agar k
0,7 yoki k
70% bo’lsa, o’quv materiali o’zlashtirilgan hisoblanadi. Agar
o’quvchilar javobida
K(
)
56%-qoniqarsiz, k(
)
71%-85% yaxshi k(
)
86
100%-bo’lsa a’lo
baholar bilan baholanadi.
Test usullari bilan shug’ullanadigan fan vujudga keldi. Bu fan testologiya
deb ataladi. Ekspert komissiya tamonidan tuzilgan test topshiriqlari aprabasiyadan
o’tkazilib uning validligi (yaroqliligi) aniqlanib, so’ngra u testdan o’quv jarayon-
ida ommaviy ravishda foydalanish mumkin.
Test topshiriqlarini aprabasiyadan (sinovdan) o’tkazish usuli. Masalan 30 ta
test topshirig’i tuziladi. Bu testlar tajriba sinfiga topshiriq sifatida beriladi. Natija
tahlil qilinganda 30 ta test topshirig’idan 3 tasini hyech bir o’quvchi yecha olma-
gan. Demak bu test topshiriqlari invalid hisoblanadi. Bu 3 ta test topshirig’i o’quv
dasturiga mos emas yoki topshiriq noto’g’ri tuzilgan ya’ni qandaydir kamchilikka
ega. Bu test topshiriqlarini takomillashtirish yoki boshqasi bilan almashtirilish lo-
zim.
Test topshiriqlari murakkabligi darajasi bo’yicha to’rt turga bo’linadi.
Birinchi darajali qiyinchilikdagi test topshiriqlarini o’quvchilar tayyor javo-
blar ichidan to’g’risini ko’rsatish yoki “ha” yoki “yo’q” degan javobni berishi lo-
zim. To’g’ri javob testning o’zida beriladi.
Ikkinchi darajali test topshiriqlarida tayanch iboralar yoki tavsiyalar beril-
maydi. O’quvchi o’z bilimi va malakasiga asoslanib jumlada yoki formulada yet-
ishmagan elementni qo’yishi lozim.
Uchinchi darajali test topshiriqlari o’quvchining izlanuvchanlik faoliyati bi-
lan yechiladi, ya’ni topshiriqda tayyor javob berilmaydi, noan’naviy misol va ma-
salalarni yechish taklif etiladi. Bu turdagi testlarni yechishda o’quvchidan tahlil,
sintez, taqqoslash kabi ko’nikma va malaka talab qilinadi.
To’rtinchi darajali test topshiriqlarini yechish uchun o’quvchi yoki talabadan
ijodiy yondoshuv orqali yangi ilmiy ma’lumotni yuzaga keltirish topshiriladi. Ush-
bu test topshiriqlari dalzarb muammolarga bag’ishlangan bo’lib, o’quvchi uni za-
monaviy fan va uslubiyat yutuqlaridan foydalanib yechishi mumkin.
Test asosida o’quvchilar bilimi va malakasini nazorat qilish bir qator did-
aktik afzalliklarga ega bo’lishi bilan birgalikda u kamchiliklardan ham xoli emasli-
gi ayon bo’lmoqda. Ushbu kamchiliklar:
1.
Test asosida o’quvchilar bilimini baholashning noadekvatligi (absalyut
to’g’ri emasligi).
2.
O’quv maqsadini (motivni) o’zgarishiga olib keladi.
3.
O’quv predmeti mazmunining qisqarishi.
4.
Nazorat jarayonidan mutaxassis o’qituvchilarning chetlatilishi
5.
O’qituvchi malakasini pasayib borish tendensiyasi
6.
Test ko’p sarf va harajat talab etadi.
7.
Test usuli adolatli va zamonaviy bo’lsa ham, yuqorida qayd etilgan
kamchiliklardan saqlanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: