7. So‘ruvchi to‘qimalar
So‘ruvchi to‘qimalar o‘simliklarning hayotida muhim ahamiyatga ega. Bu to‘qima orqali
suv va suvda erigan mineral moddalar shimilib organizmga o‘tadi. Tuzilishi va shakli jihatidan
so‘ruvchi to‘qimalar har xil (rizoderma, velamen, gidropot) bo‘ladi. Bularning eng muhimi
rizoderma (yunon, rizo-ildiz, derma-po‘st) hisoblanadi.
S e k r e t a j r a t u v ch i t o‘ q i m a l a r.
Sekret (lot, sekresio-ajrataman) chiqaruvchi yoki ajratuvchi to‘qimalarga tuzilishi har xil
bo‘lgan, ixtisoslashgan hujayralar kiradi. Bu hujayralarda modda almashinuvi natijasida
kimyoviy tarkibi har xil bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi.
Tashqi sekret chiqaruvchi to‘qimalar bezsimon tuklar, nektar, gidatodalar shaklida bo‘ladi.
B e z s i m o n t o‘ q i m a l a r yoki trixomalar epidermadan yuzaga keladi (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |