Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti umumiy fizika kafedrasi


tarkibi, strukturasi va o’qitish uslubiyati



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/141
Sana04.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#429554
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141
Bog'liq
Fizika oqitish uslubiyati maruza ishlanmasi

tarkibi, strukturasi va o’qitish uslubiyati.
Tayanch iboralar: Mexanika, Kinematika, vazinsizlik, og’irlik, og’irlik 
kuchi, reaktiv harakat. 
 
Umumta’lim, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida fizika fanidan DTS va dastur-
lari tahlili. 
Umumta’lim 
maktablari 
uchun fizika fanining DTS ti va o’quv dasturlari 
«Ta’lim to’g’risida qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» asosida 


1999 yilda ishlab chiqilib O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomoni-
dan tasdiqlandi. 
Ushbu o’quv dasturiga asosan fizika fani umumta’lim maktablarida ikki 
bosqichda o’qitiladi. Birinchi bosqich VI va VII sinflarni o’z ichiga oladi va jami 
68 soatdan iborat bo’lib haftasiga 2 soatdan o’tiladi. Birinchi bosqichda fizika fani 
induktiv usulda o’tiladi, u quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: Kirish. Harakat va 
jismlarning o’zaro ta’siri. Jismlarning muvozanati va oddiy mexanizmlar. Modda 
tuzilishi. Issiqlik hodisalari. Issiqlik mashinalari. Tovush hodisalari. Yorug’lik 
hodisalari. Dasturda har bir bo’lim uchun laboratoriya ishlarining mavzusi va 
namoyish tajribalari ruyxati berilgan.
VII sinfda 68 soatlik dars rejalashtirilgan bo’lib, haftasiga 2 soatdan o’tiladi. 
Dasturda quyidagi mavzularni o’tish rejalashtirilgan. 1) elektr zaryadlar. Elektr 
maydon. Elektr toki. Elektr zanjir. Magnit maydon. Elektromagnit hodisalari. Ya-
rim o’tkazgichlar. Elektroagnit tebranishlar va to’lqinlar. Radioaloqaning fizik aso-
slari. Har bo’limga doir laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari ro’yxati beril-
gan. 
Ikkinchi bosqich. VIII va IX sinflarni o’z ichiga oladi va fizika fani deduktiv 
usulda o’qitiladi. VIII sinfda 68 soatlik dars haftasiga 2 soatdan o’tiladi. 
VIII sinfda quyidagi mavzular o’qitiladi: Kinematika asoslari. dinamika aso-
slari. Saqlanish qonunlari. Suyuqlik va gazlar mexnikasi asoslari. Tebranish va 
to’lqinlar. 
IX sinfda ham 68 soat mo’ljallangan bo’lib, haftasiga 2 soatdan o’tiladi. 
Molekulyar fizika va termodinamika asoslari. Optika. Atom fizikasi. Koinot fizi-
kasi. Olamning fizik manzarasi mavzulari o’rganiladi. 
Akademik liseylar uchun fizika fani dasturi 2000 yil 10 avgustda 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlangan. Akademik li-
seylarda fizika fani chiziqli usulda mavzular faqat bir marta o’tiladi. Akademik li-
seylarning aniq fanlar va tabiiy fanlar yo’nalishlari uchun fizika faniga 240 soat 
ajratilgan. Akademik liseylarda fizika fanini o’qitish umumta’lim maktablaridagi-
dan farq qiladi. Birinchidan akademik liseylarda fizika Fani deduktiv usulda 
chiziqli ravishda o’qitiladi. Ikinchidan liseyda fizika fanining fundamental asoslari 
chuqurroq o’tiladi. Uchinchidan fizika fanida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarga 
keng e’tibor qaratilgan. Liseyning I kursida Mexanika va molekulyar fizika, II 
kursda Elektrodinamika asoslari, III kursida Tebranish va to’lqinlar, Optika, Atom, 
va Yadro fizikasi o’rganiladi. Bir o’quv yiliga mo’ljallangan 240 soat fizika darsi-
ning 80 soati ma’ruzaga, 120 soati masala yechishga, 40 soati laboratoriya 
mashg’ulotlariga ajratiladi. Oliy o’quv yurtlarida fizika fani yo’nalishlar bo’yicha 
turlicha rejalashtirilgan. Masalan, bakalavriatning tibbiyot, biologiya yo’nalishlari, 
tabiiy fanlar yo’nalishlaridan farq qiladi. Bakalavriatning fizika mutaxassisligi 
uchun fizika fani induktiv usulda I va II kursda o’tilsa, yuqori kurslarda deduktiv
usulda nazariy fizika, nazariy mexanika, termodinamika, elektrodinamika va kvant 
mexanikasi o’qitiladi. 
2. Mexanika bo’limini o’qitish uslubiyati. 


Umumta’lim 
maktablarida mexanika bo’limi ikki bosqichda bo’lib o’tiladi. 
O’quvchilarning mexanikadan olgan nazariy va amaliy bilimlari fizikaning keyingi 
bo’limidagi hodisa va jarayonlarni muvaffaqiyatli, o’zlashtirishlariga asos bo’ladi. 
Mexanika bo’limi kinematika, dinamika, statika, energiya, ish va saqlanish qonun-
larini o’z ichiga oladi. Tebranish va to’lqinlar elektromagnit tebranishlar bilan bir-
galikda o’rganiladi. Chunki elektromagnit tebranishlar va mexanik tebranishlar bir 
xil qonuniyatlar orqali ifodalanadi. Bu uslubiy jihatdan to’g’ri hisoblanadi. Kine-
matika bo’limida moddiy nuqtaning harakati o’rganiladi. Mexanik harakatning 
nisbiylik va mustaqillik tomoyillari o’quvchilar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan 
mavzular hisoblanadi. Ushbu mavzular mexanikaning uchta fundamental qonuni 
ya’ni Nyuton qonunlarini muvafaqiyatli o’zlashtirish uchun asos bo’ladi. 
Mexanik harakatning nisbiylik va mustaqillik tamoyillari 
Mexanik harakat deb, jismlarning boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi bi-
lan tekislikdagi yoki fazodagi o’z vaziyatini o’zgartirishiga aytiladi. Demak, 
jismlar harakatlanayapti yoki tinch turibdi deganda, albatta qaysi jismga yoki 
sanoq sistemasiga nisbatan ekanligini ta’kidlash zarur. Mexanik harakatning 
nisbiylik tamoyili G.Galiley tomonidan fizikaga kiritilgan edi. Mexanik harakat 
nisbiy tushuncha ekan, mexanik harakat bilan bog’liq barcha fizik kattaliklar, te-
zlik, tezlanish trayektoriya, ko’chish , kinetik energiya va hokazolar ham nisbiy 
hisoblanadi. 
Galileyning nisbiylik tamoyili tabiatdagi barcha jarayonlarni izohlashga ojiz 
ekanligi keyinchalik ayon bo’ldi. Bu kamchilik 1905 yilda A.Eynshteyn tomonidan 
maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalarini yaratish bilan tuzatiladi. 
Mexanik jismlar bir vaqtning o’zida ikkita yoki undan ortiq harakatlarda 
ishtirok etishi mumkin va uning har bir harakati boshqasiga bog’liq emas. Masa-
lan, garizontga otilgan va gorizontga burchak ostida otilgan jismlar harakati, mex-
anik jismlarning suyuqlik va gazlardagi harakati va hokazolar. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish