Fizika darsida texnikaviy mazmundagi o’quv
materiallarini tanlash.
Politexnik ta’limni amalga oshirish fizika o’qituvchisidan bir qator ko’nikma va malakalarni egallashni talab etadi. Xuddi shuningdek fizika o’qituvchisi texnikaviy muammo va masalalarni yechimini topishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalana olish lozim. O’qituvchi politexnik ta’limni amalga oshirish uchun maktab yaqinida joylashgan sanoat, yoki qishloq xo’jaligiga taalluqli korxonalarni tanlab olishi va undagi texnologik jarayonlarni chuqur va har tomonlama tahlil qila olishi zarur.
Tanlab oliingan o’quv materiallari o’quv dasturiga mos bo’lishi va sistemaga keltirilgan bo’lishi kerak. O’quv materiallari sifatida tanlab olingan texnikaviy jarayonlar zamonaviy texnikaning eng asosiy tomonlarini o’zida aks ettirishi lozim. O’quv materiali sifatida tanlab olingan mavzular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Texnikaviy ma’lumotlarni o’quv dasturiga mos kelishligi.
Zamonaviy texnikaning eng muhim va asosiy tomonlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Tanlab olingan texnik ma’lumotlar o’quvchilarga tushunarli bo’lishi lozim.
10. Fizikani o’qitish jarayonida yoshlar tarbiyasini amalga oshirish.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurishga kirishdik. Eski tuzumdan bizga meros bo’lib o’tgan mafkura tizimi yoshlarni milliy ozodlik ruhida tarbiyalashga yaramas edi. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan “Barkamol ovlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” shiori ostida yoshlarning ta’lim va tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Ta’lim va tarbiya o’zaro aloqador jarayonlar hisoblanadi. Fizika fanini umum ta’lim maktablarida o’qitish jarayonida yoshlarning tarbiyasini amalga oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Yoshlarni milliy ozodlik ruhida tarbiyalash uchun bebaho milliy qadriyatlarimizdan samarali foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun Respublikamizning ta’lim tizimi dasturlarida milliy qadriyatlarimizga keng o’rin berilgan.
1997 yilning 27-avgustida bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sesiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasining huquqiy asoslari o’z yechimini topdi. Oliy, umumiy va o’rta maxsus ta’limi dasturlarida yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga ham keng e’tibor berilgan. Ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha fanlar qatorida fizika fanini o’qitishdan o’quvchilarning tarbiyasi ham ko’zda tutiladi.
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni istiqlol ruhida tarbiyalash uchun boy milliy qadriyatlarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Beruniy Ibn Sino, Ulug’bek va Farobiylarning fizika sohasida qilgan ilmiy ishlaridan dars jarayonida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Xuddi shuningdek Respublikamizdagi zamonaviy fizika fanida ulkan yutuqlarga erishgan olimlarimiz bilan tanishtirish ham ularda milliy g’urur, ozodlik, ijodkorlik kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |