Nazorat savollari.
O’quvchilarning mustaqil bilim olishi deganda nimaga tushunasiz?
O’quvchilarning mustaqil ishi qanday tashkil etiladi?
Iqtidorli va past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qanday ishlar olib boriladi?
“Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi”da o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari to’g’risida nimalar deyilgan?
O’quvchilarda ko’nikma va malaka qanday usullar bilan amalga oshiriladi?
O’quvchilarni darsliklar, jadvallar, spravochniklar bilan ishlashini tashkil etish usullari?
IV. FIZIKANING AYRIM MAVZULARINI O’QITISh USLUBIYATI
16-Ma’ruza. Mexanika.
1. Mexanika bo’limini o’qitish uslubiyati
Reja: Fizika fan va o’quv predmeti. Fizika fanining umumiy o’rta va oliy ta’lim maktablaridagi tarkibi va strukturasi. Mexanika bo’limining tarkibi, strukturasi va o’qitish uslubiyati.
Tayanch iboralar: Mexanika, Kinematika, vazinsizlik, og’irlik, og’irlik kuchi, reaktiv harakat.
Umumta’lim, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida fizika fanidan DTS va dasturlari tahlili.
Umumta’lim maktablari uchun fizika fanining DTS ti va o’quv dasturlari «Ta’lim to’g’risida qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida 1999 yilda ishlab chiqilib O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu o’quv dasturiga asosan fizika fani umumta’lim maktablarida ikki bosqichda o’qitiladi. Birinchi bosqich VI va VII sinflarni o’z ichiga oladi va jami 68 soatdan iborat bo’lib haftasiga 2 soatdan o’tiladi. Birinchi bosqichda fizika fani induktiv usulda o’tiladi, u quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: Kirish. Harakat va jismlarning o’zaro ta’siri. Jismlarning muvozanati va oddiy mexanizmlar. Modda tuzilishi. Issiqlik hodisalari. Issiqlik mashinalari. Tovush hodisalari. Yorug’lik hodisalari. Dasturda har bir bo’lim uchun laboratoriya ishlarining mavzusi va namoyish tajribalari ruyxati berilgan.
VII sinfda 68 soatlik dars rejalashtirilgan bo’lib, haftasiga 2 soatdan o’tiladi. Dasturda quyidagi mavzularni o’tish rejalashtirilgan. 1) elektr zaryadlar. Elektr maydon. Elektr toki. Elektr zanjir. Magnit maydon. Elektromagnit hodisalari. Yarim o’tkazgichlar. Elektroagnit tebranishlar va to’lqinlar. Radioaloqaning fizik asoslari. Har bo’limga doir laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari ro’yxati berilgan.
Ikkinchi bosqich. VIII va IX sinflarni o’z ichiga oladi va fizika fani deduktiv usulda o’qitiladi. VIII sinfda 68 soatlik dars haftasiga 2 soatdan o’tiladi.
VIII sinfda quyidagi mavzular o’qitiladi: Kinematika asoslari. dinamika asoslari. Saqlanish qonunlari. Suyuqlik va gazlar mexnikasi asoslari. Tebranish va to’lqinlar.
IX sinfda ham 68 soat mo’ljallangan bo’lib, haftasiga 2 soatdan o’tiladi. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari. Optika. Atom fizikasi. Koinot fizikasi. Olamning fizik manzarasi mavzulari o’rganiladi.
Akademik liseylar uchun fizika fani dasturi 2000 yil 10 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan. Akademik liseylarda fizika fani chiziqli usulda mavzular faqat bir marta o’tiladi. Akademik liseylarning aniq fanlar va tabiiy fanlar yo’nalishlari uchun fizika faniga 240 soat ajratilgan. Akademik liseylarda fizika fanini o’qitish umumta’lim maktablaridagidan farq qiladi. Birinchidan akademik liseylarda fizika Fani deduktiv usulda chiziqli ravishda o’qitiladi. Ikinchidan liseyda fizika fanining fundamental asoslari chuqurroq o’tiladi. Uchinchidan fizika fanida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga keng e’tibor qaratilgan. Liseyning I kursida Mexanika va molekulyar fizika, II kursda Elektrodinamika asoslari, III kursida Tebranish va to’lqinlar, Optika, Atom, va Yadro fizikasi o’rganiladi. Bir o’quv yiliga mo’ljallangan 240 soat fizika darsining 80 soati ma’ruzaga, 120 soati masala yechishga, 40 soati laboratoriya mashg’ulotlariga ajratiladi. Oliy o’quv yurtlarida fizika fani yo’nalishlar bo’yicha turlicha rejalashtirilgan. Masalan, bakalavriatning tibbiyot, biologiya yo’nalishlari, tabiiy fanlar yo’nalishlaridan farq qiladi. Bakalavriatning fizika mutaxassisligi uchun fizika fani induktiv usulda I va II kursda o’tilsa, yuqori kurslarda deduktiv usulda nazariy fizika, nazariy mexanika, termodinamika, elektrodinamika va kvant mexanikasi o’qitiladi.
2. Mexanika bo’limini o’qitish uslubiyati.
Umumta’lim maktablarida mexanika bo’limi ikki bosqichda bo’lib o’tiladi. O’quvchilarning mexanikadan olgan nazariy va amaliy bilimlari fizikaning keyingi bo’limidagi hodisa va jarayonlarni muvaffaqiyatli, o’zlashtirishlariga asos bo’ladi. Mexanika bo’limi kinematika, dinamika, statika, energiya, ish va saqlanish qonunlarini o’z ichiga oladi. Tebranish va to’lqinlar elektromagnit tebranishlar bilan birgalikda o’rganiladi. Chunki elektromagnit tebranishlar va mexanik tebranishlar bir xil qonuniyatlar orqali ifodalanadi. Bu uslubiy jihatdan to’g’ri hisoblanadi. Kinematika bo’limida moddiy nuqtaning harakati o’rganiladi. Mexanik harakatning nisbiylik va mustaqillik tomoyillari o’quvchilar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan mavzular hisoblanadi. Ushbu mavzular mexanikaning uchta fundamental qonuni ya’ni Nyuton qonunlarini muvafaqiyatli o’zlashtirish uchun asos bo’ladi.
Mexanik harakatning nisbiylik va mustaqillik tamoyillari
Mexanik harakat deb, jismlarning boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi bilan tekislikdagi yoki fazodagi o’z vaziyatini o’zgartirishiga aytiladi. Demak, jismlar harakatlanayapti yoki tinch turibdi deganda, albatta qaysi jismga yoki sanoq sistemasiga nisbatan ekanligini ta’kidlash zarur. Mexanik harakatning nisbiylik tamoyili G.Galiley tomonidan fizikaga kiritilgan edi. Mexanik harakat nisbiy tushuncha ekan, mexanik harakat bilan bog’liq barcha fizik kattaliklar, tezlik, tezlanish trayektoriya, ko’chish , kinetik energiya va hokazolar ham nisbiy hisoblanadi.
Galileyning nisbiylik tamoyili tabiatdagi barcha jarayonlarni izohlashga ojiz ekanligi keyinchalik ayon bo’ldi. Bu kamchilik 1905 yilda A.Eynshteyn tomonidan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalarini yaratish bilan tuzatiladi.
Mexanik jismlar bir vaqtning o’zida ikkita yoki undan ortiq harakatlarda ishtirok etishi mumkin va uning har bir harakati boshqasiga bog’liq emas. Masalan, garizontga otilgan va gorizontga burchak ostida otilgan jismlar harakati, mexanik jismlarning suyuqlik va gazlardagi harakati va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |