Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Silos tayyorlash
. O‗simliklarni yashil massasi nam holda maxsus 
xandaklarda zichlashtirilgan holda havo kirmaydigan sharoitda bijg‗itiladi. 
Bunday oziqa nordon ta‘mga ega bo‗lib, yumshoq, rangi qo‗ng‗ir tusli 
bo‗ladi. 
O‗simliklarni silos qilish, boshqa usulda tayyorlangan oziqalardan 
ustun turadi. Silos tayyorlashni 2 xil usuli mavjud: Sovuq va issiq usullar. 


104 
Sovuq usulda silos tayyorlanganda harorat sekin ko‗tarilib, silosni 
ba‘zi qavatlarida harorat 40
0
C gacha ko‗tariladi, optimal harorat esa 25-
30
0
C ni tashqil qiladi. 
Bu usul bilan oziqa siloslanganda o‗simlik massasi, zarur bo‗lganda 
maydalaniladi va tayyorlangan xandaklarga solinib to‗ldiriladi va 
zichlashtiriladi, havo kirmasligi uchun yaxshilab yopiladi. 
Issiq usul bilan silos tayyorlanganda, silos uchun tayyorlangan 
qurilma (xandaklar) 1-2 kun davomida o‗simlikni massasi bilan 1-1,5 metr 
qalinlikda sekin asta to‗ldirilib boriladi. Birinchi marta qurilmaga 1-1,5 
metr qalinlikda ko‗k massa solinadi. Bu yerdagi katta hajmdagi havo 
ta‘sirida mikrobiologik va fermentativ jarayonlar tez rivojlanadi, buning 
natijasida oziqaning harorati 45-50
0
C gacha ko‗tariladi. Bundan keyin 
ikkinchi qavat ko‗k massa 1-1,5 metr qalinlikda qilib solinadi. Bu qavatda 
ham oziqani harorati ko‗tariladi. Pastki qavatni ustki qavat og‗irligi 
ta‘sirida zichlashishi natijasida pastki qavatdan havo siqib chiqariladi va 
aerob jarayonlar to‗xtaydi, harorat esa sekin–asta pasayib boradi. Shunday 
qilib, qurilma (xandak) ko‗k massaga qavatma–qavat to‗ldirilib, ustki qavti 
zichlashtiriladi va havo kirmaydigan qilib yopiladi. Bunday usul bilan silos 
tayyorlanganda oziqa moddalarning bir qismi yo‗qotiladi, oziqadagi 
oqsillarning hazm bo‗lishi keskin pasayadi. Shuning uchun issiq usul bilan 
silos tayyorlash asosiy usul hisoblanmaydi. 
Hozirgi paytda sovuq usul bilan silos tayyorlash keng joriy etilgan 
bo‗lib, bu usul ham qulay, ham oziqani sifati saqlanib qoladi. 
Silos tayyorlashda asosan kislotalarning hosil bo‗lishiga ahamiyat 
beriladi. O‗simlik massasidagi shakar moddalari kislota hosil qiluvchi 
mikroorganizmlar tomonidan bijg‗itiladi. Bu jarayon asosan sut kislotali 
bakteriyalar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Bu bakteriyalar faoliyati 
natijasida uglevodlardan sut kislotasi va qisman sirka kislotasi ham hosil 
bo‗ladi. Bu kislotalar yaxshi ta‘m beradi, yaxshi hazm bo‗ladi va 
hayvonlarni ishtaxasini ochadi. Sut kislotali bakteriyalar oziqa pH ni 4,2 – 
4 gacha pasaytiradi. 


105 
Oziqa tarkibida sut va sirka kislotasini to‗planishi, unda chirituvchi 
bakteriyalarni ko‗payishi va rivojlanishini to‗xtatadi. Chunki chirituvchi 
baktyeryalar muhit kislotali bo‗lsa (pH 4,5-4,7) ular rivojlanmaydi. Sut 
kislotali bakteryalar kislotali muhitga ancha chidamli bo‗ladi. Kislotali 
muhitga chidamli mog‗ar zamburug‗i aerob bo‗lib, havo kirmaydigan 
yaxshi yopilgan silosda ko‗paymaydi va rivojlanmaydi. 
Shunday qilib, silosni uzoq saqlanishi va sifatli bo‗lishi, uni havo 
kirmaydigan qilib yopilishi va kislotali muhitidir. Agar ba‘zi sabablarga 
qo‗ra oziqaning kislotaligi pasaysa uni oziqalik xususiyati bo‗ziladi, chunki 
unda zararli mikroblar paydo bo‗ladi. 
Yaxshi silos hosil bo‗lishi uchun o‗simlik massasi tarkibida uglevod 
miqdori yuqori bo‗lishi shart. Bunday o‗simliklarga makkajo‗xori (8-10 % 
oqsil, 12 % shakar) va kungaboqar (20 % oqsil, 20 % shakar) kiradi. 
Dukkakli o‗simliklardan silos tayorlash juda qiyin, chunki ularda shakar 3-
6 %, oqsil esa ko‗p, yani 20-40 %. Bu o‗simliklarga uglevodga boy 
o‗simliklardan qo‗shish kerak. 
Silos tayyorlanganda qisman vitaminlar yo‗qoladi. Bunday paytlarda 
oziqada qaysi vitamin etishmasa oziqaga sun‘iy ravishda (karotin) qo‗shish 
mumkin. 
Sovuq usul bilan silos tayyorlanganda 10-15 % gacha quruq modda 
yo‗qotiladi, issiq usul bilan tayyorlanganda esa 30 % va undan ko‗proq 
quruq modda yo‗qotiladi. 
Silos tayyorlashda sut kislotali bijg‗ishni chiqaruvchi bakteriyalardan 
Streptobactyerium lactis, Str. Thyermophlius, Streptobactyerium plantarum 
Lactobactyerium brevis va Betabactyerium brevis 
lar qatnashadi. Bu 
bakteriyalar fakultativ anaeroblardir. Ko‗pincha silos tayyorlashni 
tezlashtirish uchun bu bakteriyalarni achitqi kulturalari tayyorlanib 
ishlatiladi. 


106 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish