Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika va magnetizm kafedrasi


ZAMONAVIY DARS JARAYONI VA UNING TURLARI



Download 8,52 Mb.
bet93/138
Sana09.06.2022
Hajmi8,52 Mb.
#646925
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
Bog'liq
2d863ee1fe8fe04036d0b25f02af0d26 МАЖМУАИ ДАСТУРИ ТАЪЛИМИ ОИД БА ФАННИ “УСЛУБИЯТИ ОМЎЗИШИ ФИЗИКА

2. ZAMONAVIY DARS JARAYONI VA UNING TURLARI
Hozirgi paytda fizikadan dars jarayonini samaradorligini oshirish bo’yicha bir qator dars turlari ishlab chiqilgan: muammoli ta’lim, amaliy o’yinlar, dasturli dars, krossvordli dars va h.k. Ammo ularning barchasi ta’lim muassasalarida keng qo’llanilayapti deb bo’lmaydi.
Buning asosiy sababi shundaki bunday mashg’ulotlarning har biriga tayyorlanishning o’zi butun bir pedagogik tadqiqot bo’lib, u o’qituvchidan yuksak malakani, ijodiy yondoshuvni va ancha ko’p vaqtni talab qiladi. Har bir mashg’ulotning mazmuni va uni yetkazish jarayoni o’ziga xos bo’lib, uni ko’paytirishning, tadbiq qilishning imkoni yo’q. Shuning uchun pedagogika tarixida ijod etilgan dars usullari: muammoli dars, dasturli dars, tayanch iboralar va h.k. pedagogik texnologiya darajasiga ko’tarila olmadi. Pedagogika tarixida asosan uch xil dars usuli qo’llanilib kelinmoqda.
1) An’anaviy tushuntirish – ko’rgazmali ta’lim usuli. Bu usulda o’quv axboroti asosan o’qituvchi tomonidan bayon qilinadi, o’quvchilar esa mazkur bilimlarni xotirasida saqlash va mustahkamlash bilan chegaralanib qoladilar. Bu usulda bilim deganda o’quvchi xotirasida saqlanadigan axborot tushuniladi. Biroq bilimlar xotirada uzoq saqlanmaydi, zarur paytda uni o’quvchilar qiyinchilik bilan eslashadi yoki umuman eslay olmaydi. Bu usulni yana bir kamchiligi o’quvchilar bilim olishga tayyormi yoki yo’qmi bundan qat’iy nazar axborot berilaveradi. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida tezkor teskari aloqa mavjud emas. Ta’limning tushuntirish – ko’rgazmali usuli takomillashtirilib borilmoqda, ammo uning imkoniyatlari cheklanganligi sababli zamon talabiga javob bera olmay qoldi.
2. Qidiruv – tadqiqot ta’lim usuli. Bu usulda o’quvchilar aktivligini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish kabi xislatlarni shakllantirish ko’zda tutiladi. Tadqiqiy-qidiruv usulida o’qituvchi bilan o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatlari tushuniladi. O’qituvchi o’quv jarayonida demokratik rag’batlantiruvchi faoliyati asosida o’quvchilarning shaxsiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi, hamkorlikni amalga oshiradi. Ammo bu usulni keng ko’lamda qo’llashning imkoniyati yo’q.
3) Pedagogik texnologiya. Bu usul an’anaviy pedagogikaning tajribasidan, yutuqlaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini zamona talabiga mos holda ishlab chiqishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki unda rejalashtirilgan o’quv mashg’ulotlariga erishish uchun kafolatlangan o’quv jarayoni loyihalanadi.
O’quv jarayonini loyihalash yuqori malakali mutaxassislar tomonidan bajariladi. Ushbu texnologik xarita asosida o’qituvchi ixtiyoriy masalani ham kafolatlangan ta’lim jarayonini amalga oshiradi.



Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish