3. O‘tkazuvchi to‘qimalar
O‘tkazuvchi to‘qimalarning asosiy vazifasi oziq moddalarni (suv va unda erigan mineral
tuzlar hamda organik moddalar) o‘simlik tanasi bo‘ylab o‘tkazishdan iboratdir. Shuning uchun
ham o‘simliklar suvdan chiqib, tuproqqa o‘rnashib quruqlikka moslashish davridan boshlab,
ularda o‘tkazuvchi to‘qimalar paydo bo‘lgan. O‘simliklar tuproqdan va havodan oziqlanganligi
sababli ularni tanasida ikki xil o‘tkazuvchi to‘qimalar yuzaga keladi: ksilema (traxeidlar yoki
naylar) va floema (elaksimon naylar) (12-rasm).
60
Do'stlaringiz bilan baham: |