Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
19-rasm. Ildiz sistemalarni tipi: 
1 – o‘q ildizli sistema; 2 – popuk ildizli sistema; 3 – aralash ildizli sistema;  
4 – ildiztugunak; 5-6- havo ildizlari: A – o‘tkazish zonasi; B – so‘ruvchi zonasi;  
S – bo‘linish zonasi; D – ildiz qinchasi. 
 
Qo‘shimcha ildizlar ikki pallali o‘simliklardan ham poyaning pastki qismida paydo bo‘ladi 
(masalan, qo‘ypechak, bo‘ritikan va boshqalari). 
O‘simliklarning  qo‘shimcha  ildiz  hosil  qilish  xususiyatlariga  asoslanib,  qishloq  xo‘jalik 
amaliyotida  tok,  tol,  terak,  chakanda  kabi  o‘simliklar  vegetativ  (qalamcha,  parxesh)  yo‘l  bilan 
ko‘paytiriladi. 
Yuksak  sporali  o‘simliklar  –  plaunlar,  qirq  bo‘g‘imlar,  qirqqulolqlarda-asosiy  ildiz 
bo‘lmaydi,  rivojlanishning  boshlanishida  ularda  qo‘shimcha  ildizlar  hosil  bo‘ladi.  Bu  xildagi 
ildiz sistemasini primitiv bo‘lib b i r l a m ch i  g o m o r i z a (yunon. gomoyos-bir xil, riza-ildiz) 
deb ataladi. 
Yopiq  urug‘li  o‘simliklarning  ko‘pchilik  vakillarida  urug‘  unib  chiqqandan  so‘ng,  avvalo 
o‘q ildiz rivojlanadi, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, asosiy o‘q ildiz quriydi va qo‘shimcha 
ildizlar taraqqiy etadi. Bu xildagi ildiz sistemasiga ikkilamchi gomoriza ildiz sistemasi deyiladi 
(masalan,  qulupnay,  kartoshka,  oq  qaldirmoq  va  boshqalar).  Ba’zan  qo‘shimcha  ildizlar, 
qisqargan ildiz poyalardan ham rivojlanadi (masalan, zubturum) va i p s i m o n  ildiz sistemasini 
hosil qiladi. 
Ildiz  sistemasining  tuproqda  bunday  joylanishi  o‘simliklarni  har  xil  namlik  miqdoriga 
moslashish darajasini ko‘rsatadi. 
Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tushunchalar  ildiz  sistemasi  to‘g‘risida  boshlang‘ich 
ma’lumotlar  hisoblanadi.  Chunki  ildiz  sistemasi  o‘simliklarning  yoshi,  atrofdagi  boshqa 
o‘simliklar  ildizlari  bilan  bo‘ladigan  munosabatlari,  yil  fasllarining  almashuvi  bilan  doimo 
o‘zgarib  boradi.  Binobarin  ildiz  sistemasining  rivojlanishida,  ro‘y  beradigan  o‘zgarishlarni 
bilmasdan,  uni  o‘rganmasdan,  o‘lkamizdagi  cho‘l,  adir,  tog‘larda  o‘sadigan  o‘rmonlardagi 
o‘simliklar jamoasi uyushmasi o‘rtasidagi munosabatlarni bilish qiyin. 
Madaniy  o‘simliklar  ildiz  sistemasining  xususiyatlarini  o‘rganish  dehqonchilik, 
o‘simlikshunoslik, agronomiya sohasida muhim ahamiyatga ega. Yerni haydash va unga ishlov 
berish  usullari  (o‘g‘itlash,  sug‘orish,  chopish)  kabi  ishlarning  hammasi  tuproq  strukturasini 
yaxshilash  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  ildiz  sistemasini  mukammal  rivojlanishiga  va 
hosildorlikni oshirishga qaratilgan. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish