatini saqlash, ekin maydonlaridan ekologik toza mahsulotlar olish
uchun almashlab ekish, qisqa muddatli takroriy ekinlar ekishni joriy qilish
zarur.Qisqa muddatli takroriy ekishda dukkakli ekinlardan keng
foydalanish kerak.Dukkakli o‗simliklar rizosfyerasi va
rizoplanida
bakteriyalar bo‗lib atmosferatdagi erkin azotni o‗zlashtrib, o‗z
170
hujayralarida azotli organik birikmalarni hosil qiladi.
Bu birikmalar
tuproqqa o‗tib, uning biologik xusiyatlarini yazshilaydi, unimdorligini
oshiradi. Tadqiqotlardan ma‘lumki, qulay iqlim sharoitida dukkakli
o‗simliklar bir yil ichida har gektar yerda 100kg dan 300kg gacha va
boshqa azot to‗plovchi erkin bakteriyalar hisobiga undan ham ko‗proq azot
to‗playdi.
To‗plangan
biologik
azot
ammonifikasiya
va
nitrifikasiya
jarayonlariga o‗tib, mineral azot shakliga aylanadi va undan o‗simliklar
foydalanadi.Tuproqning fizik va kimyoviy xossalari ijobi tomonga
o‗zgaradi, tuproq biotik tarkibining sifati va miqdori yaxshilanadi.
Azotli o‗g‗itlardan foydalanishda: 1)Tuproq, suv va havodagi azotnig
tuproqda to‗planishini
hisobga olish; 2) Erkinlar o‗zlashtiradigan, lekin
tuproqdan sekin yuviladigan azotli birikmalarni ishlatish; 3) Ekin
maydonlariga mineral o‗g‗it berish bilan almashlab ekishni bolab olib
borish.4) Begona o‗tlar, o‗simlik kasaliklari va zarar kunadalarning
ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik.5) Ekin maydonlarida biologik azotni
ko‗paytirish yo‗llarini ishlab chiqishni joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: