Samarqand davlat universiteti huzuridagi



Download 473,54 Kb.
bet42/44
Sana31.12.2021
Hajmi473,54 Kb.
#220131
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
ERGASHEVA MATLUBA BURXONOVNA

GLOSSARIY
Innovatsion ta’lim – Innovative education - Talabada yangi g`oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o`zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg`or g`oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim

Innovatsion faoliyat - Innovative activity - Yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g`oyalarning mavjud g`oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat

Innovatsiya – Innovation - Muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyat

Interfaolta’lim – Interactive education - Talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim

“Keys-stadi” texnologiyasi - “Case study” technology -Muammoli vaziyat; talabalarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqalieng maqbul variantlarini topish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya

Modul - o`quv axborotining mantiqiy bo`lakka bo`lingan qismi, ushbu qism mantiqan yaxlit va tugallangan bo`lib, uning o`zlashtirilishini nazorat qilish mumkin bo`ladi

Muammoli vaziyat - Dilemma - Talabalarning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog`liq ruhiy holati bo`lib, u hal etilayotgan masala bilan bog`liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi

Muammoli ma’ruza - A problem lecture - O`qituvchi tomonidan talabani muammoli vaziyat, muammoli masalani hal etishga yo`naltirish orqali unda bilish faolliyatini oshirishga yo`naltirilgan ma’ruza


Muammoli ta’lim - Problem education - Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim

Muammoli ta’lim texnologiyalari - Problem education technologies - talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko`nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari

Muammo - Problem - Hal qilinishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan masala

Rivojlantiruvchi ta’lim - Developing education - Talabalarning ichki imkoniyatlari rivojlantirish va ularni to`la ro`yobga chiqarishga yo`naltirilgan ta’lim

Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim - Student-centered education - Talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o`ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim

Ko’p argumentli funksiya – ikki va undan ortiq o’zgaruvchilarga bog;lik bo’lgan funksiya

Ikki argumentli funksiyaning grafigi - uch o’lchovli fazodagi nuqtalar to’plami

funksiyaning sath chiziqlari tekislikning shartni qanoatlantiruvchi nuqtalari to‘plami, bu yerda C-parametr

funksiyaning sath sirtqlari - fazoning shartni qanoatlantiruvchi nuqtalari to‘plami, bu yerda C-parametr

Karrali limit – erkli o’zgaruvchilarning limit nuqtaga bir vaqtda intilgandagi limiti

Takroriy limit - erkli o’zgaruvchilarning limit nuqta mos koordinatalariga navbatlashib intilisha mavjud bol’gan limit.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy va dolzarb masalalaridan biri har tomonlama rivojlangan, intellektual, ijodiy yoshlarni o’qitish va tarbiyalashga tayyor bo’lgan yuqori malakali o’qituvchilarni tayyorlashdan iborat. Bu masalani samarali yechishda oliy ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalariga, ilg’or xorijiy tajribalarga asoslangan innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish muhim omil hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida matematik analiz fanlarini o’qitish bo’yicha pedagogik tajribalarni o’rganish, yaratilgan o’quv metodik majmualar tahlili joriy etilayotgan pedagogik texnologiyalarning yaxlit emasligi, pedagogik texnologiyalarning muhim vosita va metodlari, shakllarini tatbiq etishda, talabalar faoliyatini faollashtiruvchi didaktik vositalar to’liq ishlanmaganligi kabi kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi.

Ushbu bitiruv ishida Matematik analiz fanining “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” moduli misolida interfaol metodlarga asoslangan mashg’ulotlar namunalari ishlab chiqildi. Shularga asoslangan holda ma’ruzalar matni, noananaviy topshiriqlar, testlar ishlab chiqildi.

O’rganilgan adabiyotlar va tajribalar tahliliga asoslanib quyidagi xulosa va takliflarni aytish mumkin.



  1. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda to’plangan tajribalarni ilg’or xorijiy tajribalar bilan qiyosiy o’rganish, shu asosda ta’lim va tarbiya jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogik texnologiyalarning xususiyati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Shu sababli mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishi ta’lim jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liq.

  2. “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” modulini o’qitish jarayonini loyihalashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsadi, metodlari, shakllari va vositalarini aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to’g’ri amalga oshirish talabalarni – bo’lg’usi matematika o’qituvchilarini bilvosita interfaol o’qitish metodlari bilan qurollanishini kafolatlaydi.

  3. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizatsiyalash, maqsadga muvofiq tashkil etishga xizmat qiladigan o’quv metodik majmua, sillabus, nostandart testlar, turli keyslar, mustaqil topshiriqlardan foydalanish, ularni amaliy tajribalar bilan boyitib borish talabalarning faolliklarini oshirish orqali ta’lim sifatini yuqori darajada ta’minlashga imkon beradi.

Ushbu amaliy-metodik tavsiyalar ilgari suriladi:

  1. “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” modulining mavzularini o‘rganishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan maqsadli, samarali foydalanish uchun ulardan mosini tanlab olish;

  2. “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” modulining mavzulari uchun tanlangan interfaol ta’lim metodlari bo‘yicha talabalar uchun metodik ishlanmalar va didaktik materiallar tayyorlash;

  3. Tayyorlangan metodik ishlanmalardan o‘quv jarayonida izchil foydalanishga erishish;

  4. “Ko’p o’zgaruvchili funksiya va uning limiti” moduli mavzularini innovatsion ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitilishi jarayonidatalabalarning o‘quv faoliyati faollashganligini izchil tahlil qilib borish, tahlil asosida ta’lim texnologiyasini takomillashtirib borish.



Download 473,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish