7-Ma’ruza. Sistema haqida umumiy ma’lumot. Fizikani o’qitishda sistemali yondashuv usulining didaktik ahamiyati. Reja: Sistema to’g’risida umumiy ma’lumot. Sistemaning tarkibi va strukturasi. Murakkab va oddiy sistemalar. Tabiy va sun’iy sistemalar. Ochiq va yopiq sistema. Boshqariladigan, nochiziqli dinamik sistemalar. Tayanch iboralar: Sistema, element, mexanizasiya, avtomatizasiya kibernetika, atribut, adekvat. Sistema so’zi Yunon tilidan olingan bo’lib o’zaro funksional bog’lanishda bo’lgan bir nechta unsurdan (elementlardan) tashkil topgan butunlikka aytiladi. Sistemani shartli ravishda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin. S=S(N,R), N-elementlar (unsurlar) soni, R-elementlar o’rtasidagi funksional bog’lanishlarni ifodalaydi. Ta’lim va tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani (YaPT)kirib kelishi bilan sistemali yondashuv usulini o’rganishga ehtiyoj tug’ildi. Chunki YaPT asosida sistemali tahlil yotadi. YaPT chet elda 1960 yillardan boshlab ta’lim jarayoniga qullanila boshlagan bo’lsa, bizda u 1990 yillardan boshlab kirib kela boshladi. Bu yangilik chet elda approbasiyadan (sinovdan) o’tib o’zining hayotiyligini isbotladi. Shu munosabat bilan YaPT ni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun sistema va sistemali yondashuv usuli to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni o’rganish zarurati tug’ildi. Sistemali yondashuv YaPT ning ilmiy izlanish uslubi hisoblanadi. Bizni o’rab olgan olam, unda kechadigan jarayonlar, jamiyat, inson tafakkuri, qolaversa insonning o’zi ham sistema hisoblanadi. Sistema materiyaning umumiy, undan ajralmas xossasi (atributi) hisoblana- di.Sistemali yondashuv usulining asoschilari Amper-fizik, Trentovskiy-filosof, Fedorov-geolog(kristallograf), Bogdanov-medik, Viner-matema- tik, Bertalanfi-biolog, Prigojin-fizik hisoblanadi. Bu shu narsadan guvohlik beradiki sistema tabiatdagi barcha narsa va hodisalarga xos umumiy qonuniyat ekan. 1950 yillarda kibernetika fani yuzaga keldi. Kibernetika-bu murakkab dinamik sistemalarni optimal boshqarish haqidagi fan hisoblanadi. Insoniyat qadim zamonlardan boshlab tirikchilik o’tkazish zaruriyati yuzasidan mehnat samaradorligini oshirish uchun kurashib keladi. Avvala u mexanik moslamalar (omoch, ketmon, bolta va hokazo) ixtiro qildi. So’ng bu qurollar ham ehtiyojni qondira olmagach, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga o’tildi, hozirga paytda bu ham talabga javob bera olmagach, kibernetikani qo’llashga o’tilayapti. Kibernetika hozirgi paytda barcha fanlarning metodik va amaliy asosi hisoblanadi. Sistema biror maqsadni amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Bu sistemaga berilgan birinchi ta’rif sanaladi. Keyinchalik sistema bilan tanisha borgan sari uning yanada mukammal ta’riflari kelib chiqadi.