FO’U faninnig predmeti
FO’U fanininig uchta asosiy predmeti bor:
Fizika fani Oliy, o’rta maxsus va umum ta’lim maktablarida nima maqsadda o’tiladi?
Fizikadan nimalar o’qitiladi?
Fizika fani qanday o’qitiladi?
FO’U fanining predmedlari jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ehtiyojlarining o’zgarishi bilan uning mazmuni va maqsadi ham o’zgarib turadi. Fizika fanini o’qitishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko’zda tutiladi:
1. Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
Umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi “Barkamol avlod”ni ta’lim va tarbiyasi hisoblanadi. Barkamol avlod deganda ma’naviy jihatdan boy, dunyoviy ilmlar sohibi, mehnatsevar, Vatanga sodiq, ijodkor, mustaqil fikrlay oladigan yoshlar tushuniladi. Fizikani umum ta’lim maktablarida o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hisoblanadi. Umumta’lim muassasalarini bitirib chiquvchi yoshlar zamonaviy texnika vositalarini boshqara oladigan, tabiat hodisalari va ular orasidagi dialektik bog’lanishlarni mushohada qila oladigan, olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishlari kerak.
Fizika fanini umumta’lim maktablarida o’qitish jarayonida o’quvchilarda quyidagi ilmiy dunyoqarashlar shakllantirib boriladi.
1. Dunyoning moddiyligi va birligi. Falsafa fani olamning moddiyligi, uning materiyadan tashkil topganligi hamda tabiatdagi o’zgarishlar, materiyaning harakati natijasida sodir bo’lishligini tushuntiradi. Materiya ko’rinishlari va uning xossalari fizika fanini o’qitish jarayonida bochqichma-bosqich ochib boriladi. Moddalar tuzilishini o’rganish orqali o’quvchilar tabiatdagi barcha jismlar atom va molekulalardan tashkil topganligi, ular doimo harakatda ekanligini tushuna borishadi. Materiyaning moddiy va maydon ko’rinishida namoyon bo’lishi va ular bir-biriga aylanishi, bu o’zgarishlarni bizning sezgi a’zolarimiz va turli xil asboblar yordamida o’rganish mumkinligi fizikani o’qitish jarayonida ko’rsatib beriladi. Materiyaning maydon ko’rinishini gravitasiya, elektr va magnit maydonlari misolida ko’rishimiz mumkin. Spektral analiz yordamida fazoviy yoritgichlar ham Yerda mavjud bo’lgan ximiyaviy elementlardan tashkil topganligini ko’rsatmoqda. Elektr va magnit maydonlarining manbai zaryadli zarrachalar ekanligi, ya’ni zaryad tinch turgan sanoq sistemada elektr maydonini hosil qilsa, harakatlanayotgan sanoq sistemada elektr maydonidan tashqari magnit maydoni ham yuzaga kelishi mumkinligi ochib beriladi. Fizikani o’qitish jarayonida materiya yo’q bo’lmasligi u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi isbotlab beriladi. Masalan, materiyaning moddiy va maydon ko’rinishlarining bir-biriga aylanishini elektron ye- va pozitron ye+ anniglasiyasi misolida ko’rishimiz mumkin.
Bunda elektron ye- va pozitron ye+ moddiy zarrachalar hisoblansa, ularning anniglasiyasi natijasida hosil bo’lgan -kvant yorug’lik yoki elektromagnit maydon hisoblanadi. Xuddi shuningdek -kvant biror to’siqqa urilib qayta elektron va pozitronga aylanishi ham mumkin ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |