O’quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda islom
dini va fizika fanining mushtarakligi.
Qizil imperiya mafkurasi fizika fani va islom dinini qarama-qarshi qo’yishga qaratilgan edi. Oqibatda ta’lim tizimida o’qitilayotgan barcha fanlar qatorida fizika fani ham o’quvchilarni xudosizlik (ateistik) ruhda tarbiyalab keldi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini g’oyaviy asoslarini yaratishga ehtiyoj tug’ildi. Bu muammo ustoz va murabiylar zimasiga tushgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning uchun fizika fanini oliy va umumta’lim muassasalarida o’qitishda milliy qadriyatimiz bo’lmish islom dini va falsafasi tasavvuf ta’limoti hamda buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy meroslaridan samarali foydalanish zarurdir. Buyuk allomalarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Umar Xayyom, Ulug’beklarning tabiiy fanlar sohasida, Bohoviddin Naqshbandiyning psixologiya sohasida, Ismoil Buxoriy, Alisher Navoiy va Yassaviylarning ta’lim-tarbiya va pedogogika sohasidagi ilmiy va badiiy asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bu olimu allomalarimiz Islom ilmi bilan dunyoviy ilmlarni birgalikda olib borishgan. Ular avvalo Qur’on ilmini egallab, so’ngra tabiiy fanlarni o’rganishga kirishganligi tarixdan bizga ma’lum. Dinimizning muqaddas kitobi sanalmish Qur’oni Karimda “Ilm” so’zi 600 dan ortiq marta tilga olinadi va unda barcha dunyoviy ilmlar mujassamlashgan. Shu jumladan, fizika faniga doir vaqt va fazoning nisbiyligi, butun olam tortishish qonuni, olamning tuzilishi (kosmologiya), tabiiy va ijtimoiy jarayonlar mohiyati o’z yechimini topgan. Islom dini ilmni toat-ibodatdan yuqori qo’yadi va yoshlarni ilm olishlarini farz deb hisoblaydi. Keyingi o’n yil ichida nazariy fizika sohasida ulkan muvofaqqiyatlarga erishdik nazariyotchi fizik olimlar tomonidan “yagona maydon” (“torsion” maydon) nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan inson bilan uni yaratgan tangri-toolo (xudo) o’tasida “torsion” moydon orqali muntazam aloqa mavjud ekan. Biz qilgan toat-ibodatimiz yoki gunohlarimiz yorug’lik tezligidan to’qqiz marta katta tezlikda yaratgan tangri dorgohiga yetar ekan. Milliy qadriyatlarimizning buyuk vakillari islom falsafasi (so’fizm) ning asoslarini yaratib bizga meros qoldirishgan va biz undan bahramand bo’lishimiz lozim.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni o’rganish, undan amaliy foydalanish baxtiga muyassar bo’ldik. Yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga yangicha yondashuv zaruriyati tug’ildi. Barkamol avlodning ta’lim-tarbiyasini zamona talabiga javob bera oladigan darajada amalga oshirish uchun islom dini falsafasi bilan fizika fanining keyingi yutuqlarini birgalikda (mushtaraklikda) o’rganish hayotiy zaruratga aylandi. Bu muammoni yechimini topish va uni ta’lim jarayoniga kiritish orqali yoshlar tarbiyasini mukamalligiga erishish mumkin. Xulosa qilib aytsak islom dini va uning asoslarini ta’lim-tarbiya jarayoni sistemasining bir bo’lagi (elementi) deb qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |