Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti astronomiya yo



Download 7,07 Mb.
bet5/36
Sana02.07.2022
Hajmi7,07 Mb.
#731185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Xudoynazarova

1.2-rasm. Venera sayyorasi.


Yer sayyorasi - Har birimiz Yer haqida Quyosh sistemasining boshqa sayyoralariga nisbatan koʻproq ma’lumotga egamiz. Sayyoramizning diametri 12.756 km, og‘irligi esa 5,5 x 1024 tonna, oʻrtacha harorati 170C. Yer yuzasining umumiy maydoni 510 mln.kv.km boʻlib, shundan, 149 mln.kv.km quruqlik va qolgan 361 mln.kv.km suvlikdan iborat. Yerda suv 3 xil koʻrinishda: qattiq (muz), suyuq va gazsimon (bug‘) holatlarda uchraydi. Okeanlar Yer sirtining 71% (1 million 370 ming trillion kub metr)ni tashkil etadi. Yer sharining markazida radiusi 3.400 km ni tashkil etuvchi yadro joylashgan. Yer poʻstining qalinligi quruqlikda 30-80 km, okeanlar tubida 5-10 km ni tashkil etadi. Yerning yadrosida harorat 3.500 0C ga yetadi.
Yer oʻz orbitasi (Quyosh atrofidagi harakat yoʻli) boʻylab 30 km/sek tezlik bilan harakatlanib, 365,25 kunda Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Bu vaqt oralig‘ida Yer 940 million km (Yer orbitasi uzunligi) yoʻl bosib oʻtadi. Yerning bu harakati natijasida yil fasllari (4 ta fasl) sodir boʻladi. Bundan tashqari, Yer oʻz oʻqi (faraziy oʻq) atrofida ham: 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanadi. Buning natijasida Yerda kun va tun almashinuvi sodir boʻladi. Yerning biz yashayotgan qismi (shimoliy yarim shar) Quyoshga tomon oʻgirilgan boʻlsa, bizda kunduzi boʻladi va aksincha, bizda tun boʻlsa Quyosh janubiy yarim sharni yoritadi.
Yerning shakli sharga oʻxshash boʻlsada, u qutb diametri boʻyicha shardan biroz siqiqligi bilan farq qiladi. Yerning qutb diametri ekvatorial (belbog‘i) diametridan 40 km kichik.



1.3-rasm. Yer sayyorasi.

Yer atmosferasi 78% azot, 21% kislorod va b. juda kam miqdordagi gazlardan iborat. Sayyoramizning atmosferasi minglab kilometr balandliklarga choʻzilgan boʻlib, uning og‘irligi 5 ming 160 trillion tonna keladi. Yer sirtidan 20-30 km balandliklarda joylashgan ozon qatlami Quyoshning qisqa toʻlqinli ultrabinafsha nurlarini yutib, Yerdagi barcha tirik mavjudotlarni bunday nurlarning xavfli ta’siridan asraydi.


Yer atmosferasi shartli ravishda 4 ta qatlamga boʻlinadi: troposfera (Yer sirtidan 10-12 km balandliklargacha), stratosfera (12-40 km), mezosfera (35-80 km), ionosfera (60 km va undan balandliklar).
Quyoshdan kelayotgan energiyaning asosiy qismini Yerning havo qobig‘i (atmosfera) yutadi. Atmosfera boʻlmaganida Quyosh nurlari Yerga bemalol (toʻsiqlarsiz) oʻtib, Yerdagi harorat kunduz kunlari 1200C gacha issiq, kechalari esa -1600C gacha sovigan boʻlar edi. Demak, atmosfera himoya qatlam vazifasini ham bajaradi.
Atmosferada haroratning taqsimlanishi juda ajoyib tarzda oʻzgaruvchan xususiyatga ega. M-n: troposferada har bir kilometr balandlikda harorat taxminan 60C ga pasayib boradi. Troposfera bilan stratosferaning oʻrtasida joylashgan yupqa oraliq qatlamdan to 30 km balandlikgacha harorat taxminan bir xil meiyorda boʻlib, -550C ga teng. 30 km dan 55 km gacha boʻlgan masofalarda harorat 00C gacha koʻtariladi. 80 km balandliklarda harorat yana pasayib -680C gacha soviydi, keyin yana koʻtarila boshlaydi va 500 km dan baland sohalarda 1.000 gradusgacha koʻtariladi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish