Ta’lim mazmuni va maqsadi
O’quv maqsadlari
Ta’lim jarayoni
Baholash
YaPT da o’quv jarayoni modeli.
FIZIKA DARSINI MUAMMOLI TARZDA VA DASTUR ASOSIDA
TAShKIL ETISh
YaPT bo’yicha ta’lim jarayoning tashkil etishda ana’naviy dars turlari saqlanib qolinadi. Ularning eng asosiylari muammoli va dasturli darslar hisoblanadi.
Fizika darsini muammoli tarzda olib borish o’quvchilar aktivligini oshiradi va ularni darsga ongli ravishda ishtirok etishga undaydi. Muammoli dars o’qituvchi tomonidan muammoli vaziyatni vujudga keltirishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat tajribalar va demonstrasiyalar o’tkazish, laboratoriya ishlarini bajarish, masalalar yechish orqali amalga oshiriladi va o’quvchilar ishtirokida muammo oydinlashtirib boriladi. Muhokama etiladigan muammo o’quvchilar bilimiga mos bo’lmog’i, unga erishish uchun o’quvchilarda qiziqish uyg’onmog’i lozim. Muammoli darsni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin.
1) O’qituvchi o’zi muammoni qo’yib, o’zi masalani yechimini ko’rsatib beradi.
2) O’qituvchi muammoli vaziyatni yuzaga keltirib o’quvchilar ishtirokida muammoni hal etadi.
3) Muammo faqat o’quvchilar tomonidan (laboratoriya ishlari, masala yechish, kuzatish, tajriba orqali) yechiladi.
4) O’quvchilarga muammoni qo’yishni va uni yechimini topishni taklif etish.
Misollar:
1) Arximed qonuniga doir. Muammo: Nima uchun temir parchasini suvga tashlasak cho’kadi? Ammo temirdan yasalgan ulkan kemalar dengizda suzib yuradi? Ushbu muammoni hal etish uchun o’qituvchi Arximed kuchi tabiatini tushuntirishdan boshlaydi. Jismlarning suvda suzish sharti, ya’ni Arximed kuchini og’irlik kuchidan katta bo’lishligi orqali izohlanadi.
FA
FA
V
P
P>FA
FA>P
V1>V
2) Solishtirma issiqlik sig’imiga doir muammoli vaziyatga misol:
Cu C=0,88 Kj/kggr
S=0,38 Kj/kggr
;
Moddalarning solishtirma issiqlik sig’imi mavzusini o’tishdan oldin quyidagi tajribani o’tkazish tavsiya etiladi. Ushbu tajribada bir xil massali va bir xil temperaturagacha qizdirilgan mis (Si) va alyuminiy (Al) parchasini bir xil miqdorda suv solingan idishga tushirsak bir oz vaqtdan keyin idishlardagi termometrlar turlicha haroratni ko’rsatadi. Ushbu tajriba orqali muommoli vaziyatni yuzaga keltirish va hodisani tushuntirish boshlanadi.
Elektromagnit induksiya hodisasini va unga tegishli Lens qoidasini tushuntirishdan avval quyidagi tajriba orqali muammoli vaziyatni yuzaga keltirish mumkin. Ikkita bir xil o’lchamli temir qalqalar olinib ularning biri butun holida, ikkinchisida esa kichikroq tirqish ochiladi. Ularni ip orqali osmaga osib, navbatma-navbat magnit tayoqchasini yaqinlashtiramiz. Halqalarning biri ya’ni tirqish ochilmagani magnit tayoqchasi bilan o’zaro ta’sirlashadi. Ikkinchisi esa ta’sirlashmaydi. Tajriba tafsiloti o’quvchilarga tushuntiraladi va Faradey tomonidan ochilgan elektro magnit induksiya hodisasi tushuntiriladi.
N
S
N
S
N
S
Elektro magnit induksiya va Lens qoidasiga doir tajriba.
Muammoli vaziyatni so’z orqali (hikoya, suhbat), tajriba orqali, chizmalar, grafiklar hamda fotosuratlarni namoyish etish orqali ham amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |