O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy yondashuvga o’rgatish ta’lim ja-
rayonining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Mustaqil bilim olish jarayonini shartli
ravishda ikki qismga bo’lishi mumkin. Birinchisi, o’quvchilarni mustaqil ravishda
nazariy bilim olishi ya’ni ilmiy dunyoqarashini shakllana borishi hisoblansa, ikkin-
chisi olgan nazariy bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash faoliyatini o’z ichiga
oladi. Mustaqil ishsiz o’quvchilar ko’nikma va malakani egallay olmaydilar.
O’quvchilarning mustaqil ishi deganda ularni o’qituvchi ishtirokisiz ammo
o’qituvchi ko’rsatmasi va kuzatuvi ostida olib boriladigan faoliyatlariga aytiladi.
Mustaqil ish jarayonida o’quvchilar muammoni hal etishni eng maqbul yo’lini
izlashga harakat qiladi, ularda ko’nikma malakaga aylana boradi.
O’quvchilarning fizikadan mustaqil ishini quyidagi turlarga ajratish mum-
kin.
1)O’quvchilarni
darsliklar, qo’llanmalar va ammobop jurnallar, lug’atlar va
spravochniklar bilan ishlashi.
2) Masala yechish, 3) Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish, 4) Frontal
laboratoriya ishlari, 5) Sxema chizmalar, jadvallar bilan ishlash, 6) o’rtoqlarini
yozma nazorat ishlariga taqriz berish, 7) Konferensiya va seminarlarga tayyorlan-
ish, 8) Demonstrasiya va tajribalar o’tkazish, 9) tabiatga va sanoat korxonalariga
ekskursiyaga borishi.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini uch turga bo’lish mumkin:
1)Yangi bilimni egallash, 2) Ko’nikma va malakani egallash, 3) Olgan bilim,
ko’nikma va malakani qo’llay olish. Ushbu mustaqil ishlar o’rtasida ham dialektik
bog’lanish mavjud, ya’ni ularni bir sistemaning elementlari deb qarash lozim.
O’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda asosiy o’rinni egal-
laydi. O’qituvchi o’quvchilarga tavsiya etadigan mustaqil ish mavzusi ularning bi-
lim darajasiga mos bo’lishi, har bir o’quvchining individual qobiliyatini e’tiborga
olish lozim. O’quvchilarni mustaqil ishini rejalashtirganda o’qituvchi umumiy did-
aktik qoidalarga rioya qilishi lozim. Shundagina o’quvchilarning mustaqil ishi sa-
marali bo’lishi mumkin. O’quvchilarning mustaqil ishi u yoki bu vazifani mexanik
tarzda takrorlashga aylanmasligi, balkim har bir ish ijodiy va qiziqarli bo’lishi
talab etiladi, aks holda o’quvchilarning ijodiy, mustaqil fikrlash qobilyati
rivojlanmay qoladi. Yana bir narsani ta’kidlash joizki, o’quvchilarni haddan
tashqari mustaqil ishga berilib ketishdan saqlash lozim, aks holda o’quvchi yangi
bilim sohalarini egallashdan, dasturdagi materialni o’zlashtirishdan orqada qolishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: