Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti astronomiya yo



Download 7,07 Mb.
bet4/36
Sana02.07.2022
Hajmi7,07 Mb.
#731185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Xudoynazarova

1.1-rasm.Merkuriy sayyorasi.


Venerasayyorasi ning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 108 million kilometr. Venera (Zuhra) oʻz orbitasi boʻylab sekundiga 35 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofini bir marta toʻliq aylanib chiqadi. Ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu sayyora juda qadimdan kishilar diqqatini oʻziga tortib, qoʻzgʻalmas yulduzlar fonida harakatlangani uchun ham «adashgan» yoritgichdir. Shuning evaziga u «Tong yulduzi» deb nom olgan.
1610- yilda Galiley oʻzi yasagan teleskopda sayyorani kuzatib, Veneraning ham Oy kabi turli fazalarda boʻlishining guvohi boʻldi. Bu hodisa Venera ham Oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Veneraning kattaligi salkam Yernikicha boʻlib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761- yil 6-iyunda astronomlar «Tong yulduzi» bilan bogʻliq qiziq bir hodisaning guvohi boʻldilar: sayyoraning harakati Quyosh diskida proyeksiyalandi. Bunday gʻaroyib hodisani kuzatgan rus olimi M.V.Lomonosov Veneraning qalin atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi.
Planetani kosmik apparatlar yordamida tekshirishning XX asrning 60-yillaridan boshlangan yangi usuli Veneraga tegishli koʻp jumboqlarni hal qilishga imkon berdi. Natijada Veneraning oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari aniqlandi.
Ma'lum boʻlishicha, sayyoraning aylanish oʻqi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashib (anigʻi 93°), unda Yerdagidek yil fasllari kuzatilmaydi. Shuningdek, radiolokatsion kuzatishlar Veneraning oʻz oʻqi atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri 243 kunga tengligini hamda u Quyosh sistemasining sharqdan gʻarbga tomon aylanuvchi (oʻz oʻqi atrofida) yagona sayyorasi ekanligini ma'lum qildi (boshqa sayyoralar gʻarbdan sharqqa tomon aylanadi). «Tong yulduzi»ning bir kuni, ya'ni Quyoshga nisbatan oʻz oʻqi atrofida aylanishi davri 117 Yer kuniga teng boʻlib, bir yili uning ikki kunidan sal kam chiqadi.


Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish