99
chang bilan havoga ko‗tariladi va erga qaytib tushadi. Agar ular havodan
tez
qaytib tushmasa, quyosh nuri ta‘sirida halok bo‗ladi. Shuning uchun
havo mikroflorasi kam va tasodifan bo‗ladi. Havo mikroflorasi
tekshirilayotgan havo qatlami ostidagi tuproq mikroflorasiga bog‗liq
bo‗ladi.
Havo mikroflorasi yil fasllariga qarab ham o‗zgarib turadi. Qishda va
bahorda havoda mikroorganizmlar kam bo‗ladi, chunki qishda qor ostidan
mikroblar havoga ko‗tarila olmaydi. Bahorda esa yomg‗ir ko‗p yog‗ib,
chang havoga ko‗tarilmaydi. Yozda esa havoda mikrob ko‗p bo‗ladi.
Yozda tuproq quruq bo‗lib mikroblar chang bilan havoga ko‗tariladi.
3.14.
Mikroorganizmlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar va ularning faoliyati va massasi bilan
tuproq hosildorligini belgilashda asosiy rol o‗ynashi aniq bo‗lib qoldi.
Shunday ekan, xar xil qishloq xo‗jaligi
tizimida, tuproq hosildorligini
oshirish va saqlab turish, bu jarayonni boshqarish ko‗p ma‘noda tuproqdagi
mikrobiologik jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog‗liq.
Qishloq xo‗jalik ekinlaridan unumli hosil olish jarayonini va
tuproqdagi kechadigan mikrobiokimyoviy jarayonlarni
boshqarish qishloq
xo‗jalik fanlarida yangi yo‗nalish-tuproq biotexnologiyasining paydo
bo‗lishiga olib keldi. Bu yo‗nalish tuproq sharoitidagi mikroorganizmlar
tarkibini o‗rganish va boshqarish muommalariga asoslangan bo‗lib,
mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish
va ular tomonidan olib
borilayotgan
metobolitik
reaksiyalarni,
qishloq
xo‗jalik
ekinlari
hosildorligini
oshirishga
yo‗naltirishni
taqoza
etadi.Tuproq
biotexnologiyasi asosida mikroorganizmlar faoliyatidan to‗g‗ri va oqilona
foydalanish orqali tuproq unimdorligini oshirish, yuqori sifatli va mo‗l
mahsulot etkazish mumkin.
Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o‗z navbatida o‗zimlikning
ildizdan oziqlanish sharoitini va uning o‗sishi,
rivojlanishi hamda
hosildorligini belgilab beradi. Xuddi mana shuning o‗zi mikrobli
preparatlarga zarurat tug‗diradi va foydali
100
mikroorganizmlar asosida, bakterial o‗g‗itli preparatlar tayyorlash
texologiyasini yaratdi.
Bakteriologik o‗g‗itlar tuproqdagi mikrobiologik
jarayonlarga va
mikroorganizmlarga kuchli tasir ko‗rsatadigan faktorlardan hisoblanadi.
Birinchi marta ―nitrogin‖ deb ataladigan tuganak bakteriyalardan iborat
bakterial o‗g‗it 1896 yilda Germaniyada F.Nobbe va L.Giltner tomonidan
qo‗llanildi.1906 yilda Angliyada V.Bottomley ―nitragin‖
ishlab chiqara
boshladi.1967 yilda Amerikalik olimlar F.Garrison va B.Barlou tuganak
bakteriyani ―nitrokultura‖ deb atadi. 1967 yilda Rossiyada L.T.Budinov
―nitrogin‖ deb ataluvchi o‗g‗it ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda nitorgin,
azotobakterin, fosforobakterin, AMB va
boshqa ko‗plab bakterial o‗g‗itlar ishlab chiqilmoqda.Turli
dukkakli
o‗simliklarning urug‗lari ekishdan oldin nitrogin bilan ishlov berilsa (1-ga
etadigan urug‗ uchun 5-10g. nitrogin kerak), ekinlarning hosildorligi o‗rta
hisobda 10-15% ortadi. Nitrogin tarkibida faol tuganak bakterialar bo‗ladi,
ular ko‗plab atmosferat azotini o‗zlashtirib tuproqda to‗playdi, hosilni
oshiradi, mahsulotning sifati ortadi, ko‗p miqdorda oqsil aminokislotalar, B
guruhiga kiruvchi vitaminlar sintezlaydi. Nitrogin bakterial o‗g‗iti torfli,
tuproqli, agar-agarli aralashmalar va suyuq holda ishlab chiqariladi.
MDH
davlatlarida
nitraginning
tuproqli
aralashmasi
ishlab
chiqariladi, uning 1 gramida mayda urug‗lar uchun 3-6 mlyardgacha yirik
urug‗lar uchun 1.5-3 mlrgacha bakteriya boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: