Nazorat savollari. Fizika fanining mazmunini belgilovchi omillar? Fizika fanini o’qtishning mazmuni oliy, o’rta maxsus va umumta’lim maktablarida qanday talablarga javob berishi lozim?
DTS (Davlat ta’lim standartlari) nima?
Fizika fanini umumta’lim maktablarida rejalashtirishning ahamiyati?
a) Chiziqli usul nima?
v) Doiraviy usul nima?
s) Bosqichli usul nima?
Fizika fanining boshqa o’quv predmetlari bilan aloqasini qanday didaktik ahamiyati bor?
II. FIZIKANI O’QITISh USLUBIYaTI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 5- Ma’ruza. Didaktika va didaktik tamoyillar. Yangi pedagogik texnalogiya (YaPT), uning mazmuni va vazifalari. Reja: Didaktika fanining predmeti va vazifalari. Zamonaviy ta’lim jarayoni YaPT haqida tushuncha, uning maqsadi va vazifalari. Tayanch iboralar: Didaktika, tamoyil, sistema, elementarlik, motiv, YuNESKO, texnologiya. Bugungi kunning fizika o’qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega bo’lishi bilan birgalikda u zamonaviy o’qitish qonuniyatlaridan ham chuqur bilimga ega bo’lish zarur. Fizikadan o’quv jarayonini tashkil etishda didaktik qoyidalarga amal qiligandagina o’qitish samarali bo’lishi mumkin. Ta’lim nazariyasi bilan didaktika fani shug’illanadi. Didaktika faniga birinchi bo’lib chex mutafakkiri Ya.A. Komenskiy asos soldi va o’zining “Buyuk didaktika” (1630yil) asarini yaratdi. Keyinchalik Didaktika asoslari J.J. Russo, I.G. Pistolosum, V.Disterverg, K.D. Ushinskiylar tomonidan rivojlantirildi. Didaktika tomoyillari quyidagilar hisoblanadi. Ta’limning ilmiyligi va elementarligi.
Ta’limning sistematikligi.
Nazariya bilan amaliyotning birligi.
Ta’limning onglilik va ijodkorligi.
Ko’rgazmalilik.
Ta’limning mustahkamlik tamoyili.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining ilmiyligi zamona talabidan kelib chiqib, u o’quv dasturlarida va darsliklarda o’z aksini topadi. Jamiyatning rivojlanishi, fizika faninnig kengayib borishi bilan umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fizika fani mazmuni ham yangilanib boradi. Fizika fani sohasida yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda, ammo ularning barchasini maktab dasturiga kiritishning imkoni yo’q. Shuning uchun fizika fani sohasida qilinayotgan yangiliklarning eng muhimlari tanlab olinib o’quvchilarning yoshini e’tiborga olgan holda bayon etilishi lozim. Elementarlik deganda o’quv mavzusini siyqalashtirish, yuzakilashtirish deb tushinmaslik kerak, o’quv mavzusini ilmiyligini saqlab qolish bilan birgalikda, uni zamonaviy o’quv vositalari va usullar yordamida o’quvchi tushinadigan tarzda bayon etish lozim. Tushinarlik yoki elementarlik tamoyilini amalga oshirish uchun o’qituvchidan oddiydan murakkabga, konkret narsadan abstrakt narsaga o’tish, o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tayyorgalik darajasini hisobga olishni taqoza etadi.