Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti botanika kafedrasi



Download 13,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/432
Sana11.08.2021
Hajmi13,88 Mb.
#145422
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   432
Bog'liq
botanika yuksak osimliklar sistematikasi.

 
2. Ildizning funksiyasi 
Ildiz o‘simlikning asosiy vegetativ organi bo‘lib, u ikki funksiyani bajaradi: birinchidan, 
ildiz  o‘simliklarni  tuproqda  tik  va  mahkam  ushlab  turadi.  (Masalan,  makkajo‘xorining 
qo‘shimcha  ildizlar  shu  xizmatni  o‘taydi)  ikkinchidan  tuproqdan  suv  va  mineral  tuzlarni  olib 
turadi.  Bundan  tashqari  ildiz  organik  birikmalar  (aminokislotalar,  gormonlar,  alkaloidlar)ni 
sintezlash  vazifasini  ham  bajaradi.  Ba’zan,  ildizda  zapas  organik  moddalar  to‘planadi  (seret 
ildizlar). Ba’zi o‘simliklarda vegetativ ko‘payish organi vazifasini ham bajaradi. 
Ildiz o‘sish  va  rivojlanish  davrida tuproqqa turli  xil  moddalar ajratadi (masalan,  karbonat 
angidrid  gazi,  organik  kislotalar,  o‘ksus  va  olma  kislotasi,  qand  va  h.k.).  Bu  moddalar  tuproq 
tarkibidagi  mikroorganizmlar  (zamburug‘lar  va  bakteriyalar)  bilan  hamkorlik  qiladi.  Ularning 
faoliyati natijasida hosil bo‘lgan moddalar esa ildiz sistemasi orq ali o‘zlashtiriladi. 
Ba’zi  o‘simliklarda,  nafas  olish  ildizlari  hosil  bo‘ladi:  bunday  ildizlar  botqoq  joyda 
o‘sadigan  o‘simliklarda  (masalan,  Shimoliy  Amerikadagi  botqoq  kiparisi)  botqoqdan  chiqib 
turadi.  Tropik  o‘rmonlardagi  daraxt  shoxlarida  va  po‘stloqlarida  o‘rnashib  parazitlik  qilmasdan 
o‘sadigan  epifit  (yunon.  epi-ustida,  fiton-o‘simlik)  deb  ataladigan  o‘simliklarda  pastga  osilib 
turadigan havo ildizlar gigroskopik suvlarni shimib olish xususiyatiga ega. 
Ildiz  o‘simliklarning  markaziy  o‘q  organ  hisoblanib,  uchki  (epikal)  qismida  joylashgan 
meristema hujayralarini bo‘linishi natijasida beto‘xtov o‘sadigan va radial tuzilishga ega bo‘lgan 
organdir. Unda hech vaqt barg va tashqi (ekzogen) kurtaklar hosil bo‘lmaydi. Initsial hujayralar 
doimo qin (g‘ilof) bilan o‘ralgan. 
Ko‘pchilik  o‘simliklarning  yosh  ildizi  apeks  (uchi)  da  morfologik  jihatidan  aniq 
ifodolangan  o‘suvchi  va  so‘ruvchi  qismlarga  shakllanadi.  O‘suvchi,  so‘ruvchi  qismga  nisbatan 
ancha  kuchli  ravishda  bo‘yiga  o‘sib,  tuproqning  chuqur  qazilamlarigacha  etib  boradi  va  er  osti 
suvlarini  shimib  olish  uchun  xizmat  qiladi.  Ildizning  bo‘yiga  o‘sishi  apeksning  meristemaga 
hujayralarini bo‘linishi vositasida sodir bo‘ladi. 
O‘sish qismining yuqorirog‘ida ekzoderma hujayralaridan so‘ruvchi tukchalar rivojlanadi. 
Tukchalar  bir  qavat  hujayralardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  elastik  xususiyatga  ega.  Ularning 
uzunligi  0,3-10  mm  atrofida  bo‘ladi.  Tuproqning  qaysi  qatlamida  joylashgan  ildizda  yuzaga 
kelsa,  shulardagi  suv  va  mineral  tuzlarni  faol  so‘rib  olish  uchun  xizmat  qiladi  va  ildizning 
so‘ruvchi  yuzasini  5-10  baravar,  ba’zi  o‘simliklarda  esa  40  barobar  oshishga  sababchi  bo‘ladi. 
Tukchalar  uzoq  yashamaydi,  ular  10-15  kunda  hayotchanligini  yo‘qotib,  kelgusi  bahorda 
ildizning boshqa joyidan yangidan yuzaga keladi. 
O‘rta  Osiyoning  cho‘l  va  chala  cho‘llarida  o‘suvchi  o‘tchil  o‘simliklarning  ildizlarida 
efemer  (yunon.  efimeros-bir  kunli,  umri  qisqa)  deb  ataladigan  tukchalar  hosil  bo‘ladi.  Shu 
tukchalar bahorda namgarchilik vaqtida tuproqni yuza qismidagi suv va mineral tuzlarni so‘rish 
uchun xizmat qiladi. 

Download 13,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   432




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish