Fizika fanini umumta’lim maktablarida o’qitishdan qanday maqsadlar ko’zda tutiladi?
Fizika fanini umumta’lim, o’rta maxsus va Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishda yoshlarning ma’naviy tarbiyasi qanday yo’llar bilan amalga oshirladi?
Barkamol avlod konsepsiyasini (amalga) oshirishda fizika fanining qanday xizmati bor?
3.Ma’ruza. FO’U fanining vazifalari, uning ilmiy izlanish uslubi va manbalari. FO’U ning pedagogika, psixologiya va falsafa fanlari bilan aloqasi.
Reja: FO’U fani fizikani o’qitish jarayonida qanday didaktik vazifalarni bajaradi. FO’Uning ilmiy izlanish uslubi va manbalari uning pedagogika, psixologiya va falsafa fanlari bilan aloqasi. Tayanch iboralar: motiv, psixologiya, ko’nikma, malaka, milliy mafkura, milliy qadriyat, individ, teskari aloqa, kompensasiya. Universitetni tugatib bakalavr va magistrlik diplomi berilayotgan yosh mutaxassislar har tomonlama kamol topgan, chuqur bilim va madaniyatga, ega mustaqil fikrlay oladigan bo’lishi kerak. Ushbu vazifani bajarish qisman FO’U fanining zimmasiga tushadi. FO’U ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Bo’lajak, fizika o’qituvchilarini zamonaviy pedogogik uslubiyat bilan tanishtirish, ularni ko’rgazmali qurollar, O’TVdan foydalanishga o’rgatish.
2. Oliy, o’rta maxsus, umumta’lim maktablarida fizika fanining mazmuni va uni qanday ketma-ketlikda o’tilishini aniqlash.
3.Fizikani o’qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligini va bog’lanishini ta’minlash.
4.Fizikani o’qitish jarayonida ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga erishish.
5. Fizika fanining texnika, ishlab chiqarish va sanoatning dolzarb muammolar bilan o’zaro aloqadorligini ko’rsatish.
6.Fizikaning boshqa fanlar (matematika, kimyo, biologiya, iqtisod) bilan o’zaro aloqasini o’rnatish.
7. Ta’lim jarayonida qanday usullardan, ko’rgazmali qurollar va O’TVdan foydalanish samarali ekanligini ko’rsatish.
8. Fizikani o’qitishda tarixiy hujjatlardan qanday tartibda foydalanish lozimligini aniqlashdan iborat.
FO’U ning yuqorida qayd etilgan vazifalari shartli bo’lib, jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan u boyib va takomillashib boradi.